Texnologiya va dizayn yo‘nalishi


Yangi mavzuni mustahkamlash


Download 1.06 Mb.
bet4/6
Sana26.03.2023
Hajmi1.06 Mb.
#1296090
1   2   3   4   5   6
Bog'liq
2 5470042740135830155 (2)

Yangi mavzuni mustahkamlash.

Mustahkamlash uchun savollar:

  1. Zargarlikda qanday nodir metallar qo‘llaniladi?

  2. Zargarlikda qanday asbob-uskuna va moslamalardan foydalaniladi




  1. Darsni yakunlash va o‘quvchilarni baholash.




  1. Uyga vazifani e’lon qilish: mavzu bo‘yicha berilgan barcha ma’lumotlarni o‘qib-o‘rganib kelish




Tartib raqam

Sinf

Sana

O‘TIBDO‘
(Imzo)

1









________________________

2







3







4









Mavzu : Hunаrmаndchilik mahsulotlarini tashqi shakli uzviyligi va yaxlitligi
ta`minlanishiga ko`ra baholash.


Darsning ta`limiy maqsadi:
O`quvchilarga xalq hunarmandchiligi mahsulotlarini tashqi shakli uzviyligi va yaxlitligi ta`minlanishiga ko`ra baholashni o`rgatish.
Darsning tarbiyaviy maqsadi: Xalq hunarmandchiligi ishlarida qo`yiladigan talablarni o`rganish bilan birga nafosat bilimini berish.
Darsning rivojlantiruvchi maqsadi: O`quvchilarda hunarmandchilikka bo`lgan qiziqish bilim ko`nikma va malakalarini rivojlantirish.
Tayanch kompetensiyalar:
Mavzuni o‘rganishda, o‘z g‘oyasini tushuntirish va o‘rtoqlashishda muomala madaniyatiga rioya qilish.
Fanga oid kompetensiyalar:O’z mehnat harakatlarni o’quv topshiriqlari asosida muntazam takrorlay olish
Darsning kasb – hunarga yo`naltiruvchi maqsadi: O`quvchilarni kasb hunarga yo`naltirish bilan birga hunarmandchilikka bo`lgan qiziqishlarini shakllantirish.
Dars jihozi: 1 Ko`rgazmalar, rasmli retseplar.
2 Qiziqarli hunarmandchilik haqida kitoblar.
Darsning turi: Suhbat, bahs-munozarali dars.
Darsning borishi:

  1. Tashkiliy qism:

  1. Salomlashish

  2. Davomatni aniqlash

  3. Darsga tayyorgarlik ko‘rish

  4. O‘quvchilar diqqatini darsga qaratish.

  1. Uyga vazifani so‘rash:

  1. Savol – javob o‘tkazish

  2. Topshiriqlarni tekshirish

  3. Amaliy mashg‘ulotda tugallanmagan ishning oxiriga yetkazilganini tekshirish

  1. Yangi mavzu bayoni:

Xalq hunarmandchiligida san’at asarlarini, hunarmandchilikning tayyor mahsulotlarini baholash har bir kishidan o‘ziga xos sinchkovlikni va bilim- donlikni talab etadi. Buning uchun hunarmandchilik mahsulotlarini tanlash, ularning tayyorlanish bosqichi bilan tanishish, texnologik xaritasini tuzish, texnologik xarita yordamida qanday yasashni bilish hamda qanday asbob- uskuna va moslamalardan foydalanish qoidasini o‘rganib chiqish lozim. Mah­sulot sifatini baholashda iste’mol ko‘rsatkichlari tanlanadi, uning haqiqiy ahamiyati belgilanadi va ba’zi ko‘rsatkichlari bilan solishtiriladi. Xalq hunar­mandchiligining yog‘och va metall bilan ishlovchi, zargarlik, naqqoshlik, ku- lolchilik, haykaltaroshlik kabi barcha turdagi hunarmandchilik mahsulotlari- ning tashqi shakli uzviyligi va yaxlitligini ta’minlash quyidagicha baholanadi:

  1. O‘quvchilarni baholash mezonlari bilan tanishtirish.

  2. Baholash uchun xalq hunarmandchiligining ma’lum yo‘nalishi bo‘yicha hajmi, o‘lchamlari teng bo‘lgan kamida ikkita mahsulotni tanlash va ularning texnologik xaritasi bilan tanishish.

  3. Hunarmandchilik mahsulotlarining tayyorlanish bosqichlarini videoro- liklarda yoki slaydlarda ko‘rib chiqish.

  4. Baholash ishlarini ochiq va erkin tarzda o‘tkazish.

  5. Baholash ishlari natijalari bo‘yicha o‘quvchilarning xulosa va taassu- rotlarini yozma shaklda ifodalash yoki bahs-munozara shaklida o‘tkazish.

  6. Hunarmandchilik buyumlarini baholashda mahsulot yasashda foydala- nilgan texnologiyani o‘rganish.




  7. Download 1.06 Mb.

    Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling