Texnika universiteti


SISTEMANI TASHKILIY-METODIK TAMINOTI


Download 1.92 Mb.
bet5/6
Sana19.06.2023
Hajmi1.92 Mb.
#1621021
1   2   3   4   5   6
Bog'liq
Kurs Loyihasi

5 SISTEMANI TASHKILIY-METODIK TAMINOTI
Buxgalteriya hisobi boshqaruv funksiyasi sifatida o‘zining tash-kiliy 
tuzilmasiga ega . Buxgalteriya hisobining tashkiliy ta’minotini bu yerda hisob 
siyosatining tarkibiy qismi sifatida ko‘rib chiqamiz.
Buxgalteriya hisobining uslubiy ta’minoti boshqaruv apparatiga 
ishonchli va zarur axborotlarni kam xarajat qilgan holda, o‘z vaqtida taqdim 
etish vazifasiga bo‘ysundirilgan bo‘lishi lozim. Ushbu vazifani hal etish 
qator omillar bilan ta’minlanib, ulardan har biri qaror topgan an’analar, 
korxona faoliyatining muayyan shart-sharoitlari va hisob ishlarining 
hajmidan kelib chiqadi.Buxgalteriya hisobining tashkiliy ta’minoti uni boshqaruv hisobi va 
moliyaviy hisob quyi tizimlariga ajratishni nazarda tutadi. Ular o‘rtasida 
keskin chegara bo‘lmasa-da, bunday ishni amalga oshirish zarur. U hisob 
axborotlarining alohida foydalanuvchilar o‘rtasida aniq yo‘nalishini 
belgilaydi. Mahsulot, ish va xizmatlar tannarxini shakllantirish bo‘yicha 
boshqaruv va korxonani strategik rivojlantirish asosini yaratadi. Ushbu 
axborot faqat korxona menejerlariga ruxsat etiladi. Boshqaruv hisobini 
tashkil etish tartiblarini korxona mustaqil belgilaydi. 
Moliyaviy hisob u yoki bu darajada tartibga solinadi. Shuning uchun 
ma’lum talablar va tamoyillar tizimi ishlab chiqiladi.
Korxonada buxgalteriya hisobini tashkil etish va amaldagi 
qonunchilikka rioya qilinishi uchun uning rahbari javobgar. Rahbar hisob 
siyosatini ishchi schotlar rejasini, dastlabki hujjatlar shakllarini (namunaviy 
shakli bo‘lmagan xo‘jalik operatsiyalarini rasmiylashtirish uchun), 
inventarizatsiya o‘tkazish tartibini, hujjatlar aylanish qoidalarini va 
buxgalteriya hisobini tashkil etish maqsadida zarur bo‘ladigan tartib-
qoidalarni tasdiqlashi lozim.
O‘zbekiston Respublikasi «Buxgalteriya hisobi to‘g‘risida»gi qonuniga 
muvofiq, korxona rahbari buxgalteriya hisobini shaxsan o‘zi yuritish 
huquqiga ega.
Lekin qaysi holatlarda ushbu funksiyani rahbarning o‘zi bajarishi aniq ko‘rsatilmagan,
ammo bunday variant kichik biznes korxonalari, masalan, dehqon xo‘jaliklari uchun 
qulay. Bosh buxgalter boshqaradigan mustaqil buxgalteriya xizmati tashkil 
etilishi ham mumkin. Bunday xizmat korxonaning boshqa bo‘linmalari kabi tarkibiy 
bo‘linma hisoblanadi. 
Bosh buxgalter bevosita korxona rahbariga bo‘ysunadi va hisob siyosatini tashkil etish, buxgalteriya hisobini yuritish, to‘liq va ishonchli moliyaviy hisobotni o‘z vaqtida
taqdim etish uchun javobgar. 
Buxgalteriya hisobini yuritish shartnoma asosida markazlashgan 
buxgalteriya, ixtisoslashgan mustaqil tashkilot yoki tegishli oliy yoki o‘rta 
maxsus ma’lumotga ega buxgalter tomonidan yuritilishi mumkin. 
Har qanday holatda buxgalteriya hisobining u yoki bu tashkiliy shaklini 
tanlash hisob jarayonini oqilona tashkil etishning muhim omili hisoblanadi. 
Buning ustiga, agar oldin hisob texnologik jarayoniga EHMni keng 
qo‘llashga, markaziy buxgalteriya tashkil etish afzal hisoblansa, hozirgi 
vaqtda vaziyat boshqacha markazlashmagan buxgalteriya hisobi katta 
imkoniyatlarga ega. Asosiy masala 
– buxgalterning ish joyini avtomatlashtirish. Boshqa omillar: hisob ishlarining hajmi, xodimlar soni, ishlab chiqarish zaxiralari va tayyor mahsulotlarning nomenklaturasi, mol 
yetkazib beruvchilar, xaridorlar va shu kabilarning soni katta ahamiyatga ega emas. 
Shuning uchun hisob xodimlarining vazifalari ularning ish yuklamasi, boshqaruv tizimidagi pog‘onalar o‘rtasida to‘g‘ri va teskari o‘zaro aloqalar hisob ma’lumotlarini uzatish va uzatish vositalari va kanallaridan kelib chiqqan holda qayta taqsimlanishi lozim. 
Hisob xodimlarining mehnat taqsimoti 3 turga bo‘linadi: 
­predmetli; 
­chiziqli; 
­funksional. 

Mehnat taqsimotining predmetli varianti hujjatlarni bo‘limlarning 


nomlanishiga muvofiq taqsimlashni nazarda tutadi: 
­hisob-kitob bo‘limi; 
­ishlab chiqarish bo‘limi; 
­hisob bo‘limi; 
­sotish bo‘limi; 
­umumiy bo‘lim. 
Albatta, konsolidatsiyalangan hisobotdan asosiy foydalanuvchilar aksiyadorlar hisoblanadi. Bosh kompaniyaning aksiyadori uning aksiya paketiga to‘g‘ri keladigan sof aktivlar
hajmini baholash imkoniga ega emas. Chunki bosh kompaniyaning balansi faqat sho‘ba korxonalariga qo‘yilmalar summasidan iborat va ushbu qo‘yilmalarning jami real qiymatini va mos 
ravishda aksiyadorlarning ulushini aks ettirmaydi. Aksiyadorlar uchun ularning qo‘yilmalarini
obyektiv aks ettiradigan, bosh kompaniyaning barcha sho‘ba va tobe korxonalari faoliyatining ko‘rsatkichlarini o‘z ichiga oladigan obyektiv axborotlar zarur. 



Download 1.92 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling