Texnika universiteti olmaliq filiali
Ekstraksiyalashning asosiy usullari
Download 295.44 Kb.
|
ikromova nilufar1
- Bu sahifa navigatsiya:
- TEXNOLOGIK QISM.
Ekstraksiyalashning asosiy usullariAmaliyotda suyuqliklar aralashmalarini ekstraksiyalashning quyidagi usullari qo‘llaniladi: 1) dastlabki aralashma va ekstragentni bir marta kontaktlanishiga asoslangan jarayon (bir pog‘onali ekstraksiyalash); 2) har bir pog‘onada toza erituvchi ishlatish yo‘li bilan ekstraksiyalash (ko‘p pog‘onali ekstraksiyalash); 3) bitta yoki ikkita erituvchi yordamida qarama -qarshi oqim bilan ko‘p bosqichli ekstraksiyalash (ko‘p pog‘onali ekstraksiyalash). Birinchi va ikkinchi usullar kichik hajmli suyuqliklarning aralashmasini ekstraksiyalashda va laboratoriya sharoitlarida qo‘llaniladi. Sanoat miqyosida, asosan, uchuvchi usuldan, ya’ni fazalarning qarama -qarshi oqimidan foydalanib ekstraksiyalash keng qo‘llaniladi. Qaysi bir usul qo‘llanilishidan qat’iy nazar, ekstraksiyalash jarayoni erituvchi yoki eruvchilarni regeniratsiya qilish bilan birga olib boriladi. Regeneratsiyaning maqsadi erituvchilar tarkibidagi kerakli komponentlarni ajratib olish va erituvc hilarni qaytadan jarayonda ishlatishdan iboratdir. Izm
Hujjat № Imzo Sana TDTU Olmaliq filiali. varoq 11a-19 KT Ikromova Nilufar 1.1-rasm. G‘alvirsimon ekstraksion kolonna: 1– vertikal silindrsimon qobiq; 2– g‘alvirsimon tarelkalar; 3– quyilish qurilmalari; 4, 6– og‘ir va yengil fazalar; a– fazalarni ajratuvchi sath; 5, 7– shtutserlar Izm varoq Hujjat № Imzo Sana TDTU Olmaliq filiali. varoq 11a-19 KT Ikromova Nilufar TEXNOLOGIK QISM.Ekstraksion fosfat kislota olishning fizik-kimyoviy asoslari. Tabiiy fosfatlarning sulfat kislotali parchalanishi bo’yicha boradigan reaksiyaga: Ca5(PO4)3F + 5H2SO4 + 5nH2O = 5CaSO4*nH2O + 3H3PO4 + HF va keyingi bosqichda suyuq fazadan sulfatli cho’kmani ajratib olishga asoslangan usul – ekstraktsiyali yoki ho’l usul deyiladi. Bunda olingan mahsulot ekstraksion fosfat kislota (EFK) deb yuritiladi. Bu keng tarqalgan fosfat kislota olish usuli mineral o’g’itlar, ozuqali va termik fosfatlar ishlab chiqarishda ishlatiladi. Sulfat kislotali ekstraktsiyalash jarayonini amalga oshirishning asosiy sharti fosfat kislatadan kalsiy sulfatning yetarli darajada yirik bo’lgan, oson ajraladigan va yaxshi yuviladigan kristallarini ajratib olishdan iboratdir. Bunga jarayonning ayrim bosqichlari uchun jihozlarni oqilona tanlash va ekstraktsiyalashda belgilangan texnologik tartibni, ya’ni talab etiladigan (gips, yarimgidrat yoki angidrid) shakldagi kalsiy sulfatning cho’ktirilishini va belgilangan konsentratsiyadagi mahsulot sifatidagi fosfat kislota olishni ta’minlovchi konsentratsiyali, xaroratli va boshqa parametrlarni ushlab turish orqali erishiladi. Ekstraktsiyalash jarayonida kalsiy sulfatning fosfat kislotadagi harakatchan suspenziyasini olish, uni aralashtirish va tashish mumkin bo’lishi lozimdir. Tabiiy fosfatni konsentrlangan sulfat kislota bilan to’g’ridan-to’g’ri aralashtirilganda fazalarga ajralishga amalda imkon bermaydigan quyuq suspenziya hosil bo’ladi.
Resirkulyatsiya bilan bog’liq holda fosfatli xom ashyodan o’tadigan qo’shimchalarning eritmalarda to’planishi ekstraksiya jarayoni uchun o’ziga Izm varoq Hujjat № Imzo Sana TDTU Olmaliq filiali. varoq 11a-19 KT Ikromova Nilufar xosdir. Qo’shimchalar konsentratsiyasi xom ashyo tarkibidan ham, suyuq, gaz va qattiq fazalar orasida taqsimlanadigan tegishli komponentlar tarkibidan ham aniqlanadi. Ishlab chiqarish eritmalarida ishqoriy metall kationlari, magniy, alyuminiy, temir kationlar va SO 2-2- 4 , F-, SiF6 anionlar qo’shimchalarining mavjud bo’lishi sulfatli cho’kma va mahsulot kislotasining xossasini yetarli darajada o’zgartiradi. Ekstraktsiyalash jarayonining xaroratli va konsentratsiyali parametrlarini tanlash uchun kalsiy sulfat turli modifikatsiyalarining mavjud bo’lish chegaralari va ularning fosfat kislotali eritmalarda bir-biriga aylanish tezligi haqidagi ma’lumotlar asos bo’ladi; bu ma’lumotlar toza eritmalar uchun yuqorida ko’rsatib o’tilgan edi. Ammo Ekstraksion fosfat kislotaning real eritmalarida gips, kalsiy sulfat yarimgidrati va angidriti kristallanish sohalarining aniq chegaralari va ayniqsa sodir bo’ladigan fazali bir-biriga aylanish tezliklari yetarli darajada o’zgaradi. Masalan, tarkibida 10-25% P2O5 bo’lgan fosfat kislotaning toza eritmalarida, 80OC da yarimgidratning katta qismi sistemaning birinchi kristallanuvchi fazasi hisoblanadi va 1,5-2 soat mobaynida gipsga aylanadi. Temir fosfatlari, kremnezem kabi qo’shimchalar bu jarayonni sezilarli darajada kuchaytiradi. Hosil bo’lgan gips tarkibida 10% dan kam P2O5 tutgan eritmalarda bir necha oy va 25% dan kam P2O5 tutgan eritmalarda bir necha kun mobaynida metastabil (stabil faza – angidrit) shaklda mavjud bo’la oladi. Ekstraktsiyalash sharoitiga mos holda, suyuq faza suspeziyasi tarkibida 25-30% P2O5, xarorat 70-80OC va massaning reaktorda turish vaqti 5-8 soat bo’lganda ajratiladigan cho’kma stabil angidrit emas, balki metastabil digidrat shaklda namoyon bo’ladi. Shunday qilib, ekstraktsiyalashda ajratiladigan kalsiy sulfatning gidratatsiya darajasi stabil shakllarga mos kelmasligi mumkin va u jarayonni o’tkazilish aniq sharoitiga bog’liqdir. 2.1 – rasmda tasvirlangan diagrammada kalsiy sulfatni amaliy gidratatsiya darajasining ekstraktsiya usuli (rejimi) – fosfat kislotaning konsentratsiyasi va xaroratiga bog’liqligi ko’rsatilgan. Egri chiziq 2
Download 295.44 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
ma'muriyatiga murojaat qiling