Texnologiya fani o`qitishda modulli ta`lim texnologiyalaridan foydalanish mundarija kirish I bob. Modulli ta`lim texnologiyalarining nazariy asoslari

Modulli ta`lim va modulli dars tushunchasi

Download 36.37 Kb.
bet3/5
Sana28.12.2022
Hajmi36.37 Kb.
#1011568
1   2   3   4   5
Bog'liq
TEXNOLOGIYA FANI O`QITISHDA MODULLI TA`LIM TEXNOLOGIYALARIDAN FOYDALANISH

1.2.Modulli ta`lim va modulli dars tushunchasi
Texnologik malaka va ko‘nikmalari bilan qurollantirish. O‘quvchilarni tarbiyalash va ularni ishlab chiqarish faoliyatiga tayyorlashda texnologiya malakalari va ko‘nikmalari katta o‘ringa ega. Boshlang‘ich sinf o‘quvchilariga texnologiya ta’limini berish vazifalaridan biri ularda bir qator texnologiya malaka va ko‘nikmalarini shakllantirishdir.
Texnologiya ta’limi dasturi talablarini bajarishda, mavzuga oid bilim berishda, malaka va ko‘nikmalarni shakllantirishda o‘quvchilarga ma’lum hajmdagi politexnik bilimlar beriladi. Boshlang‘ich politexnik bilim bilan qurollantirish o‘quvchilarga predmetni yasash, ishlov berilayotgan materialning xususiyatlari, texnologik o‘ziga xosliklari, materialga qo‘lda ishlov berilganda qo‘llaniladigan asbob-moslamalarning xususiyatlari, ulardan foydalanish qoydalari haqida ma’lumot berib boriladi.
O‘quvchilarga berilayotgan politexnik bilim, amaliy ko‘nikma va malakalarga o‘rgatish ma’lum nazariy darajada amalga oshirishga imkon beruvchi zamindir.
Amaliy malaka va ko‘nikmalar bilan qurollantirish - amaliy mashg‘ulot turlarini o‘rgatish ham demakdir. Boshlang‘ich sinf o‘quvchilari bajarishi kerak bo‘ladigan amaliy ish turlari xilma-xildir, biroq texnologiya malaka va ko‘nikmalarini egallamasdanoq amaliy ish jarayonidagi materiallarni o‘lchab olish va belgilash, ularni qirqib, ishlov berish, qismlarni yelimlash, tikish, o‘rash va bog‘lash kabi yo‘llar bilan birlashtirish va mustahkamlash, detallarni yig‘ish va buyumni mantaj qilish va buyumni bezash ishlarini bajarish bir qator qiyinchiliklar tug‘diradi.
O‘quvchilardagi texnologiyaga bo‘lgan qiziqishni o‘z vaqtida aniqlash va ularga texnologiya malakalarini sevgan mashg‘ulotlarida takomillashtirishlariga yordam berish juda muhimdir.

Bunda o‘quvchilarning e’tiboriga eng oddiy buyum o‘yinchoqlarni, o‘yinlarni, o‘quv qurollarini tayyorlash, naqshlar chizib va qirqib olish, applikatsiya ishlari havola etiladi. Bundan tashqari o‘quvchilarda texnologiyaga qiziqishni uyg‘otish, texnologiya darslarida hosil qilingan bilimlarni kengaytirish va chuqurlashtirish, ko‘nikma va malakalarini mustahkamlash uchun “Mohir qo‘llar” to‘garaklarida, sinfdan tashqari ishlarni tashkil etish maqsadga muvofiqdir.

Ko‘nikma – bu kishining bilim va tajriba asosida egallangan, ma’lum harakatni ongli bajarishga bo‘lgan qobiliyatidir. Masalan: kartonni kesa bilish ko‘nikmasi, qaychini to‘g‘ri ishlata olish, harakatni aniq muvofiqlashtirish, yo‘nalish, kuch va bosimning tengligini saqlash.

Malaka – bu faoliyatdagi mashq qilishlar jarayonida yetilgan, mujassamlashgan tajribadir. Bu tez va aniq bajarish, mashq qilish tufayli tarkib topgan ko‘nikma yoki bu ma’lum miqdordagi mashq va usullar bajarilganda ko‘nikmadan sakrab o‘tish degan ma’noni anglatadi. Shunung uchun mazkur ko‘nikma agarda malakani yuzaga keltirishni nazarda tutgan mashq va usullar to‘g‘ri tuzilgan bo‘lsa u to‘g‘ri malakaga aylanishi mumkin. Biroq malakaning takommillashuv darajasi o‘qitishning turli bosqichlarida turlichadir. Uning strukturasi ham o‘zgaruvchandir. Mashqlar jarayonida o‘quvchilar bajarilayotgan harakatlar murakkablashib borgan sari, asta-sekin oddiy malakalarning murakkab malakalarga birlashuvi sodir bo‘ladi.
Texnologiya malaka va ko‘nikmalarini shakllantirish quyidagicha asosiy bosqichlardan tarkib topadi:
a) boshlang‘ich tushuncha berish;
b) texnologiya harakatlarini sinov uchun bajarish;
d) ish harakatlari natijasi;
e) yakuniy xulosa chiqarish.
Texnologiya malakalari va ko‘nikmalarini shakllantirishga mo‘ljallangan amaliy ishlar faqat vaqtga ko‘ra taqsimlanganda hamda ma’lum tizim asosida o‘tkazilgandagina ijobiy natija beradi.
Texnologiya ta`limi jarayonida o’quvchilarni mehnat tahlimi va tarbiyasiga tayyorlashda mana shu usullardan samarali foydalanilsa o’qituvchi o’quvchilarning mehnat tahlimi va tarbiyasining malaka va ko’nikmalarini egallashlariga va mehnatga tayyorlash to’g’ri tarbiyalansa, haqiqiy mehnatkash uchun zarur bo’lgan sifatlar shakllanadi.
Og’zaki bayon qilish usuli ikki xil ko’rinishda bo’lishi mumkin: 1. Monologik bayon qilish, bunda faqat o’qituvchi gapiradi, o’quvchilar esa uning nutqini idrok etib, anglab oladilar. Qo’l mehnati darslarida u tushuntirish va hikoya qilish, instruktaj ko’rinishida bo’ladi. 2. Dialogik bayon bo’lib bu o’qituvchi va o’quvchilarning o’zaro suhbatidir.
Tushuntirish va hikoya qilish Bu usulda materiallni jonli va obrazli bayon qilishdir. Bu holda yangi bilimni o’qituvchining o’zi beradi. Bahzan suhbat davomida o’quvchilarning qanchalik o’zlashtirayotganliklarini bilish maqsadida ularga savollar bilan murojaat etish maqsadga muvofiqdir. Hikoya agar bajarilgan ishlar, natural rasmlar, rasmlar, fotosuratlar va shu kabilarni ko’rsatib bajarilsa, anchagina tushunarliroq bo’ladi. Bu o’rinda tushuntirayotganda – ko’rsat va tushuntir degan qoida bajariladi. Yangi materialni bayon qilishda o’quvchilarning bir xil emasligini nazarda tutish lozim. Tushuntirishda bu o’zlashtiruvchilarga alohida ehtibor berish lozim. Hikoya qilish jarayonida ularning idroklarini faollashtirish maqsadida tushuntiralayotgan material yuzasidan ularga bir-ikkita savol berish mumkin.
Aytib o’tilgan usullar mehnat tahlimi o’qituvchilari tomonidan muvaffaqiyatli qo’llanilmoqda. Bilimlarni egallash, o’zlashtirish, amalda qo’llash va o’quvchilarni rivojlantirish faol jarayonining muvaffaqiyati asosan o’qituvchining bilimi hamda ishga ijodiy yondashishiga bog’liq. Mehnat o’qituvchisi dasturda nazarda tutilgan mehnatning barcha turlarini bir xil yaxshi bilishi kerak. Faqat ijodiy fikr yuritib ishlaydigan, o’z ishida o’qitishning turli usullari bilan birga, pedagogik texnologiyalardan va interfaol metodlardan foydalanib darslarni tashkil etgan o’qituvchigina jamiyatning maktab oldiga qo’ygan vazifalarini muvaffaqiyatli hal etishda yordam berishi mumkin.

Download 36.37 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5

Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling