Havoning almashinishi (ventilyasiya). Ishchi uskuna va qurilmalarni ish jarayonida ajralib chiqadigan turli xususiyatli gaz va bug’lar, issiqlik ish joyidagi muhitning o’zgarishiga va noqulayliga olib keladi. Shu sabali ish o’rinlarini sanitariya va giyena talablariga mos holda tashkil etish maqsadida havoni tabiiy yoki mexanikaviy usullardan foydalaniladi. Ish joylarida havoning almashinishi ishda samaradorlikni oshirishning va kasbiy kasalliklarni kelib chiqishini oldini olishga muhim omillardan biri hisoblanadi.
Shovqin. Yakka yoki guruhiy mashina va mexanizmlar ishlayotgan joylarda, detallarni o’zaro ta’siri natijasida shovqin vujudga keladi. me’yoridan oshiq shovqin kishi oshqozonini ishlash faoliyatining buzilishiga, yurak-tomir kasalliklariga va quloqning bitib qolishiga sabab bo’lishi mumkin. Shovqinning kuchi desibellarda (Db) va ularni takrorlanishi, ya’ni chastotasi gerslarda (Gs) o’lchanadi.
Do'stlaringiz bilan baham: |