Texnologik jarayonlarda ishlab chiqarishni avtomatlashtirish va boshqarish
Kompyuterga ArduinoIDE ni о‘rnatish
Download 102.88 Kb.
|
Kurs ishi namuna
3.3. Kompyuterga ArduinoIDE ni о‘rnatish
Arduino arxitekturasiga mos tushuvchi platalar asosida ilovalarni yaratish rasmiy bepul ArduinoIDE dasturlash muhitida amalga oshiriladi. Muhit Arduino ga mos tushuvchi plataga о‘rnatilgan qurilma mikrokontrolleri xotirasiga kompilyatsiyalash va loyihalashtiruvchining dasturlarini yozish uchun mо‘ljallangan. Loyihalashtirish muhit asosi Processing/ Wiring tili bо‘lib – u oddiy C++, faqat kontaktlarga kiritish-chiqarishni boshqarish uchun sodda va tushinarli funksiyalar bilan tо‘ldirilgan. Windows, MacOS i Linux operatsion tizimlar uchun ham muhitning versiyalari mavjud. Arduino muhitining oxirgi versiyalarini http://arduino.cc/en/Main/Software rasmiy sayt saxifalaridan yozib olish mumkin. Windows operatsion tizimli kompyuterga ArduinoIDE о‘rnatishni kо‘rib chiqamiz. http://arduino.cc /en/Main/Software saxifaga murojaat qilamiz, Windows operatsion tizim versiyasi uchun tanlaymiz va arxiv faylini kо‘chirib olamiz. U barcha zarur ma’lumotlarga ega va shu jumladan drayverga ham ega. Yuklash tugagach о‘zimizga qulay joyga yozib olingan faylni ochib yozib olamiz. Endi drayverni о‘rnatish kerak. Sо‘ng Arduino ni kompyuterga ulanadi. Kontrollerda manba indikatori yonloyiha kerak – kо‘k yorug‘lik diodi. Windows drayverni о‘rnatishga harakat qiladi, u «Programmnoye obespecheniye drayvera ne bilo ustanovleno» (Drayverni dasturiy ta’minoti о‘rnatilmadi) xabari bilan tugallanadi. Qurilmalar Dispecherini ochamiz. Qurilmalar tarkibidan ArduinoUno belgisini topamiz – qurilma undov belgisi bilan belgilangan. ArduinoUno belgisiga tо‘g‘rilab sichqonchaning о‘ng tugmasini bosiladi va ochilgan darchada drayverlarni yangilash (Obnovit drayveri) punktini tanlanadi sо‘ng bu kompyuterda drayverlarni qidirishni bajarilish (Vipolnit poisk drayverov) punktini tanlanadi. Drayverga yо‘lni kо‘rsatamiz – kompyuterdagi arxivni kо‘chirib yozilgan papkaning joyini. Bu Arduino ni о‘rnatish katalog papkasi drivers bо‘lsin – masalan, C:\arduino-1.0\drivers. Windows ning barcha ogohlantirishlarini inobatga olmaymiz va natijada ushbu qurilmaga dasturiy ta’minoti yangilanloyiha muvvafaqiyatli tugatildi (Obnovleniye programmnogo obespecheniya dlya dannogo ustroystva zaversheno uspeshno) xabari olinadi. Darcha sarlavhasida qurilma о‘rnatilgan SOM-port ham kо‘rsatiladi. Endi ArduinoIDE ni ishga tushirish mumkin. Arduino ni loyihalashtirish muhiti (22-chizma) quyidagilardan tashkil topgan: dasturiy kod muharriridan; xabarlar hududidan; matnni chiqarish darchasidan; kо‘p ishlatiladigan buyruqlarning tugmali asboblar panelidan; bir necha menyudan. Arduino muhitida yozilgan dastur sketch deb ataladi. Sketch matn muharririda yoziladi, u yaratilayotgan dastur kodini yoritib turuvchi rangli yoritgichga ega. Loyihani saqlash va eksport qilish vaqtida xabarlar hududida tushuntirish va xatoliklar haqida axborot paydo bо‘ladi. Matnni chiqarish darchasi Arduino xabarini kо‘rsatadi, u xatoliklar haqida tо‘liq hisobotni va boshqa axborotlarni о‘z ichiga oladi. Asboblar panelining tugmalari dasturni yozish, yaratish, ochish va sketchni saqlash, ketma-ket shinani monitoringini va nazorat qilish imkoniyatini beradi. 22-chizma. Arduino IDE muhiti Yaratilayotgan sketchga qо‘shimcha vazifalarni kutubxona yordamida qо‘shish mumkin, u maxsus jihozlangan dasturiy kod kab bо‘lib qandaydir vazifani bajaradi va yaratilayotgan loyihaga qо‘shish mumkin bо‘ladi. Maxsuslashtirilgan kutubxonalarning kо‘pi mavjud. Odatda kutubxonalarni yozishda u yoki bu masalani yechishni osonlashtirish va loyihalashtiruvchidan apparat-dasturiy joriy etilloyihaning detallari yashirilgan bо‘ladi. ArduinoIDE muhiti standart kutubxonalar tо‘plami bilan foydalanuvchiga yetkaziladi. Ular Arduino ni о‘rnatish katalogining libraries katalog ostida joylashgan bо‘ladi. Zarur bо‘lgan kutubxonalar shuningdek turli resurslardan yuklanloyiha mumkin. Agarda kutubxona tо‘g‘ri о‘rnatilgan bо‘lsa, u holda u kutubxonalarni Eskiz | Import (Eskiz | Import bibliotek) menyusida paydo bо‘ladi. Menyudan kutubxonalarni tanlash qatordagi dastlabki kodga qо‘shimcha kiritishga olib keladi tinclude Bu derektiva obyektni bayoni bо‘lgan sarlavha faylini ulaydi, endi kutubxonaning vazifasi va konstantalarini loyihada ishlatish mumkin bо‘ladi. Arduino muhiti yaratilayotgan loyihani (dasturni) kо‘rsatilgan kutubxona bilan birgalikda kompilyatsiyalaydi. Sketchni yuklashdan oldin menyuga zarur kо‘rsatgichlarni berish talab etiladi Asboblar | Plata (Tools | Board) (23-chizma) va Asboblar | Ketma-ket port (Instrumenti | Plata (Tools | Board) (23-chizma) i Instrumenti | Posledovatelniy port) (23-chizma). Arduino ning zamonaviy platformalari yuklanishdan oldin avtomatik ravishda qayta yuklanadilar. Eski platformalarda qayta yuklash tugmasini bosish kerak bо‘ladi. Kо‘pchilik platalarda yuklash jarayonida RX va TX yorug‘lik diodlari о‘chib-yonib turadi. 23-chizma. Arduino platani tanlash. Sketchni yuklashda Arduino ni (bootloader) yuklovchisi ishlatiladi – platadagi mikrokontrollerga yuklanuvchi katta bо‘lmagan dastur. U qо‘shimcha apparat vositalardan foydalanmasdan dastur kodini yuklashga imkon beradi. Yuklovchining loyihani D13 chiqloyihadagi yorug‘lik diodini о‘chib-yonloyihadan bilib olish mumkin. Ketma-ket portni monitor qilish (SerialMonitor) Arduino platformasiga jо‘natilayotgan axborotlarni aks ettiradi (USB platasini yoki ketma-ket shina platasini). Endi, biz Arduino va dasturlash muhiti bо‘lgan ArduinoIDE haqida bir oz bilim olganimiz tufayli amaliy ishlarga о‘tish – tajribalar о‘tkazloyihamiz mumkin bо‘ladi. 24-chizma. Arduino platasini ulash portini tanlash Download 102.88 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling