Texnologik ta`lim prognostikasi fanidan 1-Maruza Mavzu: Texnologiya ta`limini tadqiq qilishning metodologik asoslari predmerining maqsad va vazifalari


Download 392.11 Kb.
bet18/69
Sana09.01.2023
Hajmi392.11 Kb.
#1085049
1   ...   14   15   16   17   18   19   20   21   ...   69
Bog'liq
TEXNOLOGIK TA`LIM PROGNOSTIKASI 2022

Nazariy darajadagi metodlar:
1) Ilmiy bilish darajadagi metodlar:
- psixologo-pedagogik va sosial adabiyotlarni analiz qilshi;
- empirik materiallarni sintez qilish;
- to'plangan materiallarni tasniflash;
- tekshirilayotgan jarayonini deduksiyalash;
- induksiyalash;
- analoglarni ko'rish;
- modellashtirish.
2) Mantiqiy analizga asoslangan metodlar:
- o'xshatishlik metodlari;
- o'ziga xosligini aniqlash metodlari;
- o'ziga xos uzviy bog'liqligi o'zgarishlarini analiz qilish metodi.
2. Tadqiqotning umumiy usullari.
Ilmiy tadqiqotni buyicha ilmiy izlanishlar borishda umumiy hisoblangan umum ilmiy usullardan ham foydalaniladi. Ularga nazariy izlanish, kuzatish, suhbat va eksperimentlarni kiritishimiz mumkin. Nazariy usul - adabiyotlardan o'rganish va tahlil qilish hamda pedagogik tajribalar asosida olib boriladigan izlanishlar kiradi. Adabiyotlar ustida ishlashda kitob va jurnallar. maqolalar va patentlar, ilmiy ishlanmalar to'plamlar va kataloglar, internet tizimidan olingan ma'lumotlardan foydalaniladi.
Kuzatish - odatda, tabiiy kuzatish orqali talabalarning fanlarni o'zlashtirishlari, ularning xulq-atvori va muomalalaridagi o'zgarishlarni hisobga olish va tegishli ta'limiy-tarbiyaviy ta'sir ko'rsatish yo'llarini belgilash uchun qo'llaniladi. Bu usul tadqiqotchining pedagogik tajribaning muayyan bir tomoni va hodisalarini biror maqsadni ko'zda tutib idrok etishni taqozo etadi. Bunda kuzatishlar tezligi va soni, kuzatish obekti, vaqti, pedagogik vaziyatlarni kuzatish uchun ajratiladigan xarakteristika va hokazolar hisobga olinadi.
Qayd qilish usuliga qarab kuzatishlar turlarga bo'linadi. Bevosita va bilvosita qayd qilish usuli tadqiqotchiga real pedagogik jarayon kuzatuvchilarning hatti-harakatlari va hokazolarni yozib qo'yish imkonini beradi. Bevosita qayd qilish usuli biror-bir hodisaning oqibatlari haqidagi hujjatli materialni boshqa shaxslar orqali yoki qandaydir asbobni qo'llash vositasida olishga imkon beradi. Ilmiy-texnika taraqqiyoti asrida kuzatishning vizual usullari xilma-xil texnika vositalari (kinofilm, videotasvir teleko'rsatuv)ni qo'llash bilan tobora ko'p qo'llanilmoqda.
Suhbat usuli - so'rashning bir turi bo'lgani holda, tadqiqotchining jiddiy tayyorgarlik ko'rishini talab etadi. chunki u tekshirayotgan shaxs bilan bevosita aloqada bo'lish vaqtida og'zaki suhbat tarzida, suhbatdoshining javoblarini yozmasdan erkin muomala formasida qo'llaniladi.
Suhbat usulida - o'qituvchilar va talabalar jamoasi bilan ota-onalar va keng jamoatchilik bilan yakka va guruhli tartibda ish olib borilganda qo'llaniladi. Suhbat usulidan farq qilib, intervyu olish usuli savollarni oldindan belgilangan izchillikda intervyu yo'li bilan bayon qilishni nazarda tutadi. Bunda javoblar magnit tasmasiga yoki kassetalarga yozib olinadi. Hozirgi kunda ommaviy so'rash nazariyasi va amaliyotida intervyu tashkil etishning ko'p usullari mavjud:
- guruhlar bilan;
- intensiv;
- sinov va h, k.
Talabalar ijodini o'rganish - ularning o'ziga xos individual tartibdagi faoliyatlariga doir omillar tahlil qilinadi, xulosalar yasaladi.

Download 392.11 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   14   15   16   17   18   19   20   21   ...   69




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling