Texnika universiteti olmaliq filiali
Fosfat kislotani konsentrlash
Download 295.44 Kb.
|
ikromova nilufar1
Fosfat kislotani konsentrlash. Qo’shaloq superfosfat, ammofos, nitroammofoska ishlab chiqarish uchun 45-55% P2O5 tutgan fosfat kislota, ammoniy polifosfatlari va suyuq o’g’itlar olish uchun esa – 72-83% P2O5 li fosfat kislotalari talab etiladi. Bunday hollarda ekstraksion fosfat kislota bug’latiladi.
Ma’lumki, har qanday (98% li H3PO4 gacha) konsentratsiyadagi toza fosfat kislotaning bug’i faqat suvdan iborat, nazariy olganda uni bug’latish orqali yuqori konsentratsiyali eritmalarini olish mumkin. Amalda esa jihozlar materiallarining korroziyalanishi hisobiga bug’latish qiyinchilik tug’diradi. Xarorat va kislota konsentratsiyasining ortishi bilan korroziyalanish tezlashadi. Bundan tashqari, konsentratsiya ortishi bilan kislota tarkibidagi qo’shimchalar, eruvchanlikning keskin kamayishi hisobiga cho’kmaga tushadi (quyqa hosil qiladi). Cho’kmali qoldiq (quyqa) lar qizdiriluvchi yuzaning ichki sirtiga o’tirib qolib, issiqlik almashinuvini yomonlashtiradi. Loyiha quvvati yiliga 110 ming t P2O5 bo’lgan ekstraktsiyali sistemalarda kislotani 18-22 dan 35-40% P2O5 gacha kontsentrlash uchun odatda bir korpusli bug’ bilan isitiladigan (130OC) qizdiruvchi kamerali 3-4 ta vakuum-bug’latgichli apparatlar o’rnatilgan . Vakuum-nasos yordamida apparat ichida 0,09 MPa li vakuum hosil qilinadi. Bu esa bug’latishni nisbatan past (80-90OC) xaroratda amalga oshirish imkoniyatini beradi. Apparat korpusi gummirlangan, qizdiruvchi kamera grafitli (kislota va bug’ harakatlanadigan yo’llari bo’lgan grafitli bloklardan iborat, issiqlik almashinuv yuza maydoni 158 m2 ga teng) bo’ladi. Qizdiriluvchining cho’kmali quyqa hosil qilib qolishini oldini olish maqsadida, uzluksiz ravishda kuchsiz kislota qo’shish orqali konsentrlangan kislotaning majburiy intensiv sirkulyatsiyasi (sirkulyatsiyaning qaytarilishi 100-150 marta) amalga oshiriladi. Shu tufayli sirkulyatsiyali eritma konsentratsiyasi aralashishdan so’ng ham kam o’zgaradi. Bunday kislotadagi qo’shimchalarning Izm varoq Hujjat № Imzo Sana TDTU Olmaliq filiali. varoq 11a-19 KT Ikromova Nilufar eruvchanligi boshlang’ich kislotadagiga qaraganda anchagina kam bo’ladi. Shuning uchun aralashtirilgan vaqtda kuchsiz kislotadagi qo’shimchalar kristallanadi. Ularni tindirgichdayoq ajratib olish va so’ngra bug’latuvchi apparatga yo’llash maqsadga muvofiqdir. Bug’latilgan kislotani sirkulyatsiyali konturdan muntazam chiqarib turiladi. Qizdiruvchi kameraning ichki yuzasiga kalsiy sulfat va ftorsilikatlardan iborat qo’shimchalar o’tirib qoladi. Bu har uch kunda toza suv bilan yuvib turishni talab etadi. Nisbatan ko’proq vaqt ishlatilganda qo’yqa bu yuzani yanada to’laroq egallab oladi, uni mexanik usullar bilan tozalanadi va so’ngra H2SiF6 ning 4-5% li eritmasi bilan yuviladi. Download 295.44 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
ma'muriyatiga murojaat qiling