Texnologik jararonlarni avtomatlashtirish
Download 0.94 Mb.
|
2-tajriba
- Bu sahifa navigatsiya:
- “IKKI PAG`ONALI TEMPERATPURANI AVTOMATIK ROSTLASH SISTEMALARINI O’RGANISH VA TAHLIL QILISH” mavzusidagi TAJRIBA MASHG`ULOTI
- Nazariy ma`lumotlar
- Эътиборингиз учун раҳмат!!!
O`ZBEKISTON RESPUBLIKASI OLIY VA O`RTA MAXSUS TA`LIM VAZIRLIGI БУХОРО МУҲАНДИСЛИК-ТЕХНОЛОГИЯ ИНСИТУТИ “Texnologik jarayonlarni boshqarishning axborot-kommunikatsiya tizimlari” kafedrasi “TEXNOLOGIK JARARONLARNI AVTOMATLASHTIRISH” FANIDAN “IKKI PAG`ONALI TEMPERATPURANI AVTOMATIK ROSTLASH SISTEMALARINI O’RGANISH VA TAHLIL QILISH” mavzusidagi TAJRIBA MASHG`ULOTI O`qituvchi: M.S.Mizomov Buxoro-2020 Mashg’ulotning maqsadi: 1. Yopiq zanjirli avtomatik rostlash sistemalarini o’rganish. 2. Ikki pozitsiyali avtomatik rostlash sistemalarini statik va dinamik xarakteristikalarini olish.
Texnologik jarayonlarda odamning ishtirok etishiga ko'ra avtomatlashtirishni quyidagilarga ajratish mumkin: avtomatik nazorat, avtomatik rostlash va avtomatik boshqarish. Avtomatik nazorat - texnologik jarayon haqida operativ ma'lumotlarni avtomatik ravishda qabul qilish va uni qayta ishlash uchun kerakli bo'lgan sharoitlarni ta'minlaydi. Avtomatik nazorat sistemasi o'lchanadigan kattalikni berilgan qiymati bilan taqqoslab, natijani o'lchaydi. O'lchanadigan kattalik X1, nazorat ob’yekti KO dan datchik D ga beriladi va qulay bo'lgan X2 qiymatga o'zgartiriladi. X2 signal taqqoslash elementi TEda Xo etalon signal bilan taqqoslanadi. Etalon signal Xo topshiriq bergich TB dan beriladi. Avtomatik rostlash sistemasining strukturasi Har bir texnologik jarayon texnologik kattaliklar deb ataladigan o'zgaruvchan fizik va kimyoviy kattaliklar (bosim, temperatura, namlik, konsentratsiya va hokazolar) bilan xarakterlanadi. Quyidagi sxema bo'yicha avtomatik rostlash sistemasi elementlarini ko'rib o'tamiz. Avtomatik rostlash sistemasining bir konturli berk funksional sxemasi. Avtomatik kontrol sistemasi quyidagi vazifalarni bajarishi mumkin: - ishlab chiqariladigan mahsulotni va sarflanadigan energiyani hisobini olish; - issiqlik, bosim, elektrik tok va boshqa ishlab chiqarish jarayonlarining kattaliklarini tekshirib turish; - xizmat o'tovchi shaxsni ishlab chiqarish jarayonini borishi to'g'risida ogoh qilish (signallash). Avtomatik rostlash-texnologik jarayonining rostlanadigan kattaliklarini avtomatik rostlagichlar yordamida texnologik jarayon reglamentida belgilangan qiymatda saqlab turadi yoki oldindan berilgan qonun boyicha o'zgartiradi. Bu holda odam faqat rostlash sistemasining to'g'ri ishlashini nazorat qiladi. Avtomatik rostlash sistemasi - yopiq dinamik sistema bo'lib (3.1 b-rasm) teskari bog'lanishga egadir. Bu yerda taqqoslash elementiga datchikda o'zgartirilgan X2 va topshiriq bergichdan Xo signallar taqqoslanadi, natijasi avtomatik rostlagichga beriladi. Bu natija X3=Xo-X2 ga tengdir. Avtomatik rostlash jarayonida shunday rostlovchi ta'sir ishlab chiqarilishi kerakki, natijada Xz nolga yoki eng kichik songa intilsin (Xz-0). Avtomatik boshqarish - texnologik operatsiyalarni belgilangan ketma-ketlikda avtomatik ravishda bajarilishini va boshqarish ob’yektiga nisbatan ta'sirlarning muayyan muttasilligini topshiriq bergichdan keladigan signal bo'yicha ishlab chiqishdan iborat. Boshqaruvchi qurilma BQ Xo signalni qabul qilib uni boshqarish signali X1 ga aylantiradi va bajaruvchi qurilma BQ orqali boshqarish ob'yekti BO ga ta'sir qiladi Эътиборингиз учун раҳмат!!! Download 0.94 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
ma'muriyatiga murojaat qiling