Texnikaga o'rgatishdagi metodika xususiyatlari reja


Jismoniy tarbiya nazariyasi va amaliyotining boshqa fanlar bilan


Download 351.93 Kb.
Pdf ko'rish
bet3/4
Sana18.06.2023
Hajmi351.93 Kb.
#1579830
1   2   3   4
Bog'liq
Texnikaga o\'rgatishdagi metodika xususiyatlari 23

Jismoniy tarbiya nazariyasi va amaliyotining boshqa fanlar bilan 
aloqadorligi 
Bolalar rivojlanishi, jismoniy tarbiyasining nazariyasi va metodikasi fani bir qator 
fanlar bilan aloqaga ega. Ulardan bir guruhi jismoniy madaniyatni tashkil etish va 
rivojlantirishning ijtimoiy qonuniyatlari, jismoniy mashqlarning bola psixikasi va 
organizmiga ta’siri, shuningdek, pedagogik ta’sir metodlari va vositalarini 
o‘rgansa(umumiy jismoniy tarbiya nazariyasi va amaliyoti, umumiy va maktabgacha 
pedagogika, jismoniy tarbiya psixofiziologiyasi, bolalar psixologiyasi, yosh davrlar 
psixologiyasi, sport psixologiyasi, ijtimoiy psixologiya), ikkinchi guruhi (tibbiy-
biologik sikl fanlari: fiziologiya, anatomiya, tibbiyot, biologiya, jismoniy mashqlar 
biomexanikasi, 
neyropsixologiya, 
gigiena) 
bola 
rivojlanishining 
biologik 
qonuniyatlarini o‘rganadi. 
Tibbiy-pedagogik hamda psixopedagogik tarmoqqa kiruvchi fanlar bola 
rivojlanishininig alohida tomonini o‘rganadi. Bola rivojlanishi, jismoniy tarbiyasi 


nazariyasi va amaliyoti- pedagogik ta’sir ko‘rsatishning asosi sifatida jismoniy 
tarbiyaning yuksak natijalarga erishishini ta’minlaydi. 
O‘quv predmetining metodologik asosini mahalliy hamda xorijiy olimlar, 
mutaxassislarning falsafa, psixologiya, tibbiyot, biologiya, fiziologiya sohasidagi 
faoliyati asosida bola psixikasi hamda harakat faoliyatini rivojlantirish to‘g‘risidagi 
ta’limotlari, g‘oyalari, qarashlari tashkil yetadi. 
Mazkur nazariyaning tabiiy-ilmiy hamda psixopedagogik 
asosini I.M.Sechenov va I.P.Pavlovning oliy asab faoliyati to‘g‘risidagi ta’limoti 
tashkil yetadi. Bu ta’limot harakat ko‘nikmalarini shakllantirish qonuniyatlarini 
tushunish, harakat tuzilishi hamda ruhiy-jismoniy xususiyatlar rivojlanishining o‘ziga 
xosligi asosida o‘quv-tarbiya jarayonini to‘g‘ri va oqilona tashkil etish imkoniyatini 
beradi. 
Yosh fiziologiyasi hamda neyropsixologiya fani yutuqlariga tayangan holda bola 
organizmi yaxlit o‘z-o‘zini boshqaruvchi tizim sifatida qaraladi. Bu tizimda oliy asab 
faoliyati orqali boshqariladigan fiziologik, psixologik, funksional jarayonlar o‘zaro bir 
butun sifatida uyg‘unlikda ta’sir ko‘rsatadi. Tadqiqotlar ko‘rsatadiki, bolaning psixik 
faoliyati shartli reflektiv xarakterga ega bo‘lib, tarbiyaviy ta’sir natijasida yoshlik 
davrida shakllanadi. 
Psixolog olimlar L.S.Vigotskiy, A.N.Leontev, 
S.L.Rubinshteyn, F.Davletshin, E.G‘oziyevlarning izlanishlari natijasida inson 
psixikasining hech bir xususiyati (iroda, xotira, tafakkur, ijod va x.k.z) bolaga 
tug‘ilishidan tayyor holda berilmasligi aniqlangan. Bu xususiyatlar bolalarda 
o‘zlaridan oldingi avlod tomonidan to‘plangan boy tajribaning o‘zlashtirilishi 
natijasida shakllanadi. Hayotiy zarur bo‘lgan harakat faoliyati va faolligi ham nasldan 
naslga berilmagan. O‘z holiga tashlab qo‘yilgan bola hech qachon joyidan turib, yurib 
keta olmaydi, hatto shunga ham uni o‘rgatish lozim bo‘ladi. Inson organizmining 
rivojlanishida harakat, muskul faoliyati, jismoniy ish muhim o‘rin tutadi. Chunki uning 
hayot kechirishi, turmush tarzi bevosita faol harakatni taqozo yetadi. Bunday 
bog‘lanish inson paydo bo‘lganidan beri hayot kechirishning ajralmas qismi bo‘lib, 
evolyutsion yo‘l bilanmustahkamlangan. Shu sababli harakat faqat yashash uchun 
kerak bo‘lib qolmasdan, barcha tashqi va ichki a’zolarning me’yoriy ishlashi uchun 


zaruratga aylangan2. Shunday qilib, inson bioijtimoiy mavjudot - tabiatdagi yagona 
tirik organizm sifatida nafaqat atrof-muhitni anglash va o‘zgartirish balki o‘z-o‘zini 
o‘zgartirish qobiliyatiga ega. 

Download 351.93 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling