Texnologiya ta’limini elektron ta’lim resurslarini


Download 1.69 Mb.
Pdf ko'rish
bet8/37
Sana11.03.2023
Hajmi1.69 Mb.
#1261117
1   ...   4   5   6   7   8   9   10   11   ...   37
Bog'liq
Абдусаломова Ноилабону

 
 
 
 
 
 
 
 
 
 
 
 
 
 
 
 


16 
1.2.Elektron ta’lim resurslarining asosiy xossalari, kategoriyalari, 
elektron ta’lim resursni yaratishning asosiy tamoyillari va talablari. 
Mamlakatimiz o’quv yurtlariga kirib kelayotgan zamonaviy kompyuterlar 
asosida o’quv yurtlarini axborotlashtirishga intilish jarayoni ta’limda elektron ta’lim 
resurslar uchun yo’l ochib beradi. 
Klassik tushunchada darslik bu ta’lim oluvchilar uchun kitob bo’lib, unda 
bilimlarning ma’lum soxasidagi o’quv materiali fan va madaniyatning zamonaviy 
yutuqlari darajasida tizimli bayon kilinadi. Demak, elektron ta’lim resursi xam, 
bosma darslik xam umumiy belgilarga ega: 
-o’quv materiali bilimlarning ma’lum sohasi bo’yicha bayon qilinadi; 
-o’quv materiali fan, texnika, texnologiya va madaniyatning zamonaviy 
yutuqlari darajasida yoritiladi; 
-o’quv materiali darsliklarda tizimli bayon qilinadi, ya’ni darslikning 
butunligini ta’minlaydigan, ma’noli munosabat va aloqali, ko’plab elementlardan 
tashkil topgan butun tugallangan asarni o’zida tasvirlaydi. 
Bosma darsliklar mavjudligi tufayli ba’zi o’qituvchilar elektron ta’lim resurs 
atamasini ishlatishni xush ko’rmaydilar degan fikrlar xam bor. Bu mualliflar 
“Elektron nashr” atamasini tavsiya kiladilar. Lekin «nashriyot» so’zi bosma 
maxsulotni ishlab chikarish nazarda tutadi. Ma`lum tushunchalarni uz ichiga 
oladigan yangi atamalarni ishlatish davr takozosidir. Hayot uzgarishi bilan birga 
texnologiyalar ham uzgaradi. Barcha uzgarishlarga tushunish bilan yondashish 
kerak. 
Elektron ta’lim resursning bosma darslikdan farkli belgilari kuydagilardan 
iborat: 
1.Har bir bosma darslik ta’lim oluvchilarni tayyorlashning ma’lum 
boshlangich darajasiga mo’ljallangan va o’qitishning yakuniy darajasini tavsiflaydi. 
Ko’plab umumta’lim fanlari bo’yicha odatdagi (tayanch), murakkabligi yuqori, 
maxsus va boshqa fanlar darsliklari mavjud. Aniq bir o’quv fani bo’yicha elektron 
ta’lim resurs murakkablikning bir necha darajasidagi materialni o’z tarkibida 


17 
saqlashi mumkin. Bunda ular xar bir daraja uchun interfaol tartibotda bilimlarni 
tekshirish uchun ko’p variantli topshiriqlarni o’z tarkibiga saqlagan bo’ladi. 
2.Elektron ta’lim resursda ko’rgazmalilik bosma darslikdagidan ko’ra 
yuqoriroq. Elektron ta’lim resurslarda ko’rgazmalilik, ularni yaratishda 
animatsiyalar, tovush kuzatishlar, giperjunatishlar, videolavxalar va boshqalar kabi 
multimediyali texnologiyalardan foydalanish bilan ham ta’minlanadi. 
3.Elektron ta’lim resurs sinov topshiriqlari va testlarining ko’p variantliligi, 
ko’pdarajaliligi va xilma-xilligini ta’minlaydi. Elektron ta’lim resurs barcha 
topshiriq va testlarni interfaol va ta’lim beruvchiga tartibli berilishga imkoniyat 
yaratadi. Noaniq javob paytida tushuntirishlar va izoxlar orqali aniq javob berishga 
erishish mumkin. 
5.Elektron ta’lim resursni yaratish va tarqatishda bosmaxona ishlari 
bajarilmaydi. Elektron ta’lim resurslar o’zining tuzilishi bo’yicha ochik tizim bo’lib 
xisoblanadi. Ularni ishlatish jarayonida to’ldirish, takomillashtirish mumkin. 
6.Elektron ta’lim resursning ta’lim oluvchilar bilan yaqinlashuvi bosma 
ko’rinishdagi darsliklardan ko’ra yuqorirok. Elektron ta’lim resursga talab oshganda 
uning adadini osongina oshirish mumkin, tarmok bo’yicha jo’natish mumkin. 
Foydalanishda va ishlab chiqish maqsadlariga bog’liq ravishda ko’p 
funktsiyaliligini ta’minlash uchun elektron ta’lim resurslar turli xildagi tuzilmalarga 
ega bo’lishi mumkin. Masalan, darslarda foydalanish uchun aniq bir fan bo’yicha 
o’quv dasturiga mos keladigan elektron ta’lim resursni yaratish va o’quv materiallini 
mavjud mavzuviy rejalashtirish asosida berish mumkin. Elektron ta’lim resurslarni 
mavzuviy rejalashtirishga bog’lamasdan, balki shunchaki konkret ta’lim bosqichi 
bo’yicha o’quv rejasiga rioya qilib ishlab chiqish mumkin. 
Elektron ta’lim resurslar quyidagi xususiyatlarga ega : 
- o’rganilayotgan materialni an’anaviy o’quv adabiyotlariga nisbatan induktiv 
yondashish, eshitish va emotsional xotiralarga ta’sir qilish yo’llari bilan materialni 
yetkazish topshiriq tushunishni yengillashtiradi; 
- ta’lim oluvchilarning extiyojiga, tayyorgarlik darajasiga, intellektual 
imkoniyatlariga moslashtirilgan


18 
- o’quv predmetining moxiyatiga diqqatni jalb etgan xolda ko’p sondagi 
ma’lumotlarni va topshiriqlarni qarab chiqish va ko’prok amaliy masalalar 
yechishga imkon yaratgan xolda murakkab xisoblashlar va almashtirishlardan xolos 
etadi; 
- o’rganishning barcha bosqichlarida o’zini-o’zi tekshirib ko’rish uchun keng 
imkoniyatlar yaratadi; 
- ishni chiroyli va aniq rasmiylashtirishlarga va uni o’qituvchiga fayl yoki 
qog’ozga chop etgan xolda topshirishiga imkon beradi
-tajribali o’qituvchi vazifasini cheklanmagan tushuntirishlarni, sanoqsiz 
takrorlashlarni, eslatishlarni, taqdim etgan xolda bajaradi. 
Elektron ta’lim resurs ixtisoslashgan o’quv xonalarida o’tkaziladigan amaliy 
mashg’ulotlar uchun quyidagi qulay imkoniyatlarni yaratadi. 
- kompyuterli qo’llab quvvatlashlardan foydalangan xolda katta 
miqdordagi topshiriqlarni bajarishga, yechimlarni va ularning grafik talqinini taxlil 
qilish uchun zarur bo’lgan vaqtdan ozod bo’ladi. 
- o’qituvchining raxbarlik va maslaxatchi sifatida qatnashib kompyuter oldida 
mustaqil ish shaklida mashg’ulot o’tkazish imkonini beradi. 
- o’qituvchiga kompyuter yordamida ta’lim oluvchilar bilimini tez va samarali 
nazoratdan o’tkazishiga imkon beradi. 
- o’qituvchiga nazariy va amaliy mashg’ulotlarda o’zining xoxishi bo’yicha 
xajmi jixatidan kichik ammo tarkibi bo’yicha o’ta muxim bo’lgan materiallarni 
yetkazishiga, o’quvchilarning auditoriya mashg’ulotlari doirasidan tashqari 
o’rganish mumkin bo’lgan masalalarni yechishda mustaqil shug’ullanishlari uchun 
imkon yaratiladi; 
- o’qituvchini uy topshiriqlarini, turli xisoblashlarni va nazorat ishlarni 
tekshirish kabi mashaqqatli ishlardan ozod etadi; 
- ta’lim oluvchilar bilan ayniqsa uy topshiriqlari va nazorat ishlari qismiga oid 
ishlashni individualashtirishga imkon beradi. 

Download 1.69 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   4   5   6   7   8   9   10   11   ...   37




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling