Texnologik ta`lim prognostikasi fanidan 1-Maruza Mavzu: Texnologiya ta`limini tadqiq qilishning metodologik asoslari predmerining maqsad va vazifalari
Kompetensiyaviy yondashuv uch jihatni o ‘zida aks ettiradi
Download 392.11 Kb.
|
TEXNOLOGIK TA`LIM PROGNOSTIKASI 2022
- Bu sahifa navigatsiya:
- Akmeologik yondashuv
- Ilmiy tadqiqotchilik faoliyatiga kompleks yondoshuvlar
Kompetensiyaviy yondashuv uch jihatni o ‘zida aks ettiradi: faoliyatga yo'naltirilgan, kommunikativ va shaxsiy. Faoliyatga yo‘naltirilgan yondashuv bilim, ijodiy faoliyat usullari va vositalarini o ‘zlashtirishni ta’minlaydi. Kommunikativ jihat muloqotni amalga oshirishga doir ko‘nikma va malakalarni rivojlantirishni ko‘zda tutadi.Shaxsiy jihat tafakkur yuritish, refleksiya, yo‘nalganlikni o ‘zida aks ettiradi.
Akmeologik yondashuv shaxsning yuqori darajada o ‘z-o‘zini anglay olish, o‘z-o‘zini namoyon eta olishi hamda o‘z-o‘zini shakllantirishiga imkon berishi bilan alohida ajralib turadi.Ma’iumki, inson shaxsi juda murakkab psixologik fenomen bo‘lib,u kishining individual hayoti davomida ma’lum konkret omillarning ta’siri ostida asta-sekin tarkib topadi. Shu bois ham, akmeologiya -ulg‘aygan shaxsning rivojlanishi va komillikka erishish jarayonini o‘rganuvchi maxsus fan hisoblanadi. Akmeologiya (grekcha “akme-cho‘qqi, yuqori pog‘ona, gurkiratuvchi kuch” rna’nolarini bildiradi) -ilmu-fanning shunday yangi tarmog‘iki, u insonni o‘z taraqqiyoti dinamikasida,takomili hamda hayot-faoliyatining turli bosqichlarida o‘zidagi eng kuchli qobiliyatlarini namoyon qilishining kompleks masalalarini o‘rganadi. Ya’ni, u shaxsni o ‘z takomili jarayonida, ana shu taraqqiyot va yuksalishning obyektiv hamda subyektiv omillari doirasida tadqiq etadi. Ilmiy tadqiqotchilik faoliyatiga kompleks yondoshuvlar Ilmiy tadqiqot ishlarini rejalashtirish va amalga oshirishda quyidagicha kompleks yondoshuvlar bo`lishi mumkin: Voqea, jarayon, hodisalarni mohiyatiga yunaltirilgan rivojlantiruvchi yondoshuv. U voqea, jarayon, hodisalarni mohiyatiga kura tadqiqotni barcha qatnashchilarini individual, guruh va jamoa bo`lib rivojlanishi, tadqiqot sub`ektining turli-tuman jabhalarini shakllantirish rusumlari asosida to`laqonli rivojlantirilishini nazarda tutadi. Bu nafaqat tadqiqot jarayonini individuallashtirilishi va tabaqalanishini - standart talablari buyicha tadqiqot natijasi hisoblanmish intelektual mahsulotni rivojlantirilgan darajasiga yunaltirishni anglatadi. Tadqiqotni tashkil etilishiga nisbatan bir tizimli yondoshuv.Tadqiqot loyihasi tizimga xos hamma belgilar: voqea, hodisa, jarayon mantig`i, ularning barcha qismlarining o`zaro bog`liqligi, yaxlitligiga ega bo`lishi kerak. Tadqiqotga nisbatan faoliyatli yondoshuv. Tadqiqot qatnishchila ri ni protsessual xususiyatlarini hosil qilish, ular faoliyatini faollash tirish va teranlashtirish hamda intensivlashtirish, tadqiqot jarayonida qatnashchilarni jamiki qobiliyatlari, intiluvchanligi va tashabuskorligini rivojlantirish yunaltirilishini nazarda tutadi. Tadqiqotga muloqotli yondoshuv. Tadqiotni olib borish jarayonida tadqiqot subektlari- qatnashchilarining psixologik yakdilligi va baham jihat harakat qilishi muhitini yaratilishi zarurligini belgilaydiki, natijada qatnashchilar tadqiqot muammosini dolzarblashtirishi va eng aktualini ajratib olishi va taqdim etishga urinishiga undaydigan ijodiy jarayon kuchayadi. Ilmiy tadqiqot faoliyatini muvaffaqiyat qozonishga yunaltiri lishi. Tadqiqotchilar erishgan yutuqlarni ilmiy tahlil asosida muntazam qayd qilib taqoslab turishi va muvofiqini saralab olish orqali ularni samarali faoliyat sari faollashtirish va rag`barlantirishdan iborat. Tad qiqot qatnashchilarining o`zlari erishgan yutuqlarini tulaqonli his etish lari tadqiqotning asosiy olib borish, oxirigacha davom etirish manbalari dan biri, tadqiqotchilarni tadqiqotga nisbatan barqaror ijodiy pozitsiya larini shakllantirish, izlanish va ilmiy o`rganishga oid faollikni kuchay tirish omilidir. Hamkorlik muhitida tadqiqotni olib borish. Tadqiqot qatnishchi larining subektiv munosabatlarida sheriklik, muammoli vaziyatlarini har qilish va erishilgan natijalarni qayd qilish borasida ularni jamoa bo`lib faoliyatni amalga oshirilishini nazarda tutadi. Muammoli tadqiqot. Tadqiqot qatnashchilarini tadqiqot mazmunini muammoli tarzda tassavur etish asosidagi faol bahamjihat harakat qilish usullaridan biri bo`lib, ana shunday tadqiqot jarayonida ob`ektiv ziddi yatlarni aniqlash, muammolarni ajratish va shakllantirish, ularni hal etish usullari va vositalarini izlash buyicha mustaqil ijodiy-ilmiylik fao liyati, shuningdek dialektik taffakurni hosil qilish va rivojlantirish, nazariy bilimlarni amaliy faoliyatda ijodiy qo`llanishi ta`minlanadi. Download 392.11 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling