Texnologik ta`lim prognostikasi fanidan 1-Maruza Mavzu: Texnologiya ta`limini tadqiq qilishning metodologik asoslari predmerining maqsad va vazifalari


O'zgaruvchan parametrlarni aniqlash va tahlil qilish


Download 392.11 Kb.
bet16/69
Sana09.01.2023
Hajmi392.11 Kb.
#1085049
1   ...   12   13   14   15   16   17   18   19   ...   69
Bog'liq
TEXNOLOGIK TA`LIM PROGNOSTIKASI 2022

O'zgaruvchan parametrlarni aniqlash va tahlil qilish. O'zgaruvchilar - bu tekshirilayotgan ob'ektda turli axamiyatga ega bo'lgan omillardir, o'zgaruvchilar tekshirilayotgan ob'ektning bizni qay tomondan qiziqtirayotganligi haqida axborot beradi.
Ta'limning salmog'i, rivojlanish tezligi, maktabning yutuqlari kabi murakkab o'zgaruvchilar ma'lum shkalalar asosida tartibga keltiriladi.
Muammolarni gipotezalar zanjiriga aylantirish tadqikot jarayonining kelgusi bosqichi hisoblanadi. Tadqiqotning asosiy muammosi yoki shu muammodan kelib chiquvchi savollarga tadqiqtchi dastlabki xomaki javoblar qidiradi. Izlanish davomida u yangi qo'shimcha axborotlar to'playdi va javoblar yanada rivojlanib boradi. Shunday kilib, ko'yilgan savollar gipotezalarga aylana boradi, kelgusi kidirish yo'nalishlarini belgilab beradi, boshqacha aytganda, ishchi gipotezaga aylana boradi.
Pedagogikadan olib boriladigan ilmiy tadqiqotlarning jiddiy bosqichlaridan biri tadqiqot muammosini echish bo'yicha bir yoki bir necha gipotezalarni belgilashdir. Gipoteza - bu muammoni echishning taxminiy yo'lini ilmiy tomondan tasdiklash demakdir. Tadqiqotchi qo'yilgan muammoni atroflicha, xamma o'zgaruvchilarni hisobga olgan xolda, tahlil qiladi. Gipoteza empirik jihatdan tasdiqlanmog'i darkor. Buning uchun eksperiment loyixasi tuzilib, eksperimental tadkiqotlar o'tkaziladi.
Tadqiqot texnikasini va «asbob-uskunalari»ni tanlash. Bu tadqiqotning mazkur bosqichida tadqiqot ob'ekti o'zgaruvchilarni tanlashga ko'p jihatdan bog'liqdir. Tadqiqot texnikasi atamasi yoki tadqiqot usuli yoki tadqiqot faoliyatining ketma-ketligi atamasi ishlatiladi. Ilmiy usul bu ilmiy muammoni echishda qayta-qayta ishlatiladigan usuldir. Tadqiqot texnikasi deganda, tadqiqot muammosini echish uchun ob'ekt va hodisalar haqida axborot to'plashda tez-tez kaytariladigan usul tushuniladi. Masalan, kuzatish usulida turli tadqiqot texnikasi ishlatiladi: klinik kuzatish, savol-javob, zondlash, tanlab tekshirish va xujjatlar tahlili. Bunday texnologiyadagi ishlatiluvchi «asboblar» turlicha bo'ladi. Ulardan keng tarkalganlari anketalash, psixologik yoki didaktik testlardir.
Tezkor yuz beradigan jarayonlarni qayd qilib, keyinchalik chuqur tahlil qilish uchun maxsus texnikaviy vositalar ham ishlatiladi. Bulardan fotoapparat, kinokamera, proektor, magnitofon, videomagnitofon yoki o'lchov asboblari va boshqalarni ko'rsatib o'tish mumkin.

Download 392.11 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   12   13   14   15   16   17   18   19   ...   69




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling