Aksiologik yondashuvda quyidagi mezonlarga tayaniladi:
ta’lim oluvchining o‘z-o‘zini rivojlantirishga, o‘zini kasbga safarbar etishga,o‘z ishini tashkil etishga shayligi;
uning o‘z-o‘zini axloqiy jihatdan tartibga solish layoqati;
shaxsning qadriyatli-mazmunli rivojlanish darajasi va o‘z ishini tashkil etishi; ta’lim oluvchining yuqori darajadagi mustaqilligi; uning maqsadli faoliyatga kirishishga shayligi;
o‘zini, o‘z shaxsini takomillashtirib borishga qaratilgan ongli xulq-atvori; undagi
komillikka intilib borishdagi maqsad va vazifalaming barqarorligi,ularni hayotining mazmuniga aylantirishi; shaxs faoliyatining ijodiy tavsifi;
‘zini mutaxassis sifatida shakllantirib borish jarayonining samaradorligi.
Refleksiv yondashuv samarali fikrlashning muhim mexanizmi sifatida yuz berayotgan hodisani baholash, vazifalarni hal qilish usullari va operatsiyalarini izlab topish; ijodiy vazifalarni hal qilish jarayonida o‘zini-o‘zi tahlil qilish, o‘z holati hamda xatti-harakatlarim faol o ‘ylab ko'rishiga imkon beradi. Shu sababli refleksiv yondashuv o ‘z-o‘zini baholash va tashqi tomondan berilgan bahoni anglashni talab
etadi.Refleksiv yondashuv muammoli vaziyatlarni hal qilish chog‘ida etakchi faoliyat sifatida namoyon bo‘ladi. Fikrlash jarayonida hamda xulq-atvorda bajaradigan funksiyalarining xilma-xilligi hamda xulqatvornib va harakatlarni tartibga solishda o ‘ynaydigan rolning ahamiyati refleksiyani ta’lim jarayonlarining juda kerakli unsuri deb hisoblashga asos boiadi.
Refleksiv yondashuvning yana bir o ‘ziga xos jihatlaridan biri ta’lim oluvchilarning tahliliy faoliyatini tashkil etish boiib, jismoniy va (yoki) ruhiy rivojlanishida nuqsoni bor b oigan bolalar bilashga doir o ‘z faoliyatini tahlil qilish va obyektiv baholashga undash, tahliliy faoliyat jarayonidagi ijodiy yondashuvlarni qoilab-quvvatlash, obyektiv xulosalarni rag‘batlantirish va rivojlantirish, amalga oshirilgan tahlillar asosida ijodiy tafakkuming yangilanib borishini nazarda tutadi.
So‘nggi yiliarda kompetent yondashuvga alohida e’tibor qaratib kelinmoqda. Mazkur jarayon bilimlar (gnostik), ko'nikma va malakalar(faoliyatga yo‘naltirilgan komponent), shaxs xususiyatlari (shaxs komponenti)ni o ‘z ichiga qamrab oladi. Bilimlar - yangi echim ishlabchiqish uchun talab etiladigan tushuncha va tasavvurlaming bilish faoliyati mahsuli sifatida inson ongidagi tizimlangan in’ikosini;
ko‘nikmalar - shaxsning maqsadga yo'naltirilgan ijodiy faoliyatda aqliy jarayon bosqichlarini tez va toiaqonli amalga oshirish darajasini belgilaydi. Malakalar esa shaxsning ijodiy faoliyat reproduktiv bosqichlarini qisman avtomatlashgan tarzda, aqliy jarayon bosqichlarining faqat dastlabkisini anglagan holda amalga oshira olish darajasini anglatadi.
Do'stlaringiz bilan baham: |