Texnika universiteti olmaliq filiali


– rasm. Tarnovli karusel vakuum-filtr


Download 295.44 Kb.
bet6/13
Sana26.01.2023
Hajmi295.44 Kb.
#1127322
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   13
Bog'liq
ikromova nilufar1

2.2 – rasm. Tarnovli karusel vakuum-filtr.

Ikkita – biri tarnobilan birgalikda aylanuvchi harakatchan va ikkinchisi tegishli vakuum-yig’gichlardagi qo’zg’almas golovkalar yordamida filtrat lar so’rib olinadi. Har bir tarnov filtr lash va yuvish doirasi (zonasi) dan o’tgandan so’ng, fosfogips qatlamini to’kish uchun avtomatik suratda ag’dariladi. Filtrlovchi to’qima yuviladi va havo bilan quritiladi. So’ngra tarnov yana ishchi holatga keladi va asosiy filtrlash doirasiga ko’chadi. Filtrlash yuzasi 40-100 m2 ga teng.


Bu filtrning afzalliklaridan biri – cho’kmani minimal miqdordagi suv bilan yuvish mumkin.

Vakuum-filtrlarda fosfogipsni ajratishda 1 m2 filtrlash yuzasidan bir soat ichida 500-800 kg gips cho’kmasi yoki 1000-1400 kg yarimgidrat ajratiladi (quruq massa hisobida). Fosfogipsning gigroskopik namligi 35-40% ni tashkil etadi. Olinadigan (quruq) fosfogipsning miqdori fosfatning navi va kalsiy sulfatning gidratlanish darajasiga bog’liq holatda qayta ishlanadigan tabiiy fosfat massasining 120-160% ini tashkil etadi. Apatitning qayta ishlanishida kalsiy sulfat yarimgidratining unumi 140% ni, digidratining unumi esa 160% ni tashkil qiladi. Yuvilgan sulfatli cho’kma filtr lash sexidan «quruq» holatda transportyor, avtomashina va boshqalar yordamida yo’qotiladi yoki suv bilan qorishtirilib nasos yordamida chiqindi hovuzlariga haydaladi.

Qoratog’, shuningdek, ayniqsa Qizilqum fosforitlari tarkibida magniy, alyuminiy va temir birikmalari singari qo’shimchalar ko’p bo’lganligi uchun
Izm
varoq
Hujjat №
Imzo
Sana
TDTU Olmaliq filiali.
varoq
11a-19 KT Ikromova Nilufar
ekstraktsiyalash jarayonida bir talay qiyinchiliklar kelib chiqadi, ishlab chiqarishning texnologik ko’rsatkichlari birmuncha pasayadi va chiqindi fosfogipsning solishtirma hajmi ko’payadi.

Hozirgi paytda butun dunyo sanoatlari amaliyotida sulfat kislotali ekstraktsiyalash jarayonining kaltsiy sulfatni cho’ktirish tartibi va texnologik sxemalar alohida bo’g’inlarining uskunali jihozlanishi: boshlang’ich reagentlarni me’yoriy kiritish, reaksion suspenziya olish, uning xaroratini boshqarish, ajralib chiqadigan ftorli gazlarni zararsizlantirish, suspenziyani ajratish va sulfatli cho’kmani yuvish, uni chiqindixonaga yo’qotish bilan farqlanuvchi bir necha o’nlab variantlari ishlab chiqarishga tatbiq etilgan.



Download 295.44 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   13




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling