Texnologik mashinalar va jihozlari


Download 215.15 Kb.
bet3/6
Sana13.04.2023
Hajmi215.15 Kb.
#1349830
1   2   3   4   5   6
Bog'liq
elektrodining umumiy tasnificc

Elektrodlar turlari
Ishlatiladigan qoplamlar nihoyatda xilma-xil bo‘lgani uchun elektrodlar GOST bo‘yicha qoplamlarining tarkibiga qarab emas, balki nima payvandlanishi, chok metali hamda ana shunday turdagi elektrodlar bilan payvandlanganda hosil bo‘ladigan payvand birikmalarning mexanik xossalariga qarab turlarga bo‘linadi. Elektrodning har qaysi turiga elektrodlarning bir nechta rusumi mos keladi. Masalan, E42 turiga OMA-2, ANO-6, MEZ-04 va boshqa elektrodlar to‘g‘ri keladi. Elektrodning rusumi uning sanoat belgisi bo‘lib, odatda, o‘zak va qoplamani tavsiflaydi.
GOST 9467-75 «Konstruksion va issiqqa chidamli po‘latlarni elektr yoy yordamida payvandlashda ishlatiladigan metall elektrodlar. Elektrod turlari». Uglerodli va kam legirlangan konstruksion po‘latlarni payvandlash uchun elektrodlarning to‘qqiz turi: E42, E42A, E46, E46A, E50, E50A, E55, E60; mustahkamligi oshirilgan va yuqori bo‘lgan legirlangan konstruksion po‘latlarni payvandlash uchun besh turi: E70, E85, E100, E125, E150 ko‘zda tutilgan. Bundan tashqari, issiqqa chidamli po‘latlarni payvandlash uchun elektrodlarning to‘qqiz turi: E09M, E09MX, E09X1M, E05X2M, E09X2M1, E09X1MF, E10X1M1NFB, E10X3M1BF, E10X5MF mo‘ljallangan.
Elektrodning turi E harfi va chok metalining kafolatlanadigan mustahkamlik chegarasini 10-1MPa hisobida ko‘rsatadigan raqam bilan belgilanadi. A harfi shu elektrod bilan eritib qoplangan chok metalining plastik xossalari yuqoriligini ko‘rsatadi. Bunday elektrodlar eng ma’suliyatli choklarni payvandlashda ishlatiladi. Uglerodli va legirlangan konstruksion po‘latlarni payvandlashga mo‘jallang ko‘pchilik elektrodlarning o‘zaklarini tayyorlash uchun Sv-08 va Sv-08A rusumli simlar qo‘llanadi.
GOST 10052-75 «Alohida xossalari ko‘p legirlangan po‘latlarni yoy yordamida payvandlash ishlatiladigan elektrodlar. Elektrod turlari». Korroziyabardosh, olovbardosh va issiqbardosh po‘latlarni payvandlash uchun elektrodlarning 49 turi:
E-12X13, E-06X13N, E-10X17T, E-12X11NMF, E-04X20N9,
E-07X20N9, E-02X21N10G2, E-06X22N9, E‑08X16N8M2, E‑08X17N8M2, E-06X19N11G2M2, E-02X20N14G2M2, E‑02X19N9B, E-08X19N10G2B, E-08X20N9G2B, E‑10X17-N13S4
E‑08X19N10G2MB E-09X19N10G2M2B, E‑08X19N9-F2S2, E‑08X19N9F2G2SM, E-09X16N8GZMZF, E‑09X19N11-GZM2F, E‑07X19N11MZG2F E‑08X24N12GZST, E‑10X25-N13G2, E-12X24N14S2, E‑10X25N13G2B E‑10X28N12G2 E‑03X15N9AG4, E-10X20N9G6S, E‑28X24N16G6. E‑02X19-N15G4AM3V2,
E-02X19N18G5AM3, E‑11X15N25M6AG2, E‑09X15N25M6G2F. 27X15N35V3G2B2T, E‑04X16N35-G6M7B, E-27X15N35V3G2B2T,
E‑04X16N35-G6M7B, E‑06X25N40M7G2, E-08N60G7M7T,
E‑08X25N60-M10G2, E-02X20N60M16VZ, E‑04X10N60M24, E‑08X14-N65M15V4G2, E-10X20N70G2M2V, E‑10X20N70G2M2B2V
ko‘zda tutilgan.

Download 215.15 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling