Texnika xavfsizligi va kimyo laboratoriyalarida ishlash qoidalari
Download 443.3 Kb. Pdf ko'rish
|
1 tajriba
1-Laboratoriya ishi Texnika xavfsizligi va kimyo laboratoriyalarida ishlash qoidalari, qo‘llaniladigan asbob va moslamalar bilan tanishish, tarozida tortish qoidalari. Laboratoriyada ishlash tartibi 1. Darslik va leksiyadan tegishli bo’limlarni o’qib chiqish va laboratoriya ishlarining mazmuni bilan tanishish lozim. 2. Tajriba olib borish uchun zarur narsalar (idish, asbob- uskunalar reaktiv va boshqalar) mavjudligini aniqlagandan keyingina tajribani boshlash kerak. 3. Tajriba o’tkazish vaqtida ishning qo’llanmada ko’rsatilgan tartibiga rioya qiling. 4. Kerak bo’lgan taqdirda ishni mo’rili shkafda olib boring. 5. Tajribaning borishini diqqat bilan kuzating. Uning tavsilotlarini laboratoriya ish daftariga yozib boring. Kuzatilgan barcha hodisalarni (cho’kma hosil bo’lishi, eritma va cho’kma rangining o’zgarishi, issiqlik ajralishi yoki yutilishi, gaz hosil bo’lishi va shu kabilar) reaksiya tenglaamasini, hisob va xulosalarini maxsus laboratoriya ish daftariga yozib boring. 6. Laboratoriya ish daftariga tajriba bajariladigan mavzuni nomi, ishning mazmuni, lozim bo’lsa foydalanilgan asbob-uskunalarning sxemasi yoki rasmini chizing. 7. Laboratoriya jurnali muqovasida talabaning familiyasi, ismi va gruppasining nomeri yozilgan bo’lishi kerak. 8. Ish tamom bo’lgandan keyin o’z ish joyingizni tartibga keltiring. Tartib va ozodalik faqat ish joyingizdagina emas balki butun laboratoriyada ham saqlanishi shart. Reaktivlardan foydalanish qoidalari 1. Reaktivlarni ko’rsatilgan miqdorda oling. Reaktivdan qancha olinishi aytilmagan bo’lsa, ularni mumkin qadar oz miqdorda: eritmalardan 1-2 ml, quruq moddalardan esa probirkaning tubinigina berkitadigan miqdorda oling. 2. Olingan reaktivning ortib qolgan qismini reaktiv turgan idishga yana qaytarib soling 3. Reaktivni olgach, reaktiv olingan idishning qopqog’ini darrov bekiting va o’z o’rniga quying. 4. Quruq reaktivlarni chinni yoki metall qoshiqchalar bilan oling. Ular toza va quruq bo’lishi lozim 5. Shisha sinig’i, qog’oz, gugurt cho’pi va shunga o’xshash keraksiz buyumlarni rakovinaga tashlamasdan, rakovina tagiga qo’yilgan maxsus idishga soling. 6. Kerakli reaktiv suyuq holatda bo’lsa, bu reaktivni olishda foydalanilgan pepitkalarni yuvmasdan boshqa reaktiv turgan idishga solish mutloqo yaramaydi. Tajriba olib borishda ko`riladigan ehtiyot choralari Kimyoviy laboratoriyalarda olib boriladigan ishlar va qo’llaniladigan reaktivlar kishi organizmi uchun ma’lum darajada zararlidir. Shuning uchun laboratoriyada ishlaganda quyidagi ehtiyot choralari qoidalariga amal qilish kerak: 1. Zararli va qo’lansa hidli moddalar bilan qilinadigan tajribalarni mo’rili shkafda bajaring. 2. Ajralib chiqayotgan gazlarni yaqindan turib hidlamang. Agar gazni hidlash lozim bo’lsa, ehtiyot bo’lib, havoni qo’lingiz bilan idish og’zidan o’zingiz tomon ohista yelpib, hidlang. 3. Kuchli kislotalarni ayniqsa konsentrlangan sulfat kislotani suyultirishda suvni kislotaga quymasdan, kislotani suvga idish devori orqali jildiratib ohista quying. 4. Reaktivlarni quyganda ular yuzingizga yoki qo’lingizga sachramasin. 5. Suyuqlik qizdirilayotganda uning holatini kuzatish uchun idish ustiga engashib qaramang. Chunki suyuqlik birdan sachrab ketishi mumkin. 6. Probirkaga biror modda, ayniqsa, suyuq holdagi modda solib qizdirayotganingizda uning og’zini o’zingizga yoki yoningizda turgan kishiga qaratmang. 7. Ko’z va qo’lingizga biror kimyoviy modda sachrasa zararlangan joyni darxol suv bilan yuvib tashlang. 8. Yonuvchi gazlarni havo bilan aralashmasi portlovchi bo’ladi. Shuning uchun vodorod va shunga o’xshash gazlarni yoqishdan oldin ularning tozaligini sinab ko’rish kerak. 9. Simob va uning bug’i o’ta zararlidir. U bilan ishlaganda juda ehtiyot bo’lish lozim. 10. Simob va shunga o’xshash zaharli moddalar bilan ishlagandan so’ng albatta qo’lingizni yuvishni unutmang. 11. Suvli eritmalar va umuman suyuqliklarning mazasini tatib ko’rish qat’iy man etiladi. 12. Oson o’t oluvchi moddalar bilan qilinadigan tajribalarni o’tdan uzoqroqda yoki maxsus mo’rili shkafda olib borish lozim. 13. Benzin, spirt, efirlar bilan ihlayotganda o’t chiqib qolsa hech vaqt suv bilan o’chirishga urinmang. Bunday alangani qum sepib yoki maxsus vositalar yordamida o’chirish lozim. Ularni o’tga yaqin keltirish yoki ochiq alangada isitish mumkin emas. 14. Terining biror joyi kuyib qolsa, u yerni kaliy permanganatning kuchsiz eritmasi bilan ho’llang va tegishli surkama moydan surkang. So’ng albatta vrachga murojaat qiling. 15. Laboratoriya mashg’uloti tugagach, ish stolini tartibga solish, gaz va vodoprovod jumragini berkligini hamda elektr asboblarini o’chirilganligini albatta tekshirishni unutmang. KIMYOVIY IDISHLAR VA ASBOBLAR Turli kimyoviy tajribalarni bajarishda, maxsus yupqa yoki qalin shishadan yasalgan idishlar ishlatiladi. Yupqa shishadan yasalgan idishlar temperaturaning o'zgarishiga chidamli va ularda qizdirish bilan bog'liq bo'lgan turli kimyoviy jarayonlar bajariladi. Qalin shishadan yasalgan idishlarni qizdirish yaramaydi. Ayrim kimyoviy shisha idishlar 1-rasmda keltirilgan. 10 1 — probirka, 2 — kimyoviy stakan, 3 — tubi yassi kolba, 4 — tubi yumaloq kolba, 5 —Vyurs kolbasi, 6 —konussimon kolba 7—voronka. 8~tigel, 9 —soat oynasi, 10— pipetkalar. O'LCHOV IDISHLARI Anorganik kimyoda laboratoriya ishlarida suyuqliklarning hajmini o'lchash tichun odatda turli o'lchov idishlari, o'lchov kolbalari va silindrlari, pipetkalar, menzurkalar va byuretkalar ishlatiladi. o'lchov kolbalari, konussimon kolbalar. II Kolbalar. O'lchov kolbalari aniq konsentratsiyali eritmalar tayyorlash uchun ishlatilib, uztin va bo'g'zi tor qilib yasaladi. Kolbaning bo'g'ziga suyuqlik qayerigacha solinishi kerakligini ko'rsatadigan belgi qo'yiladi. Kolbaga qo'yilgan raqamlar ma'lum temperaturada lining millilitr bilan ifodalangan hajmini ko'rsatadi. O'lchov kolbalari bo'g'zining tor bo'lishiga sabab, suyuqlik hajmining ozgina o'zgarishi ham suyuqlik haj¬mini ko'rsatuvchi belgi holatiga sezilarli ta*sir qiladi. O'lchov kolbalari shlifsiz va shliflangan tiqinli bo'ladi. Odatda o'lchov kolbalarining hajmi har xil (25, 50, 100, 200, 250, 500ml li)bo`ladi. O'lchov kolbalari shlifsiz va shliflangan tiqinli bo'ladi. Odatda o'lchov kolbalarining hajmi har xil (25, 50, 100, 200, 250, 500ml li)bo`ladi. Pipetkaiar. Suyuqliklarning hajmini juda aniq o'lchab olish uchun pipetkaiar ishlatiladi. Ular shishadan yasalgan silindr shaklida boiib, pastki qismi cho'zilgan boiadi (4, a-rasm). Pipetkaning pastki qismi teshigi diametri - 1 mm. Pipetkaning keng joyidan yuqorirog'ida belgisi bo'ladi, suyuqliklar sbu bel- gigacha olinadi. Ko'pchilik hollarda 5,10 va 20 ml li pipet-kalardan foydalaniladi. Yuqorida tasvirlangandan tashqari, har xil hajmdagi suyuqliklarni o'lchashda nay ko'rinishida dara-jalangan o'lchov pipetkalari ham ishlatiladi (4, a, b, d-rasm). Byuretkalar. Byuretkalar (5-rasm) har xil hajmli suyuq¬liklarni quyib olish uchun mo'ljallangan. Ular uzun silindr nay shaklida bo'lib, sirtqi tomoni darajalarga bo'lingan. Odatda, 25—50 ml li va millilitrning o'ndan bir qismigacha darajalangan byuretkalardan foydalaniladi. Byuretkaning pastki qismida suyuqliklarni quyib olish uchun jo'mrak yoki maxsus moslama o'rnatilgan bo'ladi. Byuretkalar asosan titrlashda ishlatiladi. O'lchov silindrlari va menzurkalar. O'lchov silindrlari va menzurkalar (6-rasm a, b) qalin shishadan yasalgan idishlar bo'lib, uncha aniq bo'lmagan suyuqliklarni o'lchash uchun ishlatiladi. O'lchov silindrlari va menzurkalari har xil hajmda — 5, 10, 25, 50, 250, 500, 1000 ml va 2 / gacha bo'ladi. Laboratoriyada gaz moddalarni olish uchun Kipp appa-ratidan foydalaniladi (7-rasm). Kipp apparati o'rtasi tor sharsimon idish (1) va sharsimon voronka (2) dan iborat. Shar-simon idish (1) ga gaz hosil qiluvchi modda solinadi. Voronka (2) ga suyuqlik (kislota eritmasi) quyiladi, u idish (1) ning pastki qismiga o'tadi, so'ngra uning o'rta qismiga ko'tariladi. Qattiq modda bilan suyuqlik bir-biriga tegishi natijasida reaksiya boshlanadi. Reaksiyada ajralib chiqayotgan gaz appa-ratining jo'mrakli gaz chiqarish nayi orqali yig'gichga o'tadi. Jo'mrak berk turganda, ajralib chiqayotgan gazning bosimi suyuqlikni voronkaga siqib chiqaradi va reaksiya to'xtaydi. Ishlatilib bo'lgan suyuqlik idishning pastki qismidagi tubusdan chiqarib yuboriladi. Gazlarni saqlash uchun gazometrlar ishlatiladi. Gazometr gaz saqianadigan katta idishva voronka dan iborat. Gazometrga gaz to'Idirishdan oldin va jo'mraklar ochiladi va voronka orqali suv bilan to'ldiriladi. So'ngra jo'mrakni berikitib, tubusdan tiqin olinadi va tubus orqali gaz olinadigan asbobdagi gaz chiqartivchi nay uchi tubusga kiritib qo'yiladi. Suv tubusdan biror idishga quyib olinadi. Gazometr gaz bilan toigandan keyin, tubus teshigitiqin bilan berkitiladi va voronkaga suv quyiladi. Gazometrdan kerakli gaz olish uchun jo'mrak batamom jo'mrak esa sal ochiladi. Suv voronkadan gazometrga tushganda undagi gazni jo'mrak orqali yig'gichga siqib chiqaradi. Kerakli hajmdagi gaz olingandan keyin va jo'mraklar berkitiladi. chinni havoncha, chinni kosacha, chinni tigel. Shisha idishlar bilan bir qatorda laboratoriyada chinnidan yasalgan idishlar ham ishlatiladi Laboratoriyada ishlatiladigan hamma moddalar oz yoki ko'p darajada zaharli ekanligini talabalar esdan chiqar-masliklari lozim. Ishni bajarishda biror tushunmovchilik Uig'ilsa, ishni to'xtatish va o'qituvchiga yoki laborantga murojaat qilib, keyin davom ettirish lozim. Simob metali va Lining bug'i kuchli ta'sir qiluvchi za-hardir. Shuning uchun, simobli asboblar, simobli termometrlar singanda to'kilgan simobni yig'ib olish shart. Simob to'kilganligi haqida o'qituvchiga va laborantga albatta xabar berilishi kerak. Kislota, ishqor va ammiakning konsentrlangan eritma-larini hamda oson bug'lanuvchan suyuqiiklarni pipetkaga og'iz bilan tortib olish mumkin emas . Download 443.3 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling