Texnikaning dolzarb masalalariga bag`ishlangan ilmiy maqola ustida ishlash. Maqoladagi sohaga oid atama va kalit so`zlar taxlili. Maqola


Download 19.31 Kb.
bet2/2
Sana02.01.2022
Hajmi19.31 Kb.
#185776
1   2
Maqolaning tuzilishi

I. Kirish qismi

Mavzuning
asoslanishi +
mavzuning
dolzarbligi +
asosiy tezis

• Qo’yilgan mavzuning retrospektiv tahlili.
• Mavzuni bugungi kun pozisiyalaridan ko’rib chiqish zarurligining asoslanishi.
• Mavzu asosiy tushunchalarining izohlanishi.
Mavzuni bayon qilish bilan bog’liq xatolar bayoni va hokazo

II. Asosiy qism

Dalillar+
ilgari surilgan
tezisni tasdiqlaydigan
faktlar

• induksiyadan foydalanish: aniqdan umumlashtirishga;
• deduksiyadan foydalanish: umumiydan batafsil ko’rib chiqishga.

III. Yakunlovchi qism

Ilgari surilgan
tezisni tasdiqlaydigan yoki
inkor qiladigan xulosalar

• asosiy fikrning tezislar shaklida bayon qilinishi;
• xulosalar;
• muammoning davomiyligini ko’rsatish

Matnni rasmiylashtirishdagi xarakterli nuqsonlar
1. Mavzudan chetga chiqish, uni boshqasi bilan almashlash.
2. Haddan ortiq hajmli kirish qismi,aniq xulosalar yo’qligi.
3. Fikrni bayon qilishdagi muayyan bosqichlarni ko’rsatadigan xatboshilarni ajrata bilmaslik.
4. Materialni bayon qilishning uzunligi va haddan ortiq ko’pso’zlilik.
5. Har xil nutqiy va uslubiy xatolar.


Mustaqil ish.

Ilmiy asarlar to’plamida maqola shaklida berilgan materialni o’qing. Nuqsonlarini toping. Quyidagi savollarga javob berib, matnni tuzating:


- mazmun mavzuga muvofiqmi?
- maqolaning asosiy tezisi nimadan iborat va ishning hamma qismlari unga bo’ysundirilganmi?
- maqolaning qismlari bir-biriga nisbatan proporsionalmi?
- mantiqlikning buzilishlari yo’qmi?
- ish ilmiy uslub talablariga javob beradimi?
- nutqiy xatolar bormi?
- ishning umumiy saviyaligi qanday?
 

Maqola — publitsistik janr. Maqolada ijtimoiy hayot hodisalari chuqur tahlil qilinib, nazariy va ommaviy jihatdan umumlashtiriladi, davlat siyosati, iqtisodiyot, texnika, fan va madaniyatda erishilgan yutuqlar, ilgʻor ish tajribalari ommalashtiriladi, xalq xoʻjaligidagi nuqsonlar tanqid qilinadi. Matbuotda bosh Maqola, nazariy va targʻibot Maqola, muammoli Maqola keng qoʻllanadi. Bosh Maqola (yoki tahririyat tomonidan yoziladigan Maqola) tahririyatning eng masʼuliyatli Maqolasi boʻlib, unda ichki va xalqaro hayotga doir muhim masalalarni oʻquvchilar ommasiga yetkazish vazifasi qoʻyiladi. Bunday Maqola muayyan masala yuzasidan yoʻl-yoʻriq koʻrsatishi, mavjud kamchiliklarni ochib tashlashi, har bir ishning asosiy haqiqiy yulini belgilab berishi loziMaqola Prezident farmonlari, Oliy Majlis qonunlari, Vazirlar Mahkamasi tomonidan qabul qilinadigan davlat va hukumat hujjatlari, qarorlari, qonunlari davrning dolzarb masalalari bosh Maqolada ochib beriladi. Nazariy Maqola va targʻibot Maqolaning asosiy vazifasi mustaqillik, milliy gʻoya, istiqlol mafkurasining asoslari va prinsiplarini; ilmiy Maqolaning vazifasi fan, madaniyat, texnika yutuqlarini tushuntirish, ommalashtirish, oʻquvchining gʻoyaviy, ilmiy saviyasini oshirishdan iborat. Muammoli Maqola munozara va bahsla-shuv mazmunida boʻlib, unda biror masala yuzasidan muallif oʻz qarashlarini oʻrtaga tashlaydi.

Oʻzbekistonda Maqola janri tarixi, asosan, „Turkiston viloyatining gazeti“ bilan bogʻliq. Unda ijtimoiysiyosiy hayotning turli sohalari oʻz ifodasini topgan (Furqat, Ibrat, Hakimxon va boshqalar). Keyinchalik taraqqiyparvar oʻzbek milliy matbuotida Hamza, Ab-dulla Avloniy, Abdulla Qodiriy va boshqa oʻz Maqolalari bilan ishtirok etishgan. Hozirgi ommaviy vositalarida Maqolaning hamma turlarida materiallar berib boriladi.maqola bu dolzarb mavzularni yorituvchi nashrdir.

Maqola istilohi keng maʼnoda gazeta, jurnal, radio, televideniya, shuningdek, toʻplamlardagi ilmiy asarlarga nisbatan ham qoʻllanadi.

Maqolalar uch tarkibiy qismdan iborat bo‘ladi: 1. Kirish — bunda tanlangan mavzuning dolzarbligi belgilanadi. 2. Asosiy qism — muallif tomonidan rejalangan fikr, muammo yoki yangilik bayon qilindi. 3. Xulosa — mavzu yuzasidan muallifning xulosalari, tavsiyalari beriladi.



Maqolalar ilmiy yoki publitsistik uslubda, adabiy til meʼyorlariga to‘liq amal qilingan holatda yoziladi. Maqola yozishda maqolaning mavzusini belgilash va unga sarlavha tanlash ham muhim ahamiyat kasb etadi. Maqolaning sarlavhasi qisqa, lekin eʼtiborni jalb qiladigan va, albatta, maqolaning bosh mavzusini yoritib beradigan bo'lishi lozim. Maqola Bundan tashqari, maqolalarda muallif haqida qisqacha maʼlumot va foydalanilgan adabiyotlar ro‘yxati ko‘rsatiladi.[1]
Download 19.31 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling