texnologik operatsiyalarni belgilangan ketma-ketlikda avtomatik ravishda bajarilishini va boshqaruv ob`yektiga nisbatan bo`ladigan ta`sirlarning muayyan muttasilligini ishlab chiqishdan iborat. Avtomatik boshqarish

Download 62.85 Kb.
bet2/3
Sana16.06.2023
Hajmi62.85 Kb.
#1489422
1   2   3
Bog'liq
top-2

Ikkinchi bosqich ayrim jarayonlarning kompleks avtomatlashtirilishidir. Bunda rostlash alohida shitga o`rnatilgan asboblar bo`yicha olib boriladi. Yirik o`lchamli asboblardan foydalanish bu shitning bir necha metrga cho`zilib ketishiga olib keladi va shitni nazorat qilish qiyinlashadi, avtomatlashtirishning bu davrida shitdagi asboblarning hajmini kichiklashtirish zarurati paydo bo`ladi. Bu masalani hal qilish uchun kichik o`lchamli ikkilamchi asboblar ishlatiladi.

Uchinchi bosqich (to`liq avtomatlashtirish bosqichi) agregat va sexlarni yalpisiga avtomatlashtirish bilan xarakterlanadi. Bu davrning xarakterli xususiyati shundaki, boshqarish yagona nazorat punktiga markazlashtiriladi. Shu bilan birga, mitti ikkilamchi asboblarni ishlatish ehtiyoji paydo bo`ladi. Doimiy nazoratni talab qilinadigan o`lchash va rostlash asboblari (yirik o`lchamli) shitdan tashqariga o`rnatiladi.

Har bir texnologik jarayon texnologik jarayon parametrlari deb ataluvchi o`zgaruvchan fizikaviy va kimyoviy kattaliklar (bosim, sarf, harorat, namlik, kontsentratsiya va hokazo) bilan xarakterlanadi. Texnologik apparatura jarayonning turli oqib o`tishini ta`minlashi uchun muayyan jarayonni xarakterlovchi parametrlarni berilgan qiymatda saqlashi lozim.

Qiymatini barqarorlash – yoki bir tekisda o`zgarishini ta`minlash zarur bo`lgan parametrga rostlanuvchi kattalik deb ataladi.

Rostlanuvchi kattalikning qiymatini barqarorlash yoki ma`lum qonun bo`yicha o`zgarishini amalga oshirish uchun mo`ljallangan asbob avtomatik rostlagich deyiladi.

Download 62.85 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3

Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling