Texnologik mashinalar va jihozlari


Download 0.9 Mb.
bet1/5
Sana16.04.2023
Hajmi0.9 Mb.
#1359330
  1   2   3   4   5
Bog'liq
Payvandlash jarayonidagi texnika xavfsizligi talablari


O’ZBEKISTON RESPUBLIKASI OLIY TA'LIM VA
INNOVATSIYALAR VAZIRLIGI


ANDIJON MASHINASOZLIK INSTITUTI
«MASHINASOZLIK TEXNOLOGIYASI» fakulteti

TEXNOLOGIK MASHINALAR VA JIHOZLARI”


Kafedrasi


SIRTQI TA’LIM
105 -20 GURUX TALABASI
QAMBAROV MANSURBEK NING

PAYVAND BIRIKMALARNI TURLARI.


KUCHLANISHLAR VA DEFORMASTIYLAR
fanidan tayorlagan


MUSTAQIL ISHI



Ta’lim soxasi: 320 000– Ishlab chiqarish va ishlov berish sohalari
Ta’lim yo’nalishi: 5320200–Texnologik mashinalar va jihozlar
(mashinasozlik va metalga ishlov berish)

Andijon-2023 y.
Payvandlash jarayonidagi texnika xavfsizligi talablari

Reja:


  1. Umumiy ma’lumot.

  2. Payvandlash usallari va klassifikatsiyasi

  3. Xulosa

  4. Foydalanilgan adabiyotlar

Turli konstruksion material bo‘laklarini atomlararo tortishish kuchlari ta’sir etadigan darajada yaqinlashtirib, yaxlit qilib biriktirish protsessi payvandlash deyiladi. Materiallarni payvandlash usuli progressiv texnologik protsesslardan biri bo‘lib, turli qalinlikdagi (5 mk dan 250 mk gacha) xilma-xil materiallarni payvandlash bilan ajralmaydigan sifatli birikmalar olishga imkon beradi. SHuning uchun bu usuldan sanoatning deyarli hamma sohalarida jumladan, kema korpuslari, gidroturbina silindrlari, avtomobil kuzovlari, metall vagonlar tayyorlashda keng foydalanilmoqda. Mamlakatimizda 1972 yilda 57 mln. t payvand konstruksiyalar tayyorlangan, bu esa prokat mahsulotining 57,1 protsentini tashkil etadi. Buning boisi shundaki, payvandlash shu kabi ishlarni bajara oladigan boshqa texnologik protsesslarga, jumladan, parchinlab quyish yo‘li bilan va bolg‘alab ishlashga qaraganda ish unumining yuqoriligi, metallning tejalishi, og‘ir sermehnat ishlarni engillashtirishi, puxta chok berishi kabi qator avzalliklarga ega.
Metallarni payvandlashning oddiy usullari odamlarga qadimdan ma’lum. O‘sha zamonlarda qoplama bolta, sovut singari turli buyumlar tayyorlaganlar, lekin payvandlanadigan joylarni qisqa vaqt ichida obdon qizdirib beradigan energiya manbaalarining yo‘qligi bu usulning rivojlanishiga asosiy to‘siq bo‘lib keladi.
SHuni qayd etish zarurki, 1802 yilda rus olimi V.V.Petrov ko‘mir va metall sterjenlardan elektr tokini o‘tkazganda hosil bo‘ladigan yuqori temperaturali elektrik yoy hodisasini o‘rganib, yoy issiqligidan metallarni suyuqlantirishda foydalanish mumkinligini ko‘satadi. Bu esa o‘z navbatida metallarni payvandlash usulining rivojlanishiga keng yo‘l ochdi. 1882 yilda rus ixtirochisi, injener N.N.Benardos ko‘mir elektrod bilan elektrik yoy yordamida metallarni payvandlash usulini ixtiro etdi. (1.1rasm; a).


Download 0.9 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
  1   2   3   4   5




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling