1-bob. Umumiy qoidalar
Mazkur Nizomda quyidagi asosiy tushunchalardan foydalaniladi: ilmiy unvon - professor, dotsent va katta ilmiy O`zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi huzuridagi Oliy attestatsiya komissiyasi Nizomlari xodim ilmiy maqomi;
talabgor - ilmiy va pedagogik faoliyat olib borayotgan hamda ilmiy unvon olishga da`vogar shaxs;
attestatsiya - talabgorlarning malakasini tizimli ravishda aniqlash jarayoni;
attestatsiya ishi - mazkur Nizom va boshqa tegishli normativ-huquqiy hujjatlarda nazarda tutilgan talablar asosida talabgorning ilmiy unvon olishi uchun rasmiylashtirilgan hujjatlar to`plami;
ilmiy ish staji - shaxsning mehnat shartnomasi (kontrakt) asosida ilmiy xodim lavozimlarida ishlagan hamda tayanch doktarantura va doktaranturada o`qigan muddati;
pedagogik ish staji - shaxsning mehnat shartnomasi (kontrakt) asosida oliy ta`lim, kadrlar malakasini oshirish va ularni qayta tayyorlash ta`lim muassasalarida pedagog lavozimlarida ishlagan muddati;
o`quv adabiyoti - muayyan ta`lim turi, yo`nalishi yoki mutaxassisligining o`quv rejasida belgilangan fanlar bo`yicha tegishli o`quv dasturlari asosida zarur bilimlar majmuasi keltirilgan, o`zlashtirish uslublari yoritilgan (jumladan, xorijiy tarjimalari) manba;
professor - tegishli malakaviy va attestatsiya talablarini bajargan hamda professor ilmiy unvoniga ega bo`lgan shaxs;
dotsent - tegishli malakaviy va attestatsiya talablarini bajargan hamda dotsent ilmiy unvoniga ega bo`lgan shaxs;
katta ilmiy xodim - tegishli malakaviy va attestatsiya talablarini bajargan hamda katta ilmiy xodim ilmiy unvoniga ega bo`lgan shaxs;
professor, dotsent yoki katta ilmiy xodim attestati (bundan buyon matnda attestat deb yuritiladi) - O`zbekis- ton Respublikasi Vazirlar Mahkamasi huzuridagi Oliy attestatsiya komissiyasi (bundan buyon matnda OAK deb yuritiladi) Rayosati qarori bilan professor, dotsent yoki katta ilmiy xodim ilmiy unvoniga ega bo`lgan shaxslarga beriladigan davlat namunasidagi hujjat;
apellyatsiya - ilmiy unvon berish yoki ilmiy unvon berishni rad qilish yoxud undan mahrum etish yoki uni tiklash to`g`risidagi qarorlar yuzasidan berilgan shikoyat turi.
Do'stlaringiz bilan baham: |