Texnologiya ta’limini elektron ta’lim resurslarini
Download 1.69 Mb. Pdf ko'rish
|
Абдусаломова Ноилабону
- Bu sahifa navigatsiya:
- 1.2.Elektron ta’lim resurslarining asosiy xossalari, kategoriyalari, elektron ta’lim resursni yaratishning asosiy tamoyillari va talablari.
16 1.2.Elektron ta’lim resurslarining asosiy xossalari, kategoriyalari, elektron ta’lim resursni yaratishning asosiy tamoyillari va talablari. Mamlakatimiz o’quv yurtlariga kirib kelayotgan zamonaviy kompyuterlar asosida o’quv yurtlarini axborotlashtirishga intilish jarayoni ta’limda elektron ta’lim resurslar uchun yo’l ochib beradi. Klassik tushunchada darslik bu ta’lim oluvchilar uchun kitob bo’lib, unda bilimlarning ma’lum soxasidagi o’quv materiali fan va madaniyatning zamonaviy yutuqlari darajasida tizimli bayon kilinadi. Demak, elektron ta’lim resursi xam, bosma darslik xam umumiy belgilarga ega: -o’quv materiali bilimlarning ma’lum sohasi bo’yicha bayon qilinadi; -o’quv materiali fan, texnika, texnologiya va madaniyatning zamonaviy yutuqlari darajasida yoritiladi; -o’quv materiali darsliklarda tizimli bayon qilinadi, ya’ni darslikning butunligini ta’minlaydigan, ma’noli munosabat va aloqali, ko’plab elementlardan tashkil topgan butun tugallangan asarni o’zida tasvirlaydi. Bosma darsliklar mavjudligi tufayli ba’zi o’qituvchilar elektron ta’lim resurs atamasini ishlatishni xush ko’rmaydilar degan fikrlar xam bor. Bu mualliflar “Elektron nashr” atamasini tavsiya kiladilar. Lekin «nashriyot» so’zi bosma maxsulotni ishlab chikarish nazarda tutadi. Ma`lum tushunchalarni uz ichiga oladigan yangi atamalarni ishlatish davr takozosidir. Hayot uzgarishi bilan birga texnologiyalar ham uzgaradi. Barcha uzgarishlarga tushunish bilan yondashish kerak. Elektron ta’lim resursning bosma darslikdan farkli belgilari kuydagilardan iborat: 1.Har bir bosma darslik ta’lim oluvchilarni tayyorlashning ma’lum boshlangich darajasiga mo’ljallangan va o’qitishning yakuniy darajasini tavsiflaydi. Ko’plab umumta’lim fanlari bo’yicha odatdagi (tayanch), murakkabligi yuqori, maxsus va boshqa fanlar darsliklari mavjud. Aniq bir o’quv fani bo’yicha elektron ta’lim resurs murakkablikning bir necha darajasidagi materialni o’z tarkibida 17 saqlashi mumkin. Bunda ular xar bir daraja uchun interfaol tartibotda bilimlarni tekshirish uchun ko’p variantli topshiriqlarni o’z tarkibiga saqlagan bo’ladi. 2.Elektron ta’lim resursda ko’rgazmalilik bosma darslikdagidan ko’ra yuqoriroq. Elektron ta’lim resurslarda ko’rgazmalilik, ularni yaratishda animatsiyalar, tovush kuzatishlar, giperjunatishlar, videolavxalar va boshqalar kabi multimediyali texnologiyalardan foydalanish bilan ham ta’minlanadi. 3.Elektron ta’lim resurs sinov topshiriqlari va testlarining ko’p variantliligi, ko’pdarajaliligi va xilma-xilligini ta’minlaydi. Elektron ta’lim resurs barcha topshiriq va testlarni interfaol va ta’lim beruvchiga tartibli berilishga imkoniyat yaratadi. Noaniq javob paytida tushuntirishlar va izoxlar orqali aniq javob berishga erishish mumkin. 5.Elektron ta’lim resursni yaratish va tarqatishda bosmaxona ishlari bajarilmaydi. Elektron ta’lim resurslar o’zining tuzilishi bo’yicha ochik tizim bo’lib xisoblanadi. Ularni ishlatish jarayonida to’ldirish, takomillashtirish mumkin. 6.Elektron ta’lim resursning ta’lim oluvchilar bilan yaqinlashuvi bosma ko’rinishdagi darsliklardan ko’ra yuqorirok. Elektron ta’lim resursga talab oshganda uning adadini osongina oshirish mumkin, tarmok bo’yicha jo’natish mumkin. Foydalanishda va ishlab chiqish maqsadlariga bog’liq ravishda ko’p funktsiyaliligini ta’minlash uchun elektron ta’lim resurslar turli xildagi tuzilmalarga ega bo’lishi mumkin. Masalan, darslarda foydalanish uchun aniq bir fan bo’yicha o’quv dasturiga mos keladigan elektron ta’lim resursni yaratish va o’quv materiallini mavjud mavzuviy rejalashtirish asosida berish mumkin. Elektron ta’lim resurslarni mavzuviy rejalashtirishga bog’lamasdan, balki shunchaki konkret ta’lim bosqichi bo’yicha o’quv rejasiga rioya qilib ishlab chiqish mumkin. Elektron ta’lim resurslar quyidagi xususiyatlarga ega : - o’rganilayotgan materialni an’anaviy o’quv adabiyotlariga nisbatan induktiv yondashish, eshitish va emotsional xotiralarga ta’sir qilish yo’llari bilan materialni yetkazish topshiriq tushunishni yengillashtiradi; - ta’lim oluvchilarning extiyojiga, tayyorgarlik darajasiga, intellektual imkoniyatlariga moslashtirilgan; 18 - o’quv predmetining moxiyatiga diqqatni jalb etgan xolda ko’p sondagi ma’lumotlarni va topshiriqlarni qarab chiqish va ko’prok amaliy masalalar yechishga imkon yaratgan xolda murakkab xisoblashlar va almashtirishlardan xolos etadi; - o’rganishning barcha bosqichlarida o’zini-o’zi tekshirib ko’rish uchun keng imkoniyatlar yaratadi; - ishni chiroyli va aniq rasmiylashtirishlarga va uni o’qituvchiga fayl yoki qog’ozga chop etgan xolda topshirishiga imkon beradi; -tajribali o’qituvchi vazifasini cheklanmagan tushuntirishlarni, sanoqsiz takrorlashlarni, eslatishlarni, taqdim etgan xolda bajaradi. Elektron ta’lim resurs ixtisoslashgan o’quv xonalarida o’tkaziladigan amaliy mashg’ulotlar uchun quyidagi qulay imkoniyatlarni yaratadi. - kompyuterli qo’llab quvvatlashlardan foydalangan xolda katta miqdordagi topshiriqlarni bajarishga, yechimlarni va ularning grafik talqinini taxlil qilish uchun zarur bo’lgan vaqtdan ozod bo’ladi. - o’qituvchining raxbarlik va maslaxatchi sifatida qatnashib kompyuter oldida mustaqil ish shaklida mashg’ulot o’tkazish imkonini beradi. - o’qituvchiga kompyuter yordamida ta’lim oluvchilar bilimini tez va samarali nazoratdan o’tkazishiga imkon beradi. - o’qituvchiga nazariy va amaliy mashg’ulotlarda o’zining xoxishi bo’yicha xajmi jixatidan kichik ammo tarkibi bo’yicha o’ta muxim bo’lgan materiallarni yetkazishiga, o’quvchilarning auditoriya mashg’ulotlari doirasidan tashqari o’rganish mumkin bo’lgan masalalarni yechishda mustaqil shug’ullanishlari uchun imkon yaratiladi; - o’qituvchini uy topshiriqlarini, turli xisoblashlarni va nazorat ishlarni tekshirish kabi mashaqqatli ishlardan ozod etadi; - ta’lim oluvchilar bilan ayniqsa uy topshiriqlari va nazorat ishlari qismiga oid ishlashni individualashtirishga imkon beradi. Download 1.69 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling