Texnika xavfsizligi va kimyo laboratoriyalarida ishlash qoidalari


Download 443.3 Kb.
Pdf ko'rish
Sana30.04.2023
Hajmi443.3 Kb.
#1402618
Bog'liq
1 tajriba



1-Laboratoriya ishi
Texnika xavfsizligi va kimyo laboratoriyalarida ishlash qoidalari,
qo‘llaniladigan asbob va moslamalar bilan tanishish, tarozida tortish
qoidalari.
Laboratoriyada ishlash tartibi
1. Darslik va leksiyadan tegishli bo’limlarni o’qib chiqish va laboratoriya
ishlarining mazmuni bilan tanishish lozim.
2. Tajriba olib borish uchun zarur narsalar (idish, asbob- uskunalar reaktiv va
boshqalar) mavjudligini aniqlagandan keyingina tajribani boshlash kerak.
3. Tajriba o’tkazish vaqtida ishning qo’llanmada ko’rsatilgan tartibiga rioya
qiling.
4. Kerak bo’lgan taqdirda ishni mo’rili shkafda olib boring.
5. Tajribaning borishini diqqat bilan kuzating. Uning tavsilotlarini laboratoriya
ish daftariga yozib boring. Kuzatilgan barcha hodisalarni (cho’kma hosil
bo’lishi, eritma va cho’kma rangining o’zgarishi, issiqlik ajralishi yoki yutilishi,
gaz hosil bo’lishi va shu kabilar) reaksiya tenglaamasini, hisob va xulosalarini
maxsus laboratoriya ish daftariga yozib boring.
6. Laboratoriya ish daftariga tajriba bajariladigan mavzuni nomi, ishning
mazmuni, lozim bo’lsa foydalanilgan asbob-uskunalarning sxemasi yoki
rasmini chizing.
7. Laboratoriya jurnali muqovasida talabaning familiyasi, ismi va gruppasining
nomeri yozilgan bo’lishi kerak.
8. Ish tamom bo’lgandan keyin o’z ish joyingizni tartibga keltiring. Tartib va
ozodalik faqat ish joyingizdagina emas balki butun laboratoriyada ham
saqlanishi shart.
Reaktivlardan foydalanish qoidalari
1. Reaktivlarni ko’rsatilgan miqdorda oling. Reaktivdan qancha olinishi
aytilmagan bo’lsa, ularni mumkin qadar oz miqdorda: eritmalardan 1-2 ml,
quruq moddalardan esa probirkaning tubinigina berkitadigan miqdorda oling.
2. Olingan reaktivning ortib qolgan qismini reaktiv turgan idishga yana
qaytarib soling


3. Reaktivni olgach, reaktiv olingan idishning qopqog’ini darrov bekiting va o’z
o’rniga quying.
4. Quruq reaktivlarni chinni yoki metall qoshiqchalar bilan oling. Ular toza va
quruq bo’lishi lozim
5. Shisha sinig’i, qog’oz, gugurt cho’pi va shunga o’xshash keraksiz
buyumlarni rakovinaga tashlamasdan, rakovina tagiga qo’yilgan maxsus
idishga soling.
6. Kerakli reaktiv suyuq holatda bo’lsa, bu reaktivni olishda foydalanilgan
pepitkalarni yuvmasdan boshqa reaktiv turgan idishga solish mutloqo
yaramaydi.
Tajriba olib borishda ko`riladigan ehtiyot choralari
Kimyoviy laboratoriyalarda olib boriladigan ishlar va qo’llaniladigan
reaktivlar kishi organizmi uchun ma’lum darajada zararlidir. Shuning uchun
laboratoriyada ishlaganda quyidagi ehtiyot choralari qoidalariga amal qilish
kerak:
1. Zararli va qo’lansa hidli moddalar bilan qilinadigan tajribalarni mo’rili
shkafda bajaring.
2. Ajralib chiqayotgan gazlarni yaqindan turib hidlamang. Agar gazni hidlash
lozim bo’lsa, ehtiyot bo’lib, havoni qo’lingiz bilan idish og’zidan o’zingiz tomon
ohista yelpib, hidlang.
3. Kuchli kislotalarni ayniqsa konsentrlangan sulfat kislotani suyultirishda
suvni kislotaga quymasdan, kislotani suvga idish devori orqali jildiratib ohista
quying.
4. Reaktivlarni quyganda ular yuzingizga yoki qo’lingizga sachramasin.
5. Suyuqlik qizdirilayotganda uning holatini kuzatish uchun idish ustiga
engashib qaramang. Chunki suyuqlik birdan sachrab ketishi mumkin.
6. Probirkaga biror modda, ayniqsa, suyuq holdagi modda solib
qizdirayotganingizda uning og’zini o’zingizga yoki yoningizda turgan kishiga
qaratmang.
7. Ko’z va qo’lingizga biror kimyoviy modda sachrasa zararlangan joyni darxol
suv bilan yuvib tashlang.
8. Yonuvchi gazlarni havo bilan aralashmasi portlovchi bo’ladi. Shuning uchun


vodorod va shunga o’xshash gazlarni yoqishdan oldin ularning tozaligini sinab
ko’rish kerak.
9. Simob va uning bug’i o’ta zararlidir. U bilan ishlaganda juda ehtiyot bo’lish
lozim.
10. Simob va shunga o’xshash zaharli moddalar bilan ishlagandan so’ng
albatta qo’lingizni yuvishni unutmang.
11. Suvli eritmalar va umuman suyuqliklarning mazasini tatib ko’rish qat’iy
man etiladi.
12. Oson o’t oluvchi moddalar bilan qilinadigan tajribalarni o’tdan uzoqroqda
yoki maxsus mo’rili shkafda olib borish lozim.
13. Benzin, spirt, efirlar bilan ihlayotganda o’t chiqib qolsa hech vaqt suv bilan
o’chirishga urinmang. Bunday alangani qum sepib yoki maxsus vositalar
yordamida o’chirish lozim. Ularni o’tga yaqin keltirish yoki ochiq alangada
isitish mumkin emas.
14. Terining biror joyi kuyib qolsa, u yerni kaliy permanganatning kuchsiz
eritmasi bilan ho’llang va tegishli surkama moydan surkang. So’ng albatta
vrachga murojaat qiling.
15. Laboratoriya mashg’uloti tugagach, ish stolini tartibga solish, gaz va
vodoprovod jumragini berkligini hamda elektr asboblarini o’chirilganligini
albatta tekshirishni unutmang.
KIMYOVIY IDISHLAR VA ASBOBLAR
Turli kimyoviy tajribalarni bajarishda, maxsus yupqa yoki qalin shishadan
yasalgan
idishlar
ishlatiladi.
Yupqa
shishadan
yasalgan
idishlar
temperaturaning o'zgarishiga chidamli va ularda qizdirish bilan bog'liq bo'lgan
turli kimyoviy jarayonlar bajariladi. Qalin shishadan yasalgan idishlarni
qizdirish yaramaydi. Ayrim kimyoviy shisha idishlar 1-rasmda keltirilgan.


10
1 — probirka, 2 — kimyoviy stakan, 3 — tubi yassi kolba,
4 — tubi yumaloq kolba, 5 —Vyurs kolbasi, 6 —konussimon kolba
7—voronka. 8~tigel, 9 —soat oynasi, 10— pipetkalar.
O'LCHOV IDISHLARI
Anorganik kimyoda laboratoriya ishlarida suyuqliklarning hajmini o'lchash
tichun odatda turli o'lchov idishlari, o'lchov kolbalari va silindrlari, pipetkalar,
menzurkalar va byuretkalar ishlatiladi.
o'lchov kolbalari,
konussimon kolbalar. II
Kolbalar. O'lchov kolbalari aniq konsentratsiyali eritmalar tayyorlash uchun
ishlatilib, uztin va bo'g'zi tor qilib yasaladi. Kolbaning bo'g'ziga suyuqlik
qayerigacha solinishi kerakligini ko'rsatadigan belgi qo'yiladi. Kolbaga
qo'yilgan raqamlar ma'lum temperaturada lining millilitr bilan ifodalangan
hajmini ko'rsatadi. O'lchov kolbalari bo'g'zining tor bo'lishiga sabab, suyuqlik


hajmining ozgina o'zgarishi ham suyuqlik haj¬mini ko'rsatuvchi belgi holatiga
sezilarli ta*sir qiladi. O'lchov kolbalari shlifsiz va shliflangan tiqinli bo'ladi.
Odatda o'lchov kolbalarining hajmi har xil (25, 50, 100, 200, 250, 500ml
li)bo`ladi. O'lchov kolbalari shlifsiz va shliflangan tiqinli bo'ladi. Odatda o'lchov
kolbalarining hajmi har xil (25, 50, 100, 200, 250, 500ml li)bo`ladi.
Pipetkaiar. Suyuqliklarning hajmini juda aniq o'lchab olish uchun pipetkaiar
ishlatiladi. Ular shishadan yasalgan silindr shaklida boiib, pastki qismi
cho'zilgan boiadi (4, a-rasm). Pipetkaning pastki qismi teshigi diametri - 1 mm.
Pipetkaning keng joyidan yuqorirog'ida belgisi bo'ladi, suyuqliklar sbu bel-
gigacha olinadi. Ko'pchilik hollarda 5,10 va 20 ml li pipet-kalardan
foydalaniladi.
Yuqorida
tasvirlangandan
tashqari,
har
xil
hajmdagi
suyuqliklarni o'lchashda nay ko'rinishida dara-jalangan o'lchov pipetkalari ham
ishlatiladi (4, a, b, d-rasm).
Byuretkalar. Byuretkalar (5-rasm) har xil hajmli suyuq¬liklarni quyib olish
uchun mo'ljallangan. Ular uzun silindr nay shaklida bo'lib, sirtqi tomoni
darajalarga bo'lingan. Odatda, 25—50 ml li va millilitrning o'ndan bir
qismigacha darajalangan byuretkalardan foydalaniladi. Byuretkaning pastki
qismida suyuqliklarni quyib olish uchun jo'mrak yoki maxsus moslama
o'rnatilgan bo'ladi. Byuretkalar asosan titrlashda ishlatiladi.
O'lchov silindrlari va menzurkalar.
O'lchov silindrlari va menzurkalar (6-rasm a, b) qalin shishadan yasalgan
idishlar bo'lib, uncha aniq bo'lmagan suyuqliklarni o'lchash uchun ishlatiladi.
O'lchov silindrlari va menzurkalari har xil hajmda — 5, 10, 25, 50, 250, 500,
1000 ml va 2 / gacha bo'ladi.


Laboratoriyada gaz moddalarni olish uchun Kipp appa-ratidan foydalaniladi
(7-rasm).
Kipp apparati o'rtasi tor sharsimon idish (1) va sharsimon
voronka (2) dan iborat. Shar-simon idish (1) ga gaz hosil qiluvchi modda
solinadi. Voronka (2) ga suyuqlik (kislota eritmasi) quyiladi, u idish (1) ning
pastki qismiga o'tadi, so'ngra uning o'rta qismiga ko'tariladi.
Qattiq modda bilan suyuqlik bir-biriga tegishi natijasida reaksiya boshlanadi.
Reaksiyada ajralib chiqayotgan gaz appa-ratining jo'mrakli gaz chiqarish nayi
orqali yig'gichga o'tadi. Jo'mrak berk turganda, ajralib chiqayotgan gazning
bosimi suyuqlikni voronkaga siqib chiqaradi va reaksiya to'xtaydi. Ishlatilib
bo'lgan suyuqlik idishning pastki qismidagi tubusdan chiqarib yuboriladi.
Gazlarni saqlash uchun gazometrlar ishlatiladi. Gazometr gaz saqianadigan
katta idishva voronka dan iborat. Gazometrga gaz to'Idirishdan oldin va
jo'mraklar ochiladi va voronka orqali suv bilan to'ldiriladi. So'ngra jo'mrakni
berikitib, tubusdan tiqin olinadi va tubus orqali gaz olinadigan asbobdagi gaz
chiqartivchi nay uchi tubusga kiritib qo'yiladi. Suv tubusdan biror idishga quyib
olinadi. Gazometr gaz bilan toigandan keyin, tubus teshigitiqin bilan berkitiladi
va voronkaga suv quyiladi. Gazometrdan kerakli gaz olish uchun jo'mrak
batamom jo'mrak esa sal ochiladi. Suv voronkadan gazometrga tushganda
undagi gazni jo'mrak orqali yig'gichga siqib chiqaradi. Kerakli hajmdagi gaz
olingandan keyin va jo'mraklar berkitiladi.


chinni havoncha,
chinni kosacha,
chinni tigel.
Shisha idishlar bilan bir qatorda laboratoriyada chinnidan yasalgan idishlar
ham ishlatiladi
Laboratoriyada ishlatiladigan hamma moddalar oz yoki ko'p darajada
zaharli ekanligini talabalar esdan chiqar-masliklari lozim.
Ishni bajarishda biror tushunmovchilik Uig'ilsa, ishni to'xtatish va o'qituvchiga
yoki laborantga murojaat qilib, keyin davom ettirish lozim.
Simob metali va Lining bug'i kuchli ta'sir qiluvchi za-hardir. Shuning uchun,
simobli asboblar, simobli termometrlar singanda to'kilgan simobni yig'ib olish
shart. Simob to'kilganligi haqida o'qituvchiga va laborantga albatta xabar
berilishi kerak.
Kislota, ishqor va ammiakning konsentrlangan eritma-larini hamda oson
bug'lanuvchan suyuqiiklarni pipetkaga og'iz bilan tortib olish mumkin emas
.

Download 443.3 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling