Texnologiya va dizayn yo‘nalishi


Download 1.06 Mb.
bet2/6
Sana26.03.2023
Hajmi1.06 Mb.
#1296090
1   2   3   4   5   6
Bog'liq
2 5470042740135830155 (2)

Tayanch kompetensiyalar:
Axborot bilan ishlash kompetensiya elementi:mavzu doirasida ko’rsatilgan multimedia ilovalariga ongli munosabat bildirish.
Fanga oid kompetensiyalar: xalq hunarmandchiligiga oid kitoblarni muntazam o‘qish va o‘rganish (tinglab tushunish, fikrni og’zaki bayon qilish, o’qish, fikrni yozma bayon qilish.)
Darsning kasb – hunarga yo`naltiruvchi maqsadi: O`quvchilarni kasb hunarga yo`naltirish bilan birga hunarmandchilikka bo`lgan qiziqishlarini shakllantirish.
Dars jihozi: 1 Ko`rgazmalar, rasmli retseplar.
2 Qiziqarli hunarmandchilik haqida kitoblar.
Darsning turi: Suhbat, bahs-munozarali dars.
Darsning borishi:

  1. Tashkiliy qism:

  1. Salomlashish

  2. Davomatni aniqlash

  3. Darsga tayyorgarlik ko‘rish

  4. O‘quvchilar diqqatini darsga qaratish.

  1. Uyga vazifani so‘rash:

  1. Savol – javob o‘tkazish

  2. Topshiriqlarni tekshirish

  3. Amaliy mashg‘ulotda tugallanmagan ishning oxiriga yetkazilganini tekshirish

  1. Yangi mavzu bayoni:

Hozirgi vaqtda xalq hunarmandlari tomonidan mahsulot yaratish va uni sotish bevosita bozor munosabatlari bilan uzviy bog‘liq. Chunki bozordagi talab va taklifni o‘rganmasdan biror mahsulot ishlab chiqarib bo‘lmaydi. Xalqimizning boy madaniy merosi va tarixiy an’analarini to‘liq saqlab qolish va yanada boyitish, hunarmandchilikni keng miqyosda qo‘llab-quvvatlash hamda hunarmandchilik bilan shug‘ullanishga aholini, ayniqsa, yoshlar, ayol- lar va kam ta’minlangan oilalarni jalb qilishni rag‘batlantirish maqsadida 2017-yilning 17-noyabrida O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining «Hunar­mandchilikni yanada rivojlantirish va hunarmandlarni har tomonlama qo‘llab- quvvatlash chora-tadbirlari to‘g‘risida»gi Farmoni qabul qilindi.
Mazkur Farmon ijrosini ta’minlash maqsadida «Hunarmand uyushmasi faoliyatini yanada takomillashtirish chora-tadbirlari to‘g‘risida»gi O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining Qarori qabul qilingan. Qarorga muvofiq «Hu­narmand» uyushmasi faoliyatining ustuvor yo‘nalishi va vazifalari belgi- landi, uyushmaning yangilangan tashkiliy tuzilmasi, ijro apparatining tuzil- masi, shuningdek, uyushmaning hududiy boshqarmalari va tuman (shahar) bo‘limlarining namunaviy tuzilmasi tasdiqlandi.
Xalq hunarmandlari ishlab chiqarayotgan turli hunarmandchilik buyumla- ri kishilar iste’molini qondirish uchun mo‘ljallangan. Masalan, insonlarning mebelga bo‘lgan ehtiyojini qondirish uchun inson tabiat mahsuli bo‘lmish daraxtni kesadi, undan xomashyo sifatida foydalanib, mebel tayyorlaydi. Ho- zirgi paytda xalq hunarmandlari ichki bozor va eksport uchun ko‘plab turli xil ko‘rinishdagi mahsulotlarni ishlab chiqarmoqdalar (1-rasm). Jumladan, ichki bozor uchun quyidagi mahsulotlar ishlab chiqarilmoqda: kundalik eh- tiyoj uchun zarur bo‘lgan idish-tovoqlar: kosa, lagan, ko‘za, choynak va piyola (kulolchilik, 2-rasm); turli xildagi poyabzallar: etik, kalish va mahsi- lar (ko‘nchilik, etikdo‘zlik); o‘ymakorlik va naqqoshlik usullarida ishlangan qutichalar, stol, stul, kursi, xontaxta, beshik, sandiq, darvozalar (duradgorlik, yog‘och o‘ymakorligi); metalldan yasalgan ketmon, o‘roq, belkurak, taqa, qoziq, chelak (temirchilik); mis va alumindan idish-tovoqlar (kandakorlik, miskarlik); tilla taqinchoqlar, bezaklar (zargarlik) va hokazo.
Hunarmandlar bozordagi taklif va talabni hisobga olgan holda mana shunday mahsulotlarni ichki va tashqi bozor uchun ko‘plab ishlab chi- qarmoqdalar va davlatimiz iqtisodiyotining yuksalishiga o‘z hissalarini qo‘shib bormoqdalar. Yog‘och o‘ymakorligida badiiy uslubda bajarilgan buyumlar: quti va quticha, sandiqcha, ko‘za, panjara, o‘yinchoq, may- da haykalchalar, eshik, rom, stol, stul, karavot, xontaxta, divan, kur- si, surat uchun ramka, qalamdon, oshxona anjomlari (oshtaxta, o‘qlov, jo‘va, chakich, tuzdon, non qutisi), fanerdan qirqilgan har xil bezaklar, shamdon, kitob javoni, pardoz oynasi; duradgorlikda bolalar aravachasi, beshik, belanchak, sandiq, egar, shuningdek, badiiy shakldagi buyumlar, ku- lolchilikda esa qadimgi xalq an’analarida ishlangan buyumlar: xum, xumcha, tandir tog‘ora, lagan, kosa, choynak va piyola (jumladan, paxta gullilar), turli ko‘rinishdagi ko‘zalar, guldon va boshqa anjomlar ishlab chiqariladi.




  1. Download 1.06 Mb.

    Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling