Texnologiya fanida internetdan foydalanish
Download 0.6 Mb.
|
1 2
Bog'liqTEXNOLOGIYA FANIDA INTERNETDAN FOYDALANISH
- Bu sahifa navigatsiya:
- FOYDALANILGAN ADABIYOTLAR.
- Internet va ziyonet saytlari
Fanining vazifasi:
- bo‘lajak o‘qituvchilarni informatika va multimedia texnologiyalari yo’nalishi fanini ijodiy o‘qitish va o‘zlarining amaliy faoliyatlarida yangi pedagogik texnologiyalarini qo‘llash bo‘yicha bilim, ko‘nikma va malakalari bilan qurollantirish; - bo‘lajak o‘qituvchilarni ta’lim sohasini axborotlashtirishning yo‘llari va ulkan istiqbollari haqida tassavvurlarini rivojlashtirish va hamda chuqurlashtirish haqidagi bilimlar bilan qurollantirishdan iborat. Texnologiya grek tilidan (techne) tarjima qilinganda san’at, ustalik, bilish, anglash kabi ma’noloarni anglatadi. Jarayon deganda oldimizga qo‘yilgan maqsadga erishish uchun bajariladigan harakatlarning yig‘indisi tushuniladi. Jarayon inson tomonidan tanlangan turli vosita va usullar yig‘indisidan tashkil topgan strategiyani tadbiq etilishi bilan ifodalanadi. Axborot texnologiyalari deb — biror obyekt holati haqidagi yangi, sifatli axborotga ega bo‘lish uchun, birlamchi axborotni yig‘ish,qayta ishlash va uzatish vositalari yig‘indisidan foydalanish jarayoniga aytiladi. Itologiya predmeti – axborot texnologiyalari (AT), shuningdek ularni yaratish va qo‘llash bilan bog‘liq bo‘lgan jarayonlardir. Yangi axborot texnologiyalar tushunchasida esa, har xil vositalar, jumladan telefon, telegraf, telekommunikatsiya, faks va boshqalar yordamida ma’lumotlar uzatuvchi kommunikatsiya texnologiyalar tushuniladi. Yangi axborot texnologiyalari deb — foydalanuvchining interfeyslar orqali kompyuter va telekommunikatsiya vositalaridan foydalanish texnologiyasiga aytiladi. Axborot texnologiyasi jamiyatning axborot resurslaridan foydalanish jarayonining eng muhim tarkibiy qismi hisoblanadi. Hozirgi vaqtga kelib u bir nechta evolyutsiya bosqichlaridan o‘tdi, bu bosqichlarning almashinishi asosan ilmiy-texnika taraqqiyotining rivojlanishi, axborotni qayta ishlashning yangi texnik vositalari paydo bo‘lishi bilan belgilanadi. Shaxsiy kompyuter zamonaviy jamiyatda axborotni qayta ishlash texnologiyasining asosiy texnik vositasi bo‘lib xizmat qiladi, u texnologik jarayonlarni qurish va foydalanish konsepsiyasiga ham, natijali axborot sifatiga ham jiddiy ta’sir o‘tkazdi. Axborot sohasiga shaxsiy kompyuterni joriy etish va aloqaning telekommunikatsiya vositalari qo‘llanishi axborot texnologiyalarining rivojlanishida yangi bosqichni belgilab berdi va oqibatda «yangi», «kompyuter» yoki «zamonaviy» sinonimlaridan birini qo‘shish hisobiga uning nomini ham o‘zgartirdi. «Yangi» sifati bu texnologiyaning evolyutsion harakterini emas, balki novatorlik harakterini ta’kidlaydi. Uni joriy etish shu ma’noda novatorlik hisoblanadiki, u tashkilotlarda faoliyatning xilma-xil turlari mazmunini sezilarli darajada o‘zgartiradi. Yangi axborot texnologiyasi tushunchasiga kommunikatsiya texnologiyalari ham kiritilgan, ular axborotni turli vositalar bilan, xususan telefon, telegraf, telekommunikatsiyalar, faks va boshqalar orqali uzatishni ta’minlaydi.O‘qituvchining pedagogik faoliyatidagi eng muhim funksiyalaridan biri tashxisdir. O‘quvchini bilish metodikasini egallash o‘qituvchining kasbiy mahorati asosini tashkil etadi. O‘qituvchi tomonidan bu funksiyani yuqori metodik darajada egallanishi o‘quvchilarni xususiyat va sifat ko‘rsatkichlarini to‘liq o‘rganishga imkon yaratadi. Shu bilan birga pedagogik amaliyotni loyihalash va uni amalga oshirish uchun o‘qituvchi kasb-hunar kollejida o‘tiladigan mashg‘ulotlar turini yaxshi o‘zlashtirib olgan bo‘lishi lozim. Bularning hammasi o‘qituvchiga pedagogik faoliyatni talab darajasida amalga oshirishga yordam beradi.O‘rganish jarayonini iloji boricha o‘quvchilarga qaratish uchun o‘rganish predmeti o‘quvchilar ehtiyojlari bilan bog‘liq bo‘lishi kerak. O‘quvchini o‘rganishda qiziqtirish uchun o‘zlashtirish bo‘yicha natijalari to‘g‘risida xabardor qilib borilsa va shaxsiy maqsadlar bilan moslashtirilsa, ularda qiziqish oshib boradi. O‘quvchining o‘quv predmeti bilan faol tarzda shug‘ullanishi yuzaga kelganda o‘quv jarayoni samarali rivojlanadi, chunki o‘quvchida birlamchi va ikkilamchi motivlar yuzaga keladi. O‘quvchining o‘zlashtirishda erishgan natijalariga mos maqtov va tan olish so‘zlarini aytish uning qiziqishini uyg‘otishda ijobiy ta’sirga ega. Bu holat ularda o‘z kuchlariga ishonishlarini va o‘zlariga qo‘yilgan talab darajalarini yuksaltiradi. Maxsus fanlarni o‘qitish jarayonida turli qiyinchiliklar yuzaga kelishi mumkin. Masalan, o‘quvchining dastlabki bilimlari yetarli emasligi, qiziqishi yo‘qligi, muammolarniyechish murakkabligi yoki topshiriqning qiyinligi bo‘lishi mumkin. Bu qiyinchiliklarni o‘quv maqsadiga qaratilgan yordamchi o‘quv usullari orqali bartaraf etish mumkin. Bularga quyidagilar kiradi: - o‘quv qiyinchiliklarini yengishga qaratilgan yordamlar; - yechimini topishga qaratilgan yordamlar; - ishlash va amalga oshirishga qaratilgan yordamlar; - takrorlash va mashqlar qilishga qaratilgan yordamlar; - o‘zlashtirilgan bilimlarni beri shva yangi vaziyatlarda qo‘llashga qaratilgan yordamlar. O‘quv materialining tuzilmasi qancha yaxshi tuzilgan hamda u qancha qonuniyatlarni o‘z ichiga olgan bo‘lsa, bilimlar shuncha yaxshi eslab qolinadi.O‘qitish jarayonini ko‘rgazmali tashkil etish zarur ham eshitish, ham ko‘rsatish orqali o‘quv materiallarini idrok qilish, ularni ongli va puxta o‘zlashtirish, bilimlarni turmushdagi zaruriyatini anglab yetishlariga asos soladi, diqqatni barqarorlashtiradi. Shuning uchun ko‘rgazmali materiallar o‘rganilayotgan mavzuning mazyuniga mos kelishi, o‘quvchi-talabaning yoshi va bilim darajasiga muvofiqlashgan bo‘lishi, hamda ulardan foydalanishning samarali yo‘l va vositalarini qo‘llash va ishlab chiqish lozim. Ko‘rsatmali materiallar o‘quv predmetlarining xarakteri va mazmuniga qarab turli-tuman bo‘lishi mumkin. Jumladan: a) buyum va narsalarni asli tabiiy holda ko‘rsatish (o‘simliklar, hayvonlar, gerbariy va kolleksiyalar, laboratoriya mashg‘ulotlariga namoyishlar, ekskursiyalar chog‘ida ko‘rsatiladigan buyum, narsalar). b) tasviriy ko‘rsatmali materiallarni namoyish qilish (rasmlar, fotosuratlar, diafilmlar va diapozitivlar, kinofilmlar va boshqalar). v) narsa va buyumlarni shartli belgilar orqali ko‘rsatish (o‘quv xaritalari, sxema, jadval va maketlar). g) ovozli ko‘rsatmali materiallar (gramplastinka, magnitofondagi yozuvlar, ovozli kinofilmlar). Bilimlar turli yo‘l vositalari orqali puxta o‘zlashtirilgandagina, u mustahkam esda qoladi, bu esa o‘quv materiallarni ongli o‘zlashtirishga, nazariya bilan amaliyotni bog‘lashga, ko‘rsatmalilikka amal qilishga va bilimlarni takrorlash orqali mustahkamlashga bog‘liqdir. Ta’limning bosh maqsadi esa bilishlarni sistemali va puxta o‘zlashtirishdir. Ta’lim jarayonidaga muvaffaqiyatlarga faqat bilim berishda o‘quvchi-talabaning o‘ziga xos shaxsiy xususiyatlarini xisobga olganda erishish mumkin.Shuning uchun o‘qituvchida bolalar psixologayasidan tegishli bilimlar yetarli bo‘lishi lozim. Dars jarayonida shu sinf o‘quvchilariga tegishli umumiy xususiyatlarni va har qaysi o‘quvchiga tegishli xususiyatlar ta’limning har bir bosqichida e’tiborga olinishi darkor. Bunga erishish uchun o‘qituvchi o‘quvchilarni kuzatishi va ularning ruxiy olamini o‘rganshpi lozim. Faqat shundagina o‘quvchidagi kamchiliklarning kelib chiqishi sabablari aniqlanadi va ularni bartaraf qilish uchun izlanishlar olib boriladi. Pedagogik texnologiya - o‘quv jarayonini texnologiyalashtirishni butunligicha aniqlovchi tizimli kategoriya. Texnologiyalarni barcha, boshqa tushunchalarini belgilash uchun, sinonim sifatida - ta’lim texnologiyasi, o‘qitish texnologiyasi kabilarni ishlatish mumkin. Bugungi kunda axborot texnologiyalari jamiyatimiz rivojlanishiga ta’sir etuvchi eng muhim omillardan biri hisoblanadi. Axborot texnologiyalari insoniyat taraqqiyotining turli bosqichlarida ham mavjud bo‘lgan. Hozirgi zamon axborotlashgan jamiyatning o‘ziga xos xususiyati shundaki, axborot texnologiyalari barcha mavjud texnologiyalar, xususan yangi texnologiyalar orasida yetakchi o‘rinni egallamoqda. Axborot texnologiyasi va texnik vositalar samarasini belgilaydigan didaktik materiallardan keng foydalanish zamonaviy pedagogik texnologiyalarning asosiy belgilaridan biridir. Milliy dasturda ta’lim-tarbiya jarayonini boshqarishning bu muhim vositasiga alohida urg‘u berilgan. Hozirda barcha ta’lim muassasalari zamonaviy kompyuter va telekommunikatsiya texnologiyalari bilan jihozlanmoqda. Ta’lim mazmuni va sifati masalalari jamiyatda ustuvor yo‘nalish sifatida ko‘rilmoqda. Ta’limni rivojlantirish, uning samaradorligini oshirish yo‘llari izlanmoqda, ta’limda yangi axborot texnologiyalarning joriy etish masalasi ommalashmoqda. Bu esa, pedagoglarning o‘z mehnati faoliyatiga yangicha yondashuvini talab etadi. O‘quv jarayonida yangi texnologiyalarning joriy etilishi, o‘qituvchini texnikaviy vositalar tomonidan siqib chiqarishga emas, balki o‘qituvchining vazifalari va rolini o‘zgartiradi. Hozirgikundabutundunyoyangiliklaridanvadunyodabo‘layotganvoqealardanInternettarmog‘iorqalima’lumotolishmumkin. Bundantashqariinternettarmog‘idankeraklima’lumotlarniolishvaqaytaishlashmumkin. Bugungikundainternettarmog‘iishlabchiqarishningbarchasohalarigao‘zta’sirinio‘tkazmoqdajumladan, ta’limjarayonigaxam. Internettarmog‘igajoylashtirilayotganaudeovavideokurslarnisonikundan-kungaortibbormoqda. Ushbuvideokurslarningaksariyatimilliyo‘zbektilidayaratilayotganliginiko‘rishimizmumkin. Videoso‘zilotinchavideoso‘zidanolinganbo‘lib – ko‘ryapman, qarayapmanma’nosinianglatadi. Hozirgi vaqtda ta’lim tizimida video ma’lumotlardan foydalanish keng ko‘lamda qo‘llanmoqda. Insonda ko‘rish hissiyoti eshitish hissiyotidan yuqori turadi. Shuning uchun video ma’lumotlar eng ko‘rgazmalili ma’lumot hisoblanadi. Audio so‘zi lotincha audio so‘zidan olingan bo‘lib – eshitaman ma’nosini bildiradi. Ushbu formatdagi ma’lumotlardan o‘quv jarayonida foydalanish ancha ilgari, ya’ni audio yozuvlar paydo bo‘lgan vaqtdan boshlangan. Audio ma’lumotlardan foydalanish ayniqsa chet tillarini, amaliy dasturlarni ishlashini o‘rganishda juda qulay va yuqori samara berishi mumkin. Internet tarmog‘i rivojlanishi bilan video va audio materiallardan o‘quv jarayonida foydalanishning qulay imkoniyatlari vujudga keldi. Internet tarmoqlarida video va audio materiallarni saqlash uchun maxsus serverlar mavjud. Masalan, Youtube – bu video almashish uchun veb-sayt, bu saytda tashrif buyuruvchilar videoni yuklash va jo‘natish, tomosha qilishlari mumkin. Youtube saytida turli mavzularda yetarli darajadagi video ma’lumotlar to‘plangan. Mazkur saytda ma’lumotlar avi, yoki flv formatlarida saqlanadi. Flv formatidagi fayllar ixcham va uni yuklash uchun ko‘plab internet resurslari talab etilmaydi. Videolavhalarni ko‘rish uchun quyidagi tartibdagi texnologiyalar zarur . Videolavhalarniko‘rishuchunumumiytexnologiyalar. Umumanolgandayaratilgansaytniinternettarmog‘idajoylashtirishuchunservergayuboriladi. Internetoperatorlarining (provayder) serverlaridasaytlarnisaqlashxizmati – xostingxizmatiko‘rsatishdeyiladi. Turliyo‘nalishdagiturlimazmundagisaytlarsingarivideovaaudioma’lumotlarhamserverlardasaqlanadi. Internet tarmog‘ida o‘qitish uchun mo‘ljallangan portallardan biri ZiyoNET portalidir. ZiyoNET jamoat ta’lim tarmog‘i 2005-yilda tashkil topgan. ZiyoNET tarmog‘ining asosiy maqsadi ta’lim tizimida respublika yoshlari hamda ta’lim oluvchilarning bilim olish jarayonida axborot-kommunikatsiya xizmatlarini tadbiq etishdir. * ZiyoNET tarmog‘i Resurs markazining asosiy vazifalari quyidagilardan iborat: Ta’lim muassasalarini ulash monitoringi; * Veb-texnologiyalar orqali axborot resurslardan keng qamrovda va xavfsiz foydalanish; * Axborot-ta’lim resurslarini birlashtiradigan texnologik maydonchani tuzish va rivojlantirish. BugungikundaInternettarmog‘idano‘quvjarayonidaauditoriyadanto‘g‘ridan-to‘g‘rifoydalanishyo‘lgaqo‘yilgan. Buninguchunmultimedialisinflarningtashkiletilishimisolidako‘rishmumkin. Internettarmog‘iningxizmatturlariortibbormoqda. BundayxizmatturlaridanbiriVeb-forumlardir. Veb-forum - veb-sayttashrifbuyuruvchilariningo‘zaromuloqotinitashkiletishuchunmo‘ljallanganvebsaytsahifalarivauskunalarimajmui. Qisqachaaytganda, forumbuveb-saytningtashrifbuyuruvchilarimuloqoto‘rnatadiganmaydonchasi. Bundaixtiyoriyfoydalanuvchiforumvebsaytigatashrifbuyurib, o‘ziniqiziqtirganmavzunio‘rtagatashlashivaveb-saytningboshqatashrifbuyuruvchilaribilanmuhokamaqilishlarimumkin. Internetorqalio‘zaromuloqotdegandaikkiyokiundanortiqfoydalanuvchilarningbirvaqtnio‘zida, bir-birlaribilaninternettarmog‘iorqalialoqao‘rnatilishitushuniladi. Bundaymuloqotjarayonidafoydalanuvchilarningjoylashuvo‘rniahamiyatgaegaemas, ya’nifoydalanuvchilarqaerdabo‘lishlaridanqat’iynazarInternettarmog‘iorqalimuloqoto‘rnataoladilar. Bundayso‘zlashuvlarniamalgaoshirishuchunmaxsusdasturlarbo‘lishitalabqilinadi. BundaydasturlargaSkayp, MeylAgent, GoogleTalk, ICQdasturlarikiradi. Internetorqaliso‘zlashuvjarayonidamikrofonvaeshitishqurilmasinikompyutergaulabkeltirilgandasturlaryordamidafoydalanuvchilarso‘zlashibmuloqotqilishlarimumkin. BundaInternetorqalimuloqotjarayonifoynalanuvchigatezkorligi, arzonligixamdasifatliligibilanqulayliklaryaratibberadi. Internetorqalivideomuloqotdegandafoydalanuvchilarbirbirlarinikompyuterekranida (on-layntarzda) ko‘ribturadilar, ya’nifoydalanuvchilarningharakatlitasvirlaribir-birlarigauzatiladi. Buvideoaloqaniamalgaoshiribberuvchiqurilmavebkameradebnomlanadi. Internetorqalivideomuloqotjarayonidamuloqotdaqatnashayotganbarchafoydalanuvchilarbirbirininggapinieshitibginaqolmay, balkibir-birlariniko‘ribhamturishadi. Vebkameravauningahamiyati. Vebkameraalohidaqurilmabo‘lib, ukompyutervositasigaulanadivaInternettarmog‘iorqalimuloqotlardaishlatiladi. VebkameradanfoydalanishvauorqalimuloqotqilishuchunInternettarmog‘iulanganbo‘lishihamdaharbirfoydalanuvchikompyuteridavebkameraqurilmasio‘rnatilganbo‘lishishart Vebkamera. Veb kamera foydalanuvchilarga juda ham ko‘p qulayliklarni yaratib beradi, ya’ni suhbat jarayonida foydalanuvchilar qaerda joylashganligidan qat’iy nazar bir-birlarini ko‘rib turadilar. Internet tarmog‘i orqali video muloqotlar Skaype, Meyl Agent, Google Talk, ICQ dasturlari orqali amalga oshiriladi. XULOSA Zamonaviy o‘qituvchi–kelajak bunyodkori, yangi pedagogik texnologiyalari, nazariyalar, konsepsiyalarning muallifi, ishlab chiqaruvchisi, tadqiqotchisi, foydalanuvchisi va targ‘ibotchisidir. Zamonaviy o‘qituvchi tomonidan o‘quv jarayonining tashkil etilishi jarayonida dars mazmunidagi asosiy ma’lumotlar va o‘quv materiali shunday taqdim etilishi kerakki, u talabaning vizual idrok qilish qobiliyatini osonlashtirsin. Jamiyatni axborotlashtirish deganda inson faoliyatining barcha ijtimoiy ahamiyatga ega bo’lgan sohalarida boyitilgan bilimlar, ishonchli axborotlar bilan to‘liq, va o’z vaqtida foydalanishni ta’minlashga qaratilgan kompleks chora-tadbirlarni hamma joylarda tatbiq, etish tushuniladi. Bundan shu narsa nazarda tutilmoqdaki, zamonaviy axborot tizimlari va texnologiyalarini hamma joyga tadbiq, etish qabul qilinajak qarorlar samarasini oshiradi. Bu faqat milliy iqtisod rivojlanishining iqtisodiy ko‘rsatkichlari o‘sishinigina emas, balki ayni paytda ishlab chiqarishni rivojlantirish, yangi ish joylarini tashkil etish, aholining turmush darajasini oshirish, atrof-muhitni muhofaza qilishga yo’naltirilgan fundamental va amaliy fanlarda sifatli ilmiy yutuqlarga erishishni ham ta’minlaydi.Ta’lim tizimini islox qilishning muhim yo’nalishlaridan biri axborot va telekomunikatsiya texologiyalari bilan ta’lim jarayonini integratsiyalash va uni boshqarish xisoblanadi.Bunda axborot ta’lim portallarining yaratilishi axborotlarni mantiqiy tartiblash va boshqarishga yordam beradi.Kitobda elektron o’quv metodik majmualar ularni yaratishga bo’lgan talablar yoritilgan. FOYDALANILGAN ADABIYOTLAR. Karimov I.Yuksak manaviyat –yengilmas kuch,Toshkent; Manaviyat ,2008 Karimov I.A. Bu bayram – barchamizniki, butun xalqimizniki. O’zbekiston Respublikasi mustaqilligining 16 yilligiga bag’ishlangan tantanali marosimdagi tabrik so’zi. «Xalq so’zi», 2007 yil 1 sentyabr. O’zbekiston Respublikasi Prezidentining Farmoni. «Yosh oilalarni moddiy va ma’naviy qo’llab-quvvatlashga doir qo’shimcha chora-tadbirlar to’g’risida». «Xalq so’zi» gaz., 2007 yil 19 may. Karimov I.A. O’zbek xalqining islom madaniyati rivojiga qo’shgan beqiyos hissasining yuksak e’tirofi. Prezident I.Karimovning «Turkiston – press» nodavlat axborot agentligi muhbiriga bergan intervyusi. «Xalq so’zi» gaz. 2007 yil 23 fevral. Karimov I.A. Mamlakatimiz taraqqiyotining qonuniy asoslarini mustah-kamlash faoliyatimiz mezoni bo’lishi darkor. «Xalq so’zi» gaz. 2006 yil 25 fevral. Aripov M., Haydarov A. “Informatika asoslari” Akademik litsey va kasb-hunar kollejlari uchun o’quv qo’llanma. Toshkent “O’zbekiston” 2002. Sattorov A. “Informatika va axborot texnologiyalari” Akademik litsey va kasb-hunar kollejlari uchun darslik. Toshkent “O’zbekiston” 2003. Abduqodirov A.A., Haytov A.G’., Shodiev R.R.”Axborot texnologiyalari”Akademik litsey va kasb-hunar kollejlari uchun o’quv qo’llanma. Toshkent “O’zbekiston” 2002. Axmedov A.V., Taylaqov N.I. “Informatika” Akademik litsey va kasb-hunar kollejlari uchun darslik. Toshkent “O’zbekiston” 2002. Internet va ziyonet saytlari http://www.intuit.uz. http://www.ref.uz http://www.pedagog.uz http://www.tuit.uz http://ziyonet.uz www.referat.ru Download 0.6 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
1 2
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling