Texnologiya fanining tarbiyadagi o’rni nimadan iboratligini aniqlash reja: Boshlang’ich sinflarda mehnat ta’limi


Mehnat tahlimi jarayonning o’sishiga tahsiri


Download 46.96 Kb.
bet4/8
Sana18.06.2023
Hajmi46.96 Kb.
#1588337
1   2   3   4   5   6   7   8
Bog'liq
Texnologiya fanining tarbiyadagi o’rni nimadan iboratligini aniq

Mehnat tahlimi jarayonning o’sishiga tahsiri. Mehnat tahlimi vazifalari haqida gapirilganda, o’quvchilarda mehnatsevarlik, mashuliyat, intizomlilik, burch hissi, jamoatchilik hissini tarbiyalashni tilga olmaslik mumkin emas. SHu bilan birgalikda mehnat odamlar tirikchiligining moddiy va mahnaviy tahminotining vositasi, jamiyat taraqqiyotining eng muhim omilidir. Bolalarni aqliy o’stirishda ham mehnat tahlimining roli ko’p qirralidir. Mehnat o’quvchilarning bilim olishiga intilishlarini qo’zg’atuvchi vositagina emas, balki uning manbai hamdir. Mehnat tahlimi jarayonida o’quvchilarni aqliy o’stirishda jismoniy va aqliy mehnatni almashtirib turish muhim ahamiyatga egadir. Biroq har qanday mehnat ham aqliy o’sishga yordam bermasligini unutmasligimiz kerak.
Mehnat eng muhim iroda va axloqiy sifatlarning rivojlanishiga yordam beradi. Mehnat tahlimida mehnatga psixologik tayyorgarlik, mehnat faoliyatining to’g’ri motivlari tarbiyalanadi, shaxsning har bir ongli mehnatkash uchun zarur bo’lgan sifatlari shakllanadi.
Darslarning jihozlanganligi o’z mehnati uchun shaxsiy mahsuliyatni, mehnat madaniyatini tarbiyalashda katta ahamiyatga egadir. Agarda bolalar yomon jihozlangan sinfda, qupol, og’ir va yoshlariga nomunosib asboblar bilan shug’ullansalar ish natijalari ko’ngildagidek bo’lmaydi.
Agarda bola har bir qadamda tartiblilikka, aniqlikka rioya qilish lozimligiga ishonch hosil qilinmasa, bolalarni mehnatga muhabbat ruhida tarbiyalashda muvaffaqiyatga erishish haqida gapirish qiyin.
Mehnat malakalari madaniyati u yoki bu mehnat jarayonida belgilangan tartibga va harakat izchilligiga rioya qilish kerakligini muntazam tushuntirib borish bilan birga bo’ladigan ko’p mashq qilishlar natijasida tarkib topadi. O’quvchilar o’rtasida yo’lga qo’yilgan o’zaro yordam esa, ularda do’stlik, birodarlik, umumlashish, jamoatchilik kabi fazilatlarni tarbiyalaydi.
Tarbiya – ma’naviy manbalar va xozirgi zamon talablari va ehtiyojlarini nazarda tutgan xolda, o‘kituvchining o‘kuvchi bilan anik bir maksadga karatilgan o‘zaro amaliy va nazariy mulokotidir.
Biror bir maksadga karatilgan tarbiya jarayonining moxiyati va vazifalari tarbiyachi tomonidan rejalashtiriladi va tartibga solinadi:
A) Talabaning kaysi hislatini shakllantirish yoki yo‘kotish maksadida rejalashtiriladi.
B) Shu hislatlarni tarbiyalash yoki yo‘kotish uchun xizmat kiluvchi manbalarni izlab topiladi.
V) Belgilangan maksad uchun xizmat kiladigan nazariy va amaliy manbalarni kaysisini va kayerda ishlashni rejalashtiriladi.
Bunday rejaga solinib olib borilgan tarbiya moxiyatini ta’lim-tarbiya tizimi, jamiyat va insonlarning intellektual va jismoniy faoliyati tashkil kiladi.
Tarbiya jarayonining jamiyat tarakkiyotidagi roli nixoyatda bekiyosdir. Insonni tarbiyalash, uni bilim olishga, mexnat kilishga undash va bu xatti-harakatini sekin-asta ko‘nikmaga aylantirib borish lozim. Insonning mushoxada kilish kobiliyatini tarbiyalaydi va mushoxada kilish aklni peshlaydi. Akl ongni saklaydi. Ong esa moddiy va ma’naviy manbaga aylanadi. Shu tarzda inson asta-sekin takomillashib, komillikka erishib boradi. Ammo buning uchun tarbiyachi va tarbiyalanuvchidan uzok davom etadigan mas’uliyat, sharafli mexnat va kunt, irodani talab etadi. Buning uchun bolalarning yosh xususiyatlarini hisobga olish zarur. Ma’naviy, insoniy sifatlarning shakllanishida oiladagi, atrofdagi, jamiyatdagi muxit va bolalarga bo‘lgan munosabat muxim rol o‘ynaydi. Ota-onalarimiz va atrofdagilarning bir-birlariga bo‘lgan munosabatlarini ko‘rgan bola shunga karab shakllana boradi. Ular avval kattalarga taklid kiladilar. So‘ng sekin-asta kilayotgan ishlarining moxiyatini anglaydilar. Bolalarni to‘gri tarbiyalashda ota-onaning ongi, ma’naviyati, bilimi, tarbiyalanganligi muxim ahamiyatga ega.
Anik bir maksadga karatilgan tarbiyaning samaradorligi tarbiyachining kanday metoddan foydalanishiga boglik.
Metod – yunoncha atama bo‘lib – aynan nimagadir yo‘l, usul orkali maksadga erishish yo‘lini bildiradi. Metod, ya’ni usul axborotni uzatish va kabul kilish harakteriga karab:
1. So‘z orkali ifodalash usuli.
2. Ko‘rgazmalilik usuli.
3. Amaliy, namuna usuli.
4. Ragbatlantirish va jazo usuli.
Yukoridagi metodlar (usullar) o‘z navbatida kuyidagi guruxchalarga bo‘linadi:
Birinchi gurux - so‘z orkali uzatish, maslaxat berish, ma’lumotlarni eshitish orkali kabul kilish, xikoya, ma’ruza, suxbat va boshka usullarga;
Ikkinchi gurux - kinofilmlar, tasviriy san’at, badiiy san’at va boshka ko‘rish orkali tarbiyalash usullariga;
Uchinchi gurux - tarbiya ma’lumotlarini amaliy mexnat harakatlari orkali berish. o‘rnak ko‘rsatish, boshkalarni amaliy mexnatini misol kilib ko‘rsatish;
To‘rtinchi gurux - o‘kuvchi-talabalarning yaxshi bajargan ishlarini, o‘rtoklari oldida yoki ota-onalar majlisida ma’kullash, minnatdorchilik bildirish, iktisodiy yordam, stipendiyalarini oshirish, maktov yorliklari topshirish. Suratlarini xurmat taxtachasiga yopishtirish va boshka ogzaki, ”raxmat”, ”barakalla” kabi ragbatlantirish usullarini kiritish mumkin.
Tarbiyachining ragbatlantirish usuli ikkiga bo‘linadi:
1. Siz buyurgan ishga burch va mas’uliyat bilan yondashganligini ragbatlantirish.
2. Siz buyurgan ishga kizikishini va uni uddalay olganligini ragbatlantirish.
Masalan: Bugun ishdan kech kaytishingizni aytib, farzandingizga ish buyurdingiz. Farzandingiz siz buyurgan ishni bajarib ko‘ydi. U siz buyurgan ishga burch va mas’uliyat bilan yondoshdi. Siz farzandingizdagi bu ijobiy o‘zgarishga befarq bo‘lmay, kolgan farzandlaringizga bo‘lgan mexringizni suiste’mol kilmagan xolda, uni suyib, yelkalariga kokib,yoki peshonasidan o‘pib ko‘yingki, bu harakatingiz kolgan farzandlaringizni ham tarbiyalasin. Ularni mustakil yumush kilishga undasin. Bu xolatdan keyin farzandlaringiz o‘zini sizga nixoyatda kerakligini sezadi. Oilaga yordami tekkanligidan mamnun. o‘zida yo‘k xursand, o‘zini katta bo‘lib borayotganligini his etib boradi. Siz esa ana shu begubor, mexrli ragbatlantirishingiz orkali unda mexnatga kizikish va uni uddalay olish kobiliyatiga ishonch hosil kildingiz.
Jazo – bu bolaning noto‘gri kilgan ishiga o‘zini ikror kildirish.
Agar bola siz ogoxlantirmasingizdan yoki tushuntirmasingizdan oldin o‘z xatosini tushungan bo‘lsa-yu, sizga kilgan xatosini aytolmay izza chekib turgan bo‘lsa, uni jazolashga zarurat yo‘k. Endi bu xatoni kaytarmayman, degan ma’noda sizga karayapti. Siz unga yana bir marta imkoniyat bering. Ammo keyingi gal ham xato kilsa va uni tan olmasa, unday xollarda kuyidagi jazo turlari ko‘llaniladi.
1. Tushuntirish.
2. Tanbex berish.
3. Ogoxlantirish.
4. Kattik ogoxlantirish.
5. Uyaltirish.
Yukoridagi jazo turlarini o‘kituvchi o‘kuvchiga yuzma-yuz xech kimning guvohisiz ko‘llaydi. Ammo gruppadosh o‘rtoklari yoki sinfdoshlari oldida izza kilay deb bolani uyaltirsa, yomon okibatlarga olib kelishi mumkin.
Uyat – bu insonning eng nozik sezgisi bo‘lib, o‘kuvchini o‘rtoklari yoki kollektiv orasida izza kilish (uyaltirish) eng yukori jazo hisoblanadi.
O‘kuvchini jamoa orasida izza kilishni eng oxirgi chorasiz kolganda ko‘llash mumkin. Eng ma’kuli o‘kuvchi bilan yuzma-yuz mexrli oxangda, unga ishonch bildirib, kaltis yo‘ldan kaytarish mumkin.

Download 46.96 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling