Texnika xavfsizlik qoidalari va xatoliklar nazariyasi
Bevosita o’lchashlarning tasodifiy xatoliklarini aniqlash
Download 0.75 Mb. Pdf ko'rish
|
Texnika xavfsizligi
Bevosita o’lchashlarning tasodifiy xatoliklarini aniqlash Ma’lumki, biror kattalikning o’lchangan qiymati , uning haqiqiy qiymatidan farq qiladi. Biror kattalikning haqiqiy qiymatiga yaqinlashish uchun ayrim o’lchashlarda topilgan natijalarning o’rta arifmetik qiymati hisoblanadi 1 2 .... n x x x x n (1). Har qaysi o’lchash natijasi kattalikning o’rtacha arifmetik qiymatidan farq qiladi.Birorta o’lchash natijasining o’rtacha arifmetik qiymatidan ayirmasi (farqi) shu o’lchashning absolyut xatoligi deyiladi. ∆x 1 = ׀ x 1 – x o’r ׀ ∆x 2 = ׀ x 2 - x o’r ׀ ………. … . . ∆x n = ׀ x n - x o’r ׀ ∆x o’r = (׀∆x 1 ׀ + ׀ ∆x 2 ׀ +…..+ ׀∆x n ׀) / n (2). O’lchash xatoligini to’laroq xarakterlash maqsadida nisbiy xatolik tushunchasi kiritiladi. Ayrim o’lchashning nisbiy xatoligi deb shu o’lchash absolyut xatoligi ∆x ning , kattalikni o’lchashda topilgan qiymati x ga nisbatiga aytiladi va E x bilan belgilanadi. ' ' o r x o r x x (3). (3) dan ko’rinadiki, o’lchashning nisbiy xatoligi o’lchamsiz sondir. O’lchashlarning nisbiy xatoligi odatda % larda ifodalanadi. ' ' 100% o r x o r x x (4). Odatda o’lchashlarning o’rtacha nisbiy xatoligi hisoblanadi. O’rtacha absolyut xatolik ∆x o’r ning o’lchanayotgan kattalikning o’rtacha arifmetik qiymati x o’r ga nisbatini o’rtacha nibiy xatolik deb ataladi. Juda aniq o’lchash zarur bo’lmagan hollarda 5% gacha nisbiy xatolikka yo’l qo’yish mumkin deb hisoblanadi. Download 0.75 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling