Texnologik jarayonlarni loyihalashning va ko'rsatkichlarining texnik-iqtisodiy prinsiplari


Download 24.01 Kb.
bet1/2
Sana25.02.2023
Hajmi24.01 Kb.
#1227984
  1   2
Bog'liq
Avtomatlashtirish Mustaqil


Texnologik jarayonlarni loyihalashning va ko'rsatkichlarining texnik-iqtisodiy prinsiplari.
Buyumni tayyorlash texnilogik jarayon (TJ) asosiga ikkita prinsip qo'yilgan - texnik va iqtisodiy. Birinchi prinsipga muvofiq loyihalanuvchi TJ ishchi chizmaning barcha talablarini va buyumni qabul qilish texnik sharoitlarini bajarishni to'liq ta'minlashi kerak. lkkinchi prinsipga muvofiq esa buyumni (detalni. mashinani) tayyorlash mehnatning minimal xarajatlari bilan olib borilishi zarur.
Buyumni tayyorlash TJ - buyumni tayyorlashga sarflanadigan vaqtning va ishlab chiqarish vositalarining eng kam sarfiga ishlab chiqarish uskunalarining texnologik imkoniyatlaridan to'liq foydalanilgan holda bajarilishini nazarda tutmoq lozim.
Bitta va shunga o'xshash detalni tayyorlash uchun texnika iqtisodiy ko'rsatkichlari, avvalambor tayyorlashga va ish unumdorligiga bo'lgan harjlari bir - biridan farq qiluvchi turlicha TJ ishlab chiqillshi mumkin. TJ loyihalashning texnologik va iqtisodiy prins1plari mashina tayyorlashning turli tomonlarini yoritadi va dialektik qarama qarshi bo'ladi. Bu qarama - qarshiliklarni hal etish turlicha bahslashuvlar biIan bir yechimga kelish va TJ ni optimallashtirish masalasini yechish hisobiga amalga oshiriladi.
Texnik prinsipga har doim rioya qilish kerak. Mahsulotni ishlab chiqarish va xarajatlari orasida tez - tez bahslashuvlar bo'lib turadi. Solishtiriluvchi TJ ning Ieng ishlab chiqaruvchilaridan eng kam (minimal) xarajatni ta'minlovchi jarayon qabul q1linadi Teng xarajatlaridan odatda unumliroq TJ tanlanadi.
Xarajatlari ham ish unumi ham Ieng bo'lganlaridan solishtiriluvchi barcha variantlarning unumdorllgi berilganlaridan (topshiriqdagidan) past bo'lmagan sharoitda eng kam (minimal) xarajatni ta'minlovchi TJ tanlanadi. Eng muhim mahsulotlarni yoki vaqtning aniq bir davrida eng zarur bo'lgan (ekstremal) sharoitda unumliroq TJ tanlanadi.
2 Agar TJ ni alohida - alohida ko'rsatk1chlarini tenglashtirish natijalari bo'yicha tanlash mumkin bo'lmasa, kompleks mezonlardan foydalaniladi. TJ tenglashtirishda kompleks mezon qo'llanilishi mumkin, ya'ni:
K = Q / Z,
bu yerda Q, Z aynan qaraluvchi TJ ning unumdorligi va xaraiatlari. Bunda afzalroq jarayon bo`lib K - max hisoblanadi.
TJ ni optimallashtirishni operatsiya miqiyosida shunday bajarish mumkinki, qachonki operatsiyani optimal tuzilishini va parametrlarini (masalan kesish rejimlarini) TJ sathida tanlaganda, shuningdek asosiy bosqichlari mazmunini, ularning tartibini va o'zaro bog'liqligini aniqlaganda.
Keyingi paytlarda optimallashtirish strukturaviy optimallashtirish xarakterini oldi.Strukturaviy optimallashtirish parametrlar bo'yicha samaraliroqligi isbot qilindi va eng (afzalroq) optimal yechimni olishga imkoniyat berdi.
Masalan, detallarni avtomatlashtirilgan uskunalarda ishlov bensh operatsiyasining samaradorligi ko'p miqdorda ishlov beruvchi uskunalar tartibining optimalligiga va o'tuvlarning ketma - ketligiga bog'liq bo'lib, kam daraiada - kesish rejimlarini optimallashtirishga bog'liq. Strukturaviy optimallashtirish parametrikka qaraganda amalga oshirish murakkab.
Optimallashtirish masalasini maqsadli funksiya sifatida yechishga buyumni berilgan sifatidan, jarayonni berilgan unumdorlig1dan, buyumni tayyorlashga bo'lgan minimal xarajatlaridan foydalanish mumkin.
Unumdorlik mezoni odatda faqat texnologiyaviy unumdorlikni o'z ichiga oladi.

bu yerda t, - o'tishga, operatsiyaga va shunga o'xshashlarga sarflangan asosiy vaqt.

Qoida bo'yicha TJ o'tishni, operatsiyani bajarishga sarflangan minimal xarajatlar asosiy iqtisodiy mezon bo'lib hisoblanib, ko'pchilik hollarda bahoning (narxning) maqsadli funksiyasi deb ataladi.Xarajatlarni minimallashtirish TJ boshqa variantlaridagi kapital mablag'larni qaytarib olish imkonini yaratib, ulardan aynan qaralayotgan TJ amalga oshirishda foydalanishga qaratiladi.


Loyihalash samaradorligi shunchalik yuqoriki, TJ ning istiqbolli varianti qanchalik avvalroq vujudga kelsa va yuqorida aytib o'tilgan mezonlar asosida noistiqbolli variantlarini ishlab chiqish tugatilsa, iqtisodiy me'zonlarning muhimligini alohida ta'kidlab o'tish lozim.
Loyihalashning istalgan bir bosqichi zagotovka tanlash, ishlov berishning yo'nalishini aniqlash, moslama tanlash, asbob va shunga o'xshash - tegishli iqtisodiy tushuntirishlar bilan olib borilishi kerak. lqtisodiy me'zon TJ ni parametrlar va strukturaviy optimallashtirishning asosi bo'lib hisoblanadi. Undan tushunib turib foydalanish loyihalash yechimlari samaradorligini sezilarli oshiradi.


Download 24.01 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
  1   2




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling