Texnologik kompleks
Download 28.17 Kb.
|
Texnologik kompleks он саволлари
“Texnologik kompleks” tushunchasiga ta’rif bering. Texnologik komplekslarni xarakterlovchi asosiy omillarni ko‘rsating? Komplekslar ishining asosiy ko‘rsatkichlarini sanab bering? Komplekslar ish faoliyati ishonchliligini ta’minlashga nimalar xizmat qiladi? Texnologik komplekslarni jamlashda nimalarni e’tiborga olish kerak? Mini komplekslar qanday afzalliklarga ega ? “Texnologik agregat” deganda nimani tushunasiz? Ishlab chiqarish sistemalari strukturasi nimalarni o‘z ichiga oladi? Fanning maqsadi va vazifalari nimalardan iborat? O‘zbekistonda kimyoviy texnologiya yo‘li bilan olinadigan mahsulotlardan qaysilarini bilasiz? Sement qayerda va qachon kashf etilgan? Sement ishlab chiqarish uchun asosiy xom ashyolar nima? Sementning hozirgi zamon qurilishidagi ahamiyatini ta’riflang? Sementning qanday turlarini bilasiz? Sementning markasi nimani bildiradi? Sement ishlab chiqarish qaysi texnologik jarayonlardan iborat? Sement ishlab chiqarishning qanday usullarini bilasiz? Quruq usulning ho‘l usulga nisbatan qanday afzalliklari va kamchiliklari mavjud? Sement olish uchun qanday xom-ashyolar ishlatiladi? Klinker kuydirish jarayonidagi kimyoviy reaksiyalarni ta’riflang. Ho‘l usulda ishlaydigan pechlarning umumiy tuzilishini ta’riflang. Ho‘l usulda ishlaydigan pechlarda nechta texnologik zona bor ? Quruq usulda ishlaydigan pechlarning umumiy tuzilishini ta’riflang. Quruq usulda ishlaydigan pechlarda nechta texnologik zona bor? Yarim quruq usulida xom ashyo qanday tayyorlanadi? Filtr-presslar nimaga xizmat qiladi? Ho‘l usulni quruq usulga o‘tkazishning eng optimal yo‘li qanday? Klinker kuydiruvchi pechlar kaysi ko‘rsatkichlar bo‘yicha tasniflanadi? Pech tanasi qaysi konstruktiv elementlardan tashkil topadi? Pech tanasi qaysi materiallardan tayyorlanadi? Bandajlarning qanday turlarini bilasiz? Tayanch va nazorat roliklar o‘rtasida qanday farq bor? Gidrotirgaklar nimaga xizmat qiladi? Pechni tayanch qurilmalari to‘g‘risida ma’lumotlar keltiring. Pech yuritmasining xizmat vazifasi va tarkibiy qismlari? Ushlangan changlarni pechga qaytarishning qanday usullarini bilasiz? Pech uchlari nima sababdan zichlanadi? Aylanuvchi pechning transport vositasi sifatidagi unumdorligi qanday hisoblanadi? Amaliyotda pechlar tanasining qiyaligi necha % bo‘ladi ? Pechni material bilan to‘ldirish koeffitsienti nimaga bog‘liq? Materialning pech tanasi bo‘ylab harakatlanish tezligi qanday topiladi ? Aylanuvchi pechning issiqlik vositasi sifatidagi unumdorligi qanday hisoblanadi? Aylanuvchi pechning quvvati qanday qarshiliklarni yengish uchun sarflanadi? Materialni ko‘tarish uchun sarflanayotgan quvvat nima ? Pech bandaji va tayanch rolik diametrlari qanday belgilanadi? Pechning umumiy vazni nimaga teng? Tayanch roliklarni o‘rnatish burchagi nimaga teng ? Aylanuvchi pech tanasini mustahkamlikka hisoblashda u qanday balka deb qabul qilinadi? Aylanuvchi pech tanasiga qanday kuchlar ta’sir qiladi? Aylanuvchi pech tanasiga ta’sir qiluvchi kuchlarning qaysilari taqsimlangan va qaysilari bir nuqtaga qo‘yilgan deb hisoblanadi? Tayanch roliklar reaksiyalari yig‘indisi nimaga teng bo‘ladi va qanday aniqlanadi? «Uch moment teoremasi» mohiyatini aytib bering? «Uch moment teoremasi» aylanuvchi pech tanasini mustahkamlikka hisoblanganda qaysi parametrlarni topishga imkon beradi? Burovchi momentlar epyurasini tasvirlang? Ko‘ndalang kesuvchi kuchlar epyurasini tasvirlang? Aylanuvchi pech bandajlari mustahkamlikka qanday hisoblanadi? Aylanuvchi pechlarda ichki issiqlik almashtirgichlar nimaga xizmat qiladi? Aylanuvchi pechning qanday ichki issiqlik almashtirgichlari mavjud ? Zanjirlar pechning qaysi qismida joylashtiriladi ? Zanjirlar qanday usullar yordamida pech tanasida mahkamlanadi ? Zanjirlar pech ichida qanday qalinlikda o‘rnatiladi ? Yakka tartibda o‘rnatiladigan issiqlik almashtirgichlarning qaysi turlarini bilasiz ? Aylanuvchi pechning qanday tashqi issiqlik almashtirgichlari mavjud va ular nimaga xizmat qiladi? Siklonsimon issiqlik almashtirgich qaysi usulda sement ishlab chiqarishda ishlatiladi ? Reaktor-dekarbonizator nimaga xizmat qiladi? Issiqlik almashtirgichlarning turlarini sanab bering. Klinkerni sovitishdan qanday maqsad ko‘zlanadi? Klinker sovitkichlar turlarini tariflang Rekuperator sovitkichning tuzilishini ifodalang Rekuperator sovitkichda klinker nima yordamida sovitiladi? Rekuperator sovitkich unumdorligi qanday hisoblanadi? Panjarali sovitkichda klinker nima yordamida sovitiladi? Panjara ustida klinker nima evaziga harakat qiladi? Panjarali sovitkich unumdorligi qanday hisoblanadi? Panjarali sovitkich yuritmasi quvvati nimaga sarflanadi? Panjarali sovitkichda bolg‘ali maydalagich nimaga xizmat qiladi? Download 28.17 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling