O`zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi huzuridagi Oliy attestatsiya komissiyasi Nizomlari
stavka ilmiy faoliyat olib borib, ITM rahbari, rahbar o`rinbosari, ilmiy kotibi lavozimlaridan birida muvaffaqiyatli ishlayotgan (lavozimida ijobiy o`zgarish bo`lgan hollarda avvalgi lavozimida ishlash muddati ham e`tiborga olinadi);
g) dissertatsiya himoyasidan keyin ilmiy ishlar, jumladan ilmiy jurnallarda kamida 3 ta ilmiy maqola, shundan nufuzli xorijiy ilmiy jurnalda ilmiy maqola chop ettirgan (tibbiyot sohasidagi talabgorlar uchun 1 ta monografiya va kamida 5 ta ilmiy maqola, shundan nufuzli xorijiy ilmiy jurnallarda 1 ta ilmiy maqola chop ettirgan).
Ilmiy darajasiz shaxslarga katta ilmiy xodim ilmiy unvoni berilmaydi.
6-§. O`rindoshlik asosida ishlayotgan mutaxassislarga ilmiy unvonlar berish
Ilmiy unvonlar mazkur bobning 2-5-paragraflarida nazarda tutilgan tegishli lavozimlarda kamida 0,25 stavka o`rindoshlik yoki 240 soatdan kam bo`lmagan mehnatga soatbay haq to`lash asosida ishlayotgan iqtisodiyot tarmoqlari va ijtimoiy sohalarning yuqori malakali mutaxassislariga mazkur bobning 1-5-paragraflarida belgilangan talablarga rioya qilingan holda beriladi. Mazkur qoida asosiy ish joyi OTM va ITMda bo`lgan mutaxassislarga nisbatan tatbiq etilmaydi.
Taqdimnoma talabgorning o`rindoshlik asosida ishlayotgan ish joyidan beriladi.
3-bob. Ilmiy unvonga taqdim etish
Ilmiy unvonga taqdim etish bo`yicha masala quyidagi hollarda Kengashga kiritiladi:
dotsent va katta ilmiy xodim ilmiy unvonlariga - talabgorga ilmiy daraja berish to`g`risidagi qaror tasdiqlangan yoki talabgorning ilmiy daraja olgani to`g`risidagi diplomi nostrifikatsiya qilingan kundan e`tiboran kamida 1 yil o`tgach;
O`zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi huzuridagi Oliy attestatsiya komissiyasi Nizomlari
professor ilmiy unvoniga - talabgor dotsent yoki katta ilmiy xodim ilmiy unvonini olgan kundan e`tiboran kamida 1 yil o`tgach.
Talabgorning hujjatlari Kengashga u faoliyat olib borayotgan muassasaning tegishli tuzilmasi tomonidan ko`rib chiqish uchun taqdim etiladi.
Talabgorning hujjatlari Kengash tomonidan 2 oy ichida, mazkur Nizom 2-bobining 1-5-paragraflari talablariga asosan ko`rib chiqiladi va tegishli qaror qabul qilinadi. Ko`rib chiqish muddatini hisoblashda iyul-avgust oylari hisobga olinmaydi.
Ilmiy unvonga taqdim etish to`g`risidagi Kengash qarori yashirin ovoz berish yo`li bilan qabul qilinadi.
Kengash majlisi unda Kengash a`zolarining kamida uchdan ikki qismi ishtirok etgan taqdirda, vakolatli hisob- lanadi. Kengashning ilmiy unvonga taqdim etish to`g`risidagi qarori majlisda ishtirok etgan Kengash a`zolarining kamida uchdan ikki qismi yoqlab ovoz bersagina qabul qilingan hisoblanadi.
Talabgorning attestatsiya ishi mazkur Nizomning ilovasidagi ro`yxat bo`yicha Kengash tomonidan ilmiy unvonga taqdim etish to`g`risidagi qaror qabul qilingan kundan e`tiboran 10 kun ichida OAKga yuboriladi.
«Jilning eng yaxshi darsligi va o`quv adabiyoti muallifi» tanlovida g`olib chiqqan darslik yoki o`quv adabiyoti muallifiga ilmiy unvon berish masalasi O`zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2001 yil 6 iyuldagi 290-son «Jilning eng yaxshi darsligi va o`quv adabiyoti muallifi» tanlovi g`oliblariga ilmiy daraja va ilmiy unvon berish to`g`risida»gi qaroriga asosan ko`rib chiqiladi.
Do'stlaringiz bilan baham: |