Texnika universiteti olmaliq filiali
– rasm. Tarnovli karusel vakuum-filtr
Download 295.44 Kb.
|
ikromova nilufar1
2.2 – rasm. Tarnovli karusel vakuum-filtr.
Ikkita – biri tarnobilan birgalikda aylanuvchi harakatchan va ikkinchisi tegishli vakuum-yig’gichlardagi qo’zg’almas golovkalar yordamida filtrat lar so’rib olinadi. Har bir tarnov filtr lash va yuvish doirasi (zonasi) dan o’tgandan so’ng, fosfogips qatlamini to’kish uchun avtomatik suratda ag’dariladi. Filtrlovchi to’qima yuviladi va havo bilan quritiladi. So’ngra tarnov yana ishchi holatga keladi va asosiy filtrlash doirasiga ko’chadi. Filtrlash yuzasi 40-100 m2 ga teng. Bu filtrning afzalliklaridan biri – cho’kmani minimal miqdordagi suv bilan yuvish mumkin. Vakuum-filtrlarda fosfogipsni ajratishda 1 m2 filtrlash yuzasidan bir soat ichida 500-800 kg gips cho’kmasi yoki 1000-1400 kg yarimgidrat ajratiladi (quruq massa hisobida). Fosfogipsning gigroskopik namligi 35-40% ni tashkil etadi. Olinadigan (quruq) fosfogipsning miqdori fosfatning navi va kalsiy sulfatning gidratlanish darajasiga bog’liq holatda qayta ishlanadigan tabiiy fosfat massasining 120-160% ini tashkil etadi. Apatitning qayta ishlanishida kalsiy sulfat yarimgidratining unumi 140% ni, digidratining unumi esa 160% ni tashkil qiladi. Yuvilgan sulfatli cho’kma filtr lash sexidan «quruq» holatda transportyor, avtomashina va boshqalar yordamida yo’qotiladi yoki suv bilan qorishtirilib nasos yordamida chiqindi hovuzlariga haydaladi. Qoratog’, shuningdek, ayniqsa Qizilqum fosforitlari tarkibida magniy, alyuminiy va temir birikmalari singari qo’shimchalar ko’p bo’lganligi uchun
Hozirgi paytda butun dunyo sanoatlari amaliyotida sulfat kislotali ekstraktsiyalash jarayonining kaltsiy sulfatni cho’ktirish tartibi va texnologik sxemalar alohida bo’g’inlarining uskunali jihozlanishi: boshlang’ich reagentlarni me’yoriy kiritish, reaksion suspenziya olish, uning xaroratini boshqarish, ajralib chiqadigan ftorli gazlarni zararsizlantirish, suspenziyani ajratish va sulfatli cho’kmani yuvish, uni chiqindixonaga yo’qotish bilan farqlanuvchi bir necha o’nlab variantlari ishlab chiqarishga tatbiq etilgan. Download 295.44 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
ma'muriyatiga murojaat qiling