Institut rektorining o‘quv amaliyotlarini a’lo darajada tashkil qilish, amaliyotga rahbarlarni biriktirish va talabalarning amaliyot vaqtini mazmunli tashkil qilish bo‘yicha 30 mart 2021 yil №289/t - sonli buyrug‘i ijrosini ta’minlash maqsadida “Gidrologiya va gidrogeologiya” kafedrasi mudiri D.V.Nazaraliyev va kafedra professor-o‘qituvchilari S.Nurjanov, I.Ro‘ziyev, J.Hamroqulov va Q.Eshquvatovlar “Daryo va suv omborlari gidrologiyasi” va “Meliorativ gidrogeologiya” ta’lim yo‘nalishlari talabalari bilan amaliyot davrida texnika xavfsizligi qoidalariga amal qilish bo‘yicha suhbat o‘tkazishdi. Suhbat davomida talabalar o‘zlarini qiziqtirgan savollar bilan murojaat etishdi. Talabalarga amaliyot o‘tash joylarida odob axloq va asosiysi texnika xavfsizligi qoidalariga qat’iy amal qilish bo‘yicha tegishli ko‘rsatmalar berildi.
TIQXMMI matbuot xizmati
Do'stlaringiz bilan baham: |