Texnika universiteti


-rasm Savdo tashkilotining tovarlarining tiplari jadvali 5-rasm


Download 1.92 Mb.
bet4/6
Sana19.06.2023
Hajmi1.92 Mb.
#1621021
1   2   3   4   5   6
Bog'liq
Kurs Loyihasi

4-rasm Savdo tashkilotining tovarlarining tiplari jadvali

5-rasm Savdo tashkilotining texnologiyalar turlari jadvali



6-rasm Savdo tashkilotining barcha jadvallari umumiy jadvalga birlatirilgan holati

3 SISTEMANING TASHKILIY ALGORITMI


7-rasm sistemaning tashkiliy algoritmi



8-rasm foydalanuvchining shaxsini tasdiqlash


4 SISTEMANI IQTISODIY SAMARADORLIGINI HISOBLASH

90 — yillar boshlarida sobiq ittifoqda juda qam murakkab iqtisodiy vaziyat yuzaga keldi. Bir tomondan aqliy mehnat vakillari katta qismini, birinchi navbatda vayronalik ularga ta`sirini ko’rsatdi, ishsizlikka duchor etib ishlab chiqarish imkoniyatlari buzilib kela boshladi. Boshqa tomondan tizim ancha ochiq bo’la bordi va G’arbdan inson faoliyati hamma sohalarini


avtomatlashtirish vositalari oqimi keng kirib keldi. Bular birinchi zamonaviy shahsiy kompyuterlar bo’lib, o’sha davrda susayib borayotgan iqtisodiyotni boshqarish va samarali rivojlantirishga o’tish uchun foydali asoslar yaratdilar.
Bundan tashqari turli dasturli ta`minlashlar ham olib kelinib, ular ana shu kompyuterlarga kiritildi. Yuzaga kelgan vaziyatning ajoyibligi shundan iborat Ediki, sobiq ittifiqdan keyingi jamiyatning tarixiy rivojlanishi uchta tarmog’i bir joyda uchrashdilar. Birinchisi,. bozor iqtisodiyoti tamoyillariga o’tish va u rivojlanishi bosqichida juda ham ko’plab kichik korxonalar paydo bo’la boshladi. Ularga esa ma’muriy boshqaruvchi kadrlar hamda buxgalterlar talab etiladi. Bu talablarni qondira oladigan tajribali mutaxassislar yo’q edi.

Qoniqtirilmagan juda katta talablar qolgandi, ular o’z navbatida takliflarni yaratmasligi mumkin emas edi.


Ikkinchisi,: aytib o’tilgan ish joylarining qisqarishi sababli aqliy mehnat ishchilari katta armiyasi – intellektuallar paydo bo’ldilar, ular buxgalterlik hisob ishlarida hech qanday tajriba va ko’nikmalarga ega emasdilar, ular asosan davlat rejali iqtisodiyoti byudjet (dotatsion) soxasidan chiqqan edilar. Uchinchisi,: bozorni ancha arzon kompyuter texnikalari bilan boyib borishi «narxi-foydasi» degan mavjud nisbatlarni o’zgartirdi va dasturlar ishlab chiqish, matematik ta`minot kabi soha rivojlanishiga qo’shimcha kuch bag’ishladi. Xususan, bu faoliyat bilan vaziyat oqibatida shug’ullanishga majbur bo’lgan buxgalterlar ba`zi kamchiliklarini, tajribasizliklarini o’rnini to’ldirishi kerak bo’lgan buxgalterlik dasturli (ta`minot) mahsuloti bozori yuzaga kela boshladi. Shu tariqa dasturli ta`minotning bu yo’nalishini to’ldirib borish juda ham yaxshi ko’rinish olmadi. Dasturchilar o’z mehnatlarini qaysi sohaga yo’naltirilishini izlab dasturlar ishlab chiqa va yarata boshladilar. Keyin esa o’z mahsulotlarini tatbiq eta boshladilar ham, lekin ular buxgalterlik hisobining ma`nosining nozik tomonlarini tushunmasdilar. Bu dasturlar bozorning kengligi sababli har bir katta talablarsiz tanlab o’tirilmay ishlatilaverildi. Buxgalterlar o’z navbatida ikki sabab bo’yicha masalani to’g’ri qo’ya olmasdilar: birinchidan, kompyuter texnikasidan foydalanish yangiligi noma`lum, o’rganilmaganday ma`lum darajada qo’rqish. Ikkinchidan, buxgalterlik hisobi sohasining o’zida ish tajribalarining unchalik ko’p emasligi bo’ldi. Ko’pchilik buxgalterlik mutaxassisligiga ega bo’lib, turli sharoitlar sababli (bunga ularning yoshlari ham sabab bo’lishi mumkin) aynan buxgalterlar uchun bo’lgan buxgalterlik dasturli ta`minlash asosida jiddiy ishlay olishlarini ko’rosata olmadilar.
Natijada 90 — yillar davomida buxgalterlik dasturlar bozoriga 90 — yillar boshlaridagi vaziyatda yo’l qo’yilgan kamchiliklarga ega ko’plab dasturli mahsulotlar chiqarildi. Bu holatning yuzaga kelishiga ishlab chiqaruvchilarning bu qilingan ishlardan foydalanuvchilar uchun aslida nimalar kerakligini bilmasliklari sabab bo’ldi.bu esa uzoq vaqtlar davomida turli vositalar yaratish bo’yicha ishlar olib borilishiga olib keldi, umuman olganda buxgalterlik hisobiga kerak emas va begona qandaydir qo’shimchalar yaratilib ular birlashib yagona yaxlitni tashkil eta olmadilar. Boshlanishida turli jadvallar, orderlar-jurnallari va boshqa dasturli amalga oshirishlar yaratilib buxgalterlar ishini soddalashtirish o’rniga amalda uni fakatgina chalkashtirar edi, alohida qismlari va bulimlarining echimini amalga oshiruvchi qayta qurilmalar yaratilib, lekin ular buxgalterlik umumiy kompleksi haqidagi yagona tasavvurni bermas edi.
Lekin echimlar juda ham yaqin turar edi. aytib o’tilgan qog’oz hujjatlarning o’zi faqatgina butun buxgalteriya uchun ballansli va moliyaviy raqamlar va hisobotlarni “ikki martalab yozish” deb ataluvchi oddiy va fundamental ma`lumotlarni bog’lab analitik buxgalterlik hisobotini ta`minlashga yordam beruvchi oraliq registlar hisoblanadilar. Shu tariqa asosiysini tashkil etuvchi yozuvlarni ularni tashkil kiluvchi kismlariga bo’lib saqlab qolish jarayonini to’g’ri dasturlashtirib provodkadan to aylanma-saldovoy vedomostgacha, ya`ni to balansgacha eng qisqa yo’l bilan ta`minlanildi. Shu bilan birga bu raqamlar zarur bo’lganda, aniqroq aytganda konservatizmlik sababli oraliq hujjatlarni tuzib berishga imkon beradi. Аmmo aynan shu tartibda. Аylanma saldovoy vedomost va oraliq registlar provodkalar natijasi hisoblanadi va bir darajani (bosqichni) ko’rsatadi.
Qog’ozlarda buxgalteriya hisobotini olib borish usulida esa bunday bo’lmagan, unda oraliq registlar asosida balans chiqarilar edi, bu esa ko’p bosqichlilik qurilishidan iborat bo’lar edi. ushbu buxgalterlik dasturli ta`minlashni qurish kontseptsiyasidan kelib chiqib, amalda buxgalterlik hisoboti matematik modelini amalga oshiruvchi dasturlar deyarli oddiy tuzilishga (qurilishga) ega bo’ladi va buning natijasida sodda sozlanadi.ortiqcha qo’shimchalardan ozod bo’lgan bu dasturlarda buxgalterning e`tibori faqatgina analitik hisobotgagina qaratilib, ko’rib chiqmoqchi bo’lgan u yoki boshqa raqamlarni hisoblab chiqishdan iborat bo’ladi. Buxgalter uchun bo’layotgan ishlarni tushunmaslik va ortiqcha hisob-kitoblar bilan shug’ullanib vaqtini o’tkazmaydigan ijodiy ishlashi uchun imkoniyatlar yaratiladi. Hamma kerakli raqamlar uning ko’z oldida, ularni osongina ko’rib chiqish mumkin va buxgalter uchun qulay ko’rinishda namoyon bo’ladi.



Download 1.92 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling