Texnologiya umumiy о‘rta ta’lim maktablarining 6-sinfi uchun darslik


Download 3.06 Kb.
Pdf ko'rish
bet5/19
Sana15.09.2017
Hajmi3.06 Kb.
#15703
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   19

Rezinalar. hozirgi zamon texnikasida yuqori elastiklikka ega bo‘lgan  
materiallar  juda    katta    ahamiyatga    ega.    bunday    materiallardan    zarbli  

51
kuch  ta’sirini yumshatadigan  vositalar  (amortizatorlar) hamda  tebranishni  
pasay tiruvchi  yoki yutuvchi  asbob  va  qurilma    (dempfer)lar    yasaladi.  
Bun  dan  tashqari,  ulardan jipslovchi  vositalar  tayyorlashda,  uskunalarni  
tash   qi  muhit  ta’siridan saqlashda ham foydalaniladi. yuqori elastik mate-
rial  lar ga tabiiy va sintetik polimerlarni  misol qilib ko‘rsatish mumkin. Bun-
day materiallar, odatda, juda katta qaytar  deformatsiyaga  ega  bo‘ladi.  
kauchuklar    muhim    tabiiy    yuqori  elastik  xususiyatga    ega  bo‘lgan 
materiallarga kiradi. Hozirgi vaqtda juda ko‘p xilma-xil sun’iy  kauchuklar  
ishlab    chiqarilmoqda.  bunday    materiallar    rezina    ishlab  chiqarishning  
aso sini tashkil qiladi. 
hozirgi  zamon  mashinasozligida  rezinadan  tayyorlangan  vositalar  juda 
keng  qo‘llaniladi.  Bulardan    eng    muhimi    avtomobil  shinalari,  har    xil  
jipslovchi vositalar, amortizatorlar, harakat o‘tkazuvchi vositalar, shlanglar 
va hokazolar.
rezinalardan    uskuna    va  qurilmalarni    tashqi    muhitdan  muhofaza  qi-
lish    da, elektr  simlarining  sirtini  qoplash  (kabellar  tayyorlash)da foyda la-
niladi.
Kauchuk  vulkanizatsiyalanib, rezina mahsulotlari olinadi. Kauchuklar-
ga  turli    qo‘shimchalarni  qo‘shish    bilan    yorug‘lik    va    radiatsiya    nuriga  
chidamli  arzon rezinasimon  mahsulotlar  olinadi.  bu  yo‘l  bilan  maxsus  
sharoitlarga  chidamli rezinalarni  ham    olish  mumkin.    keyingi    vaqtda  
sin tetik  kauchuk  ishlab  chiqarish  juda  keng  rivojlangan.
To‘ldirgichlar va plastifikatorlar. 
To‘ldirgichlar.  to‘ldirgichlar  tarkibi  jihatidan  organik  va  anorganik 
to‘ldirgichlarga, strukturasi jihatidan esa tolali va donador (ba’zan kukun) 
to‘ldirgichlarga  bo‘linadi.  plastmassalar  ishlab  chiqarishda  to‘ldirgichlar 
sifatida  organik  to‘ldirgichlardan  –  yog‘och  kukuni,  yog‘och  selluloza-
si,  yog‘och  shponi  (yupqa  taxtalar),  paxta  taramlari,  ip-gazlama,  sintetik 
tolalardan  to‘qilgan  mato;  anorganik  to‘ldirgichlardan  –  asbest  tolasi  va 
to‘qimasi,  shisha  tolasi,  shisha  tolasidan  to‘qilgan  mato,  qisqa  tolali  as-
best  (kukun  to‘ldirgich  sifatida),  kaolin,  kvars  kukuni,  ohak  va  boshqalar 
ishlatiladi. plastmassalar tarkibiga kirgan to‘ldirgichlar ularning xossalarini 
yaxshilaydi, bundan tashqari, nisbatan arzon bo‘lgani uchun buyumlarni ar-
zonlashtiradi.  

52
Organik  to‘ldirgichlar  polimerlarni  yaxshi  singdiradi.  Tolali  to‘ldir-
gichlar  buyumlarning  uzilishdagi  va  egilishdagi  mustahkamligini  oshiradi. 
anorganik  kukun  to‘ldirgichlar  buyumlarning  suvga  va  issiqqa  chidam-
liligini va qattiqligini oshiradi, ularning g‘ovakliligini va gidroskopikligini 
pasaytiradi.  
Termoplastik  smolalarga  qo‘shiladigan 
plastifikatorlar  ularning  yum-
shash temperaturasini pasaytiradi, bu esa ularni qoliplashni osonlashtiradi. 
Plastifikatorlar sifatida hammadan ko‘proq yuqori temperaturada qaynovchi 
kichik molekular suyuqliklar: murakkab efirlar, xlorlangan uglevodorodlar 
va boshqalar ishlatiladi. Polimerlar plastifikatorlarni shimib bo‘kadi, bunda 
plastifikatorning  molekular  qatlamlari  zanjiriy  makromolekulalar  atrofida 
joylashib,  ular  orasidagi  bog‘lanishlarni  zaiflashtiradi.  Polimerning  yum-
shash temperaturasining pasayishi va uning shishalanishiga, ya’ni qizdiril-
ganda  shishasimon  holatdan  qovushqoq-oquvchan  holatga  va  sovitilganda 
yana shishasimon holatga o‘tishining sababi ham ana shu.  
Mustahkamlash uchun savol va topshiriqlar
1. polimerlarga nimalar kiradi?
2. To‘ldirgichlar va plastifikatorlar deganda nimani tushunasiz?
3. plastmassani ishlab chiqish usullari haqida ma’lumot bering.
4. rezinalar haqida ma’lumot bering.
Mustaqil amaliy ish
polimerlarning tuzilishi va tarkibini aniqlashga doir mashqlar bajarish.
  Jihozlar
 polimer namunalar.
Polimer materiallardan  buyumlar yasash texnologiyalari
Polimer  materiallardan  istalgan  shakldagi  buyumlar:  ip,  plyonka,  list 
trubalar tayyorlanadi. polimerlarni buyumlarga ay lantirishning asosiy usul-

53
lari  quyidagilardan  iborat:  ekstruziyalash,  bosim  ostida  quyish,  odatdagi 
presslash, ya’ni quyma presslash, ko‘pirtirish, payvandlash, qizdirib puxta-
lash, randalash va shu bilan birga stanoklarda qirindi kesib olish yo‘li bilan 
ishlash usullaridan iborat.
Polimer loyi hunarmandchilikda keng ishlatiladi.  Polimer  loyi plastik 
mahsulot  bo‘lib,  ko‘rinishi  plastilinga  o‘xshash  bo‘lgan  hidli  massadan 
iborat.  Barcha  polimer  loylari  polivinilxlorid  va  suyuq  plastik    massani 
o‘z ichiga oladi. Polimer loyi turli ranglar bilan bo‘yalgan shaffof, yorqin 
toshga  o‘xshaydi.  Polimer  loyini  germaniyalik  olima  Fifi  Rexbinder  ix-
tiro  qilgan.  loydan  turli  xil  ko‘rinishdagi  buyumlarni  tayyorlash  mumkin. 
masalan:
 ◊ Yodgorlik va zargarlik buyumlari.
 ◊ Kviling va gullar.
 ◊ Bayram sovg‘alari.
 ◊ Qo‘g‘irchoqlar, haykallar.
polimerdan  tayyorlangan  buyumlarni  uzoq  muddat  saqlash  mumkin. 
Loy bilan ishlaganda xavfli holatlar kuzatilmagan. Lekin toza va ozoda ish 
joyi har doim ham inson sog‘lig‘iga foydali hisoblanadi. 
AMALIY MASHG‘ULOT. 
 Polimer loyidan gul yasash. 
Ish bajarish tartibi: 
Ishni boshlashdan oldin polimer loyi tayyorlab olinadi. Polimer loyini 
tayyorlash uchun kerak bo‘ladigan xomashyo va asbob-moslamalar:
– 1 stakan kraxmal (200 gramm);
– 1 osh qoshiq limon sharbati (15 ml);
– sirli idish;
– yog‘och qoshiq;
– 200 gr pVa yelimi;
– rang berish uchun turli xil rangli bo‘yoqlar;
– qo‘l kremi; 
– 2 tomchi glitserin.

54
Polimer loyini tayyorlash texnologiyasi:
polimer    loyini  tayyorlash  uchun  sirli  idishga  pVa  yelimi  va  suv 
1. 
quyib ilitiladi.
Kraxmal solib, yog‘och qoshiq bilan aralashtiriladi. 
2. 
Quyuq  massaga  keltirilgach,  ustidan  mineral  moy,  limon  sharbati, 
3. 
glitserin solib, yana bir xil massaga  kelguncha aralashtiriladi. 
tayyor bo‘lgan massa yaxshi ishlanishi uchun qo‘l kremi solinadi va 
4. 
aralashtirish davom ettiriladi.  
polimer loyi yaxshi turishi uchun yelim xaltada saqlanadi.
5. 
Polimer loyidan gul yasash ishining ketma-ketligi:
polimer loyidan gul yasash uchun 6 dona doira shakli tayyorlab oli-
1. 
nadi.
doira shaklidagi bo‘laklar bir tekis qilib yoyiladi.
2. 
Shaklning bir uchi barmoqlar yordamida biriktiriladi.
3. 
barcha bo‘laklar bir-biriga biriktirilganda gul hosil bo‘ladi. 
4. 
Gulning barg qismlari ham tayyorlab olinadi. 
5. 
1-jadval
T/r
Ishni bajarish ketma-ketligi
Ishni bajarish bo‘yicha 
amalga oshiriladigan 
ishlar tasviri
1
polimer loyidan gul yasash uchun loy bir nechta  
bo‘laklarga ajratiladi
2
ajratilgan bo‘laklar doira shakliga keltiriladi 
3
Doiraning bir chetidan  bukib, gul bargi hosil 
qilinadi

55
4
hosil qilingan barg qismlari bir-biriga 
biriktiriladi
5
polimer loyidan tayyorlangan gullarni qotishi 
uchun  ochiq va iliq havoli xonada qoldiriladi 
 
AMALIY MASHG‘ULOT.
 Polimerdan gul yasash va ramkani bezatish.
tayyor  holatga  keltirilgan  gul  shakllari  oldindan  tayyorlanib  qo‘yilgan 
ramkaga tartib bilan joylashtiriladi. ramka chetlari har bir o‘quvchining qo-
biliyati va xohishiga ko‘ra bezatiladi (39–40-rasmlar). 
                        
Mustahkamlash uchun savol va topshiriqlar
1. 
Polimer loyi haqida gapirib bering.
2. polimer loyini tayyorlash ish ketma-ketligini tushuntiring.
3. polimer loyidan qanday buyumlar tayyorlanadi?
40-rasm
Ramkaga polimer 
loyidan bezak 
berish namunalari.
39-rasm
polimer loyidan gul yasash tartibi 
va namunalari:  a – yirik bargli gul namu-
nalari; b – mayda bargli gul namunalari.
a)
b)

56
Polimerlardan ro‘zg‘orda, turmushda, maktabda foydalaniladigan  
buyumlar tayyorlash. Mevalar uchun taxtakach tayyorlash 
Uy-ro‘zg‘or  buyumlarini  tayyorlashda  turli  xil  materiallardan  foyda-
laniladi.  Oshxona  jihozlarini  tayyorlashda  metall,  yog‘och,  plastmassalar-
dan  ko‘p  foydalaniladi.  Yog‘ochdan,  asosan,  oshxona  jihozlari,  metalldan 
idish-tovoqlar,  plastmassadan  lagan,  tog‘oralar  yasaladi.  Plastmassadan 
sabzavotlarni  to‘g‘rash  uchun  turli  xil  ko‘rinish  va  shakllarda  taxtakach 
tayyorlanadi. Plastmassa mahsulotlari bugungi kunda sanoatda ko‘p ishlab 
chiqarilmoqda.  Xalq  hunarmandchiligi  asosida  ish  usullarini  o‘rganishda 
nafaqat  yog‘och  namunalaridan,  balki  plastmassa  va  boshqa  mahsulotlar-
dan  foydalangan  holda  buyum  yasash  maqsadga  muvofiq  bo‘ladi.  Chunki 
plastmassa mahsulotlariga bugungi kunda talabning ortganligi hamda unga 
ishlov berish osonligini e’tiborga olish lozim. quyida sabzavot va mevalar-
ni to‘g‘rash uchun mo‘ljallangan plastmassa taglikning texnologik xaritasi 
berilgan. Texnologik xaritada ish ketma-ketligi, ish eskizi chizmasi, kerakli 
asbob  va  moslamalar  ko‘rsatilgan.  texnologik  xarita  asosida  taxtakachni 
tayyorlab ko‘ring.
AMALIY MASHG‘ULOT.
  Sabzavotlarni to‘g‘rash taxtasi texnologik 
                                         xaritasi.
T/r
Ishning
ketma-ketligi
Ish eskizi
Asbob va moslamalar
O‘lchov
Ish
1
taxtacha uchun 
mos plastmassa 
tanlash 
2
o‘lcham olish va 
uni chizmalarda 
ifodalash
Chizg‘ich, 
qalam, sirkul

57
3
taxtachani 
o‘lchamlar asosida 
belgilangan 
joydan arralash  
Sirkul, qalam 
arra
4
belgilangan 
joydan teshik 
ochish 
Qalam, 
chizg‘ich, 
sirkul 
Parma, 
lobzik 
arra
5
taxtacha yuzasini 
pardozlash 
Sirkul 
qum-
qog‘oz
Xavfsizlik texnikasi qoidalari:
Xomashyoni arralash vaqtida ehtiyotkorlik bilan ishlang.
1. 
Faqat  soz  asboblar  bilan  ishlang  va  asboblarni  dastgohning  chetiga 
2. 
qo‘ymang. 
Arralashni  sekin-astalik  bilan  bajaring.  Chunki  plastmassa  sinib  ketishi 
3. 
mumkin.
 
Mustahkamlash uchun savol va topshiriqlar
Uy-ro‘zg‘or buyumlarini tayyorlashda qanday xomashyolardan foydalaniladi?
1. 
Sabzavot va mevalar uchun mo‘ljallangan taxtakach yasashning ish ketma-ketligi-
2. 
ni sanab bering.
asbob  va  moslamalar  bilan  ishlaganda  qanday  xavfsizlik  qoidalariga  amal  qili-
3. 
nadi?

58
              
            
Bugungi  kunda  polimerlardan  turmushda  ko‘p  foydalaniladi.  Polimer  materiallarga 
ishlov berish texnologiyalari bo‘limida turli xildagi polimer materiallarning turlari hamda 
ularga ishlov berish usullari o‘rganiladi. polimer materiallar bilan ishlash bo‘yicha sohaga 
oid quyidagi kasb-hunar turlari mavjud: 
•  Polimer kompozitlar, plastmassa va elastomerlarni kimyoviy ishlab chiqarish tex-
nik-texnologi.
•  polimer detallari va buyumlari yelimlovchisi.
•  rezinotexnik buyumlar yig‘uvchisi.
•  plastmassa quyuvchi.
•  badiiy chinni buyumlarni bezatish rassomi.
•  kulolchilik ustasi.
3-BOB. METALLGA ISHLOV BERISH TEXNOLOGIYASI
3.1. UMUMIY TUSHUNCHALAR
Qora metallar qotishmalari – cho‘yan va po‘latning asosiy                           
mexanik xossalari: qattiqlik, elastiklik, plastiklik va mo‘rtlik
m
etallar har xil xossalarga ega bo‘lib, ularning ayrimlari yumshoq va 
qayishqoq,  ayrimlari  esa  qattiq,  bukiluvchan  yoki  mo‘rt  bo‘ladi.  Metall-
dan buyumlarni yasashda ularga mos ashyolarni tanlash uchun metallarning 
xos salarini bilish zarur.
Po‘lat va cho‘yan – temir va uglerodning qotishmasidir. Lekin po‘lat-
ning  tarkibidagi  uglerod  cho‘yan  tarkibidagi  uglerod  miqdoridan  kam,                   
2 foiz  gacha bo‘ladi. Cho‘yandagi uglerod 2–4 foizni tashkil etadi. Cho‘yan 
tarkibida  kremniy,  marganes,  fosfor  va  oltingugurt  ham  bo‘ladi.  Cho‘yan 
mo‘rt, qattiq qotishmadir.
metallar issiqlik va elektr tokini o‘zidan yaxshi o‘tkazadi. metallarning 
ana shu xossasini fizika fanidan batafsil bilib olasiz.
Kasb-hunarlarga oid ma’lumotlar

59
Metallarga  ishlov  berishda  ularning  qattiqlik,  elastiklik,  plastiklik  va 
mo‘rtlik kabi mexanik xossalarini bilib olishimiz muhim ahamiyatga ega.
Metallning  qattiqligi  uning  boshqa  narsalar,  ya’ni  qattiqroq  jismlar 
ta’siriga qarshilik qobiliyati bilan belgilanadi. Agar po‘lat plastinka ustiga 
qo‘yilgan kernerga bolg‘a bilan urilsa, plastinkada kichkinagina chuqurcha 
hosil bo‘ladi. Bordi-yu, bu ish mis plastinka bilan qilinsa, chuqurcha katta-
roq bo‘ladi. Bundan po‘lat misga nisbatan qattiqligini anglash mumkin.
Metallning  elastikligi  deganda  metallning  kuch  ta’siridan  keyin 
yana  o‘z  holatiga  qaytishiga  aytiladi.  po‘latdan  va  misdan  tayyorlangan 
prujinalar ni bir paytda tortib va qo‘yib yuborib ko‘ring. Bunda po‘lat pru-
jina  yana  o‘z  holatiga  kelishini,  mis  prujina  esa  cho‘zilganicha  qolishini 
ko‘rasiz. Demak, po‘lat misga nisbatan bukiluvchan ekan.
Metallning plastikligi deganda esa agar metall tashqi kuch ta’sirida o‘z 
shaklini o‘zgartirsa-yu, lekin sinmasa, u plastik metall deyiladi. Metallning 
mana  shu  xossasidan  uni  tekislashda,  bukishda,  yoyishda  va  shtampovka-
lashda keng foydalaniladi.
Metallning  mo‘rtligi  metallning  ortib  boradigan  kuchlarga  qarshilik 
ko‘rsatish qobiliyatidir. Masalan, cho‘yan plitaga bolg‘a bilan urilsa, u si-
nadi. Cho‘yan mo‘rt metalldir.
Cho‘yan  mo‘rt,  qattiq  qotishma  bo‘lganligi  uchun  undan  kuchli  zarb 
tushmaydigan  buyumlar  tayyorlashda  foydalaniladi.  Cho‘yandan  isitish  ra-
diatorlari, stanok staninalari, korpusli detallar va boshqa shu kabi buyum-
lar  tayyorlanadi.  Cho‘yanni  marten  pechlarida,  konvertorlarda  va  elektr 
pechlarda po‘lat lomlari bilan aralashtirib po‘lat hosil qilinadi. 
Po‘lat  ham  cho‘yan  singari  kremniy,  fosfor,  oltingugurt  va  boshqa 
ele mentlarning  aralashmasiga  ega.  ammo  bular  cho‘yandagidan  kamroq 
bo‘ladi. po‘lat faqat qattiq bo‘lishi bilan birga bukiluvchan hamdir. Shuning  
uchun  unga  mexanik  ishlov  berish  qulay.  po‘latning  yumshoq  va  qattiq 
xillari mavjud. Sizlar tunukani, ya’ni yumshoq yupqa po‘lat listni bilasiz. 
Qattiqroq po‘latdan simlar, mixlar, burama mixlar, parchinmixlar va boshqa 
buyumlar tayyorlanadi. Juda qattiq po‘latdan metall konstruksiyalar, asbob-
sozlik po‘latidan kesuvchi asboblar tayyorlashda foydalaniladi. Asbobsoz-
lik po‘latining tarkibida uglerod va boshqa aralashmalar ko‘pligi sababli u 
kons truksion po‘latga nisbatan qattiqroq va mustahkamroqdir.

60
41-rasm
Shkalali o‘lchov asboblari: a – chizg‘ich; b – shtangensirkul; d – mikrometr.
a)                                   b)                                                 d)
Mustahkamlash uchun savol va topshiriqlar
po‘lat va cho‘yan bir-biridan nimasi bilan farq qiladi?
1. 
Cho‘yan qanday qotishma?
2. 
po‘lat qanday olinadi? 
3. 
po‘lat va cho‘yandan qanday buyumlar yasashda foydalaniladi?
4. 
Mustaqil amaliy ish
po‘lat va cho‘yan qotishmalari bilan tanishish.
Jihozlar 
po‘lat va cho‘yan qotishmalari bo‘laklari va ulardan tayyorlangan buyum namunalari. 
Ish bajarish tartibi
:
1.  po‘lat  va  cho‘yan  qotishma  namunalari  tashqi  ko‘rinishi  bilan  tanishib 
chiqing.
2. har bir namunaning rangini aniqlang.
3. po‘lat va cho‘yanning farqli jihatlariga e’tibor bering.
4. Berilgan har bir namunadagi metallning po‘lat yoki cho‘yan ekanligini 
aniqlang.
3.2. ASBOB-USKUNALAR, MOSLAMALAR VA ULARDAN FOYDALANISH
O‘lchash, rejalash va dastlabki ishlov berish asboblarini ishga                     
tayyorlash va  ishlash usullari
tayyorlanayotgan  detal  shaklining  berilgan  chizmaga  nisbatan  to‘g‘ri-
ligini  bilish  uchun  uni  tayyorlash  jarayonida  o‘lchash  asboblari  bilan  tek-
shiriladi.  Ular  shkalali  va  shkalasizlarga  bo‘linadi  (41-rasm).  Shkalali  as-

61
boblarga: chizg‘ich, shtangensirkul, mikrometr 
kiradi.  Chizg‘ich  yordamida  1  mm  aniqligi 
bilan  tashqi  va  ichki  o‘lchamlar  o‘lchanadi               
(41-rasm, a).
Shtangensirkul  (41-rasm,  b)  yordamida  tash-
qi  va  ichki  diametr  uzunlik,  qalinlik,  chuqurlik 
o‘lchamlari o‘lchanadi. O‘lchash aniqligi 0,5 mm.  
Mikrometrlar tashqi o‘lchamlarni 0,01 mm aniqlik 
bilan o‘lchash imkonini beradi. Ular tokarlik ish-
larida ishlatiladi (41-rasm, d).
Shkalasiz  asboblarga  (42-rasm)  go‘niya,  
malka,  kronsirkul,  nutromer  va  boshqalar  kira-
di.  Go‘niya,  malka  (42-rasm,  a,  b)  to‘g‘ri  bur-
chakni o‘lchashda eng ko‘p ishlatiladigan asbob-
lar  turiga  kiradi.  detalni  tayyorlash  jarayonida 
uning   o‘lchamlarini  tekshirish  uchun  kronsirkul 
va nutromer ishlatiladi. (42-rasm, d, e). Shablon-
lar (42-rasm, f, g) detallarning murakkab profilini 
tekshirish uchun ishlatiladi.
aylanalar  chizish  uchun  sirkul  ishlatiladi 
(43-rasm, a). Konussimon chuqurchalar tushirish 
uchun  kernerdan foydalaniladi (43-rasm, b).
Tekislash – qiyshaygan, notekis metall zago-
tovkalarining  sirtini  plita,  bolg‘a  yoki  to‘qmoq 
yordamida tekislash yoki zagotovka sirtiga bosh-
qacha  geometrik  shakl  berishdan  iborat  chilan-
garlik  operatsiyasidir.  Yupqa  listli  metall  zago-
tovkalar qaychi bilan qirqilib, zubilo bilan kesil-
gandan keyin rejalashdan oldin tekislanadi.
Sirkul  yordamida  rejalash  uchun  dastlab 
kernerning muhrasiga bolg‘a bilan sekin-sekin urib yoyiladi va aylanalarning  
markazlari  tushiriladi.  mana  shu  markazlarga  rejalash  sirkulining  oyog‘i 
o‘rnatiladi. Rejalashda sirkulni harakatlanayotgan tomoniga biroz og‘diriladi, 
og‘irlik esa aylana markazida turgan oyog‘iga tushadi.
42-rasm
Shkalasiz 
o‘lchash asboblari:             
a – go‘niya; b – malka;    
 d – kronsirkul;  e – nut-
romer,  f – radius shablon-
lari; g – rezba shablonlari.
43-rasm. Chizish:                  
a – sirkul bilan chizish;          
b – kerner bilan chizish. 
a)
b)

62
Zagotovkani  kernerda  rejalashtirish 
44-rasmda ko‘rsatilgan.
Yupqa listli metall (po‘lat, mis, alu-
mi niy)  qalinligi  0,5  mm  gacha  bo‘lsa, 
yog‘och  taxtacha  –  tekislagich  bilan 
to‘g‘   ri lanadi.  buning  uchun  zagotovka 
tekis va qattiq yuzaga qo‘yilib, taxtacha 
zago tovka  ustida  u  yoq-bu  yoqqa  yuri-
tiladi (45-rasm, a). Qalinligi 0,5 mm dan 
ortiq metall listlari to‘qmoq bilan tekislanadi (45-rasm, b). 
rejalashni andaza-detalning tekis na  mu  nasi yordamida bajarish mumkin. 
bunda  andazani  zagotovkaning  ustiga  qo‘yib  bosib  turiladi  (buning  uchun  
maxsus  qisqichlardan  ham  foydalanish 
mumkin) va andazaning atrofini chizg‘ich 
bilan aylantirib chizib chi qiladi.
Chizma  bo‘yicha  to‘g‘ri  burchakli 
de tal larni  rejalash  uchun  avval  zagotov-
kaning  baza  cheti  aniqlanadi  va  baza 
bel gisi chiziladi. Undan boshlab rejalash 
amal ga  oshiriladi:  chizg‘ich  bo‘ylab  ba-
za belgisi ustidan chiziladi (46-rasm, a), 
burchaklik  bo‘ylab  90°  li  ikkinchi  ba za 
chizig‘i  o‘tkaziladi  (46-rasm,  b),  chiz-
g‘ich  harakatlanayotgan  tomonga  biroz 
og‘dirilib, qattiq bosib chiziladi.
rejalashdan 
oldin 
zagotovkaning  
chang            lari, iflos joylari, zanglari tozalana di,  
reja   lash asboblarining sozligi tekshi ri la  di.
rejalash  juda  mas’uliyatli  jarayon.  
yasa     ladigan buyumning sifati reja lash   ning 
qan chalik aniq bajarilishiga bog‘ liqdir.
Tekislash  va  rejalashda  xavfsiz  ish-
lash uchun:
zagotovka us

hlanadigan qo‘l jarohat-
lanmasligi uchun unga yenglik kiyib olish; 
46-rasm
Chizma bo‘yicha to‘g‘ri 
burchakli detallarni rejalash.
a)
b)
45-rasm. tunuka listlarni tekislash 
qoidalari.
a)                            b)
44-rasm. rejalash jarayoni.

63
soz holatdagi bolg‘a va to‘qmoqdan foydalanish;

chizg‘ichni ehtiyotlik bilan ishlatish, ko‘z va qo‘lingizni jarohatlash-

dan saqlash;
chizg‘ichni xalatning cho‘ntagiga solmaslik, u bilan qaltis va ortiqcha 

harakatlar qilmaslik lozim.
AMALIY MASHG‘ULOT
.
 
 Metallga ishlov beruvchi asboblarning                     
                                             ishchi  qismlarini sozlash va ta’mirlash.
Metallni qirqish. Metallni bo‘laklarga bo‘lish uchun arralash polotnosi, 
qaychi va boshqa kesuvchi asboblardan foydalaniladi.
Metallni qirqish uchun asbob. Qalin bo‘lgan listli, polosali kesimi doira 
shaklida bo‘lgan, profilli metallarni qirqish uchun qo‘l temir arrasi ishlatiladi. 
U paz, shlis, aylana bo‘ylab belgi qilish uchun ham ishlatiladi (47-rasm). 
Temir arra polotnosi tishlarini shunday o‘rnatish kerakki, uning egilgan 
tishlarining  uchlari  ushlagichga  teskari  bo‘lsin.  Sal  tortilgan  polotnoning 
tishlari arralagan paytda sinib ketishi mumkin, aksincha, agar polotno juda 
qattiq tortilib o‘rnatilsa, sal qiyalikdan ham polotno sinib ketadi.
polotno tishlarining qayrilish burcha-
gi, odatda, 60° ni tashkil qiladi. Metallni 
qirqayotgan  paytda  ishqalanish  kuchini 
kamaytirish  uchun  ikki  tomonga  qayrila-
di.  polotno  to‘lqinsimon  qilib  ishlangani 
uchun  uning  qirqish  eni  0,25  –  0,6  mm 
dan  ko‘proq bo‘ladi. Temir arra polotno-
si ning uzunligi, odatda, 250–350 mm, eni 
12–15  mm,
  qalinligi  0,6–0,8  mm  bo‘lib, 
tishlar qadami 0,6–1,2 mm ni tashkil qiladi.
Download 3.06 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   19




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling