Texnologiyalar darajasining iqtisodiyotdagi ahamiyati


Download 37.15 Kb.
bet4/5
Sana15.06.2023
Hajmi37.15 Kb.
#1484400
1   2   3   4   5
Bog'liq
texnologiyalarning iqtisodiyotdagi o\'rni

Xulosa va takliflar
Xulosa qilib aytadigan bо‘lsak, innovatsion tadbirkorlik bilan shug’ullanayotgan va ishlab chiqarish jarayoniga xorij tajribasini qo’llab, yangiliklar joriy etilgan zamonaviy korxonalarda, an’anaviy korxonalarгa nisbatan ish haqi 2-3 barobar, ish unumdorligi 2 barobar oshganligi, ayniqsa ishchi xizmatchilar turmush darajasining ilgariga nisbatan sifati va farovonligi ta’minlanayotganligi bugungi innovatsion iqtisodiy islohotlarining ijobiy tomonlarini ko‘rsatmoqda. Ammo erishilayotgan yutuqlar bilan bir qatorda hal etilishi lozim muammolar ham mavjud. Xususan:
➢ tadbirkorlariмиз biznesni boshqarishda yetarlicha malakaga ega emasligi; ➢ ишчи хodimlarning yangiliklarni tez o’zlashtira olmasligi; ➢ ular ichki va tashqi risklarni, innovatsiyalarga bo‘lgan ehtiyojni va jahon bozoridagi o‘z holatini yetarlicha baholay olmaydilar;
➢ korxonalarni rivojlantirish, raqobatbardoshlikni oshirishga yetarlicha e’tibor qaratilmagan;
➢ ishbilarmonlik muhitini tashkil etish va innovatsiyalarni rag‘batlantirish tuzilmasini ishlab chiqishda ham ko‘plab muammolar mavjud. Ushbu muammolarni hal etishda quyidagi taklif va tavsiyalarni maqsadga muvofiq deb hisoblaymiz:
➢ ilmiy tadqiqotlarni moliyalashtirish jarayonida xususiy biznesning rolini oshirish kerak, bu esa tadqiqot va ishlanmalarga investitsiyalar samaradorligini oshirishga turtki berаdi;
➢innovatsiyalar uchun zarur bo'lgan investitsiyalar darajasini oshirish va raqobatni kuchaytirish kerak;
➢ O‘zbekistonda yaratilgan ilmiy ishlanmalarini xorijiy patentlashni va innovatsiyalarni rag'batlantirishning asosiy elementi bo'lgan ishlanmalar uchun marketing qidiruv tizimini qo'llab-quvvatlash kerak.
Raqamli iqtisodiyotning o'sishi raqamli va mobil texnologiyalar bilan bevosita bog'liq bo'lgan bir qator bozorlaming o'sishi bilan bog'liq. Texnologiyalar rivojlanishining hozirgi bosqichida va bozorlaming hozirgi holati sharoitida raqamli iqtisodiyotni maqsad sifatida emas, balki iqtisodiy faoliyat samaradorligini oshirish vositasi sifatida ko'rib chiqish kerak.
Zamonaviy raqamli iqtisodiyot yangi biznes modellarini taklif qiladi va boshqaruv mexanizmlarini o'zgaruvchan voqelikni aks ettirish uchun o'zgartirish zarurligini ta'kidlaydi.
Yaqin yillarda O'zbekiston iqtisodiyoti tub o'zgarishlarga uchradi. Iqtisodiyot ochiq, jadal, innovatsion rivojlanishga aylandi. Biroq, tan olish kerakki, jahon iqtisodiyotining globallashuvi va texnologik taraqqiyot sharoitida O'zbekistonning keyingi iqtisodiy rivojlanishini raqamli iqtisodiyotni rivojlantirmasdan tasavvur qilish qiyin.
Afsuski, Respublikada bu sohada ikkita katta muammo mavjud: telekommunikatsiya infratuzilmasi va mutaxassislarning yetishmasligi. Bu Respublikamiz iqtisodiyotining raqamli aylanishiga jiddiy to'sqinlik qilishi va natijada raqamli iqtisodiyot sohasidagi sustlashishi mumkin.

  • Raqamli iqtisodiyotni rivojlantirish uchun qo'shimcha shart-sharoitlami yaratish, shuningdek, 2017-2021 yillarda O'zbekiston Respublikasini rivojlantirishning beshta ustuvor O'zbekiston Respublikasida raqamli iqtisodiyotni rivojlantirish chora-tadbirlari to'g'risida» 2018 yil 3 iyuldagi PQ - 3832-sonli Farmoni.

  • O'zbekiston Respublikasi Prezidentining «Raqamli iqtisodiyotni rivojlantirish maqsadida raqamli infratuzilmani yanada modemizatsiya qilish chora-tadbirlari to'g'risida» 2018 yil 21 noyabrdagi PQ - 4022-son qarori.

  • O’zbekiston O'zbekiston Respublikasi Prezidentining 07.03.03 yildagi PQ-3832- sonli «O'zbekiston Respublikasida raqamli iqtisodiyotni rivojlantirish choratadbirlari to'g'risida» hamda zamonaviy axborot-kommunikatsiya texnologiyalaridan foydalangan holda amaliy ko'nikmalarga ega bo'lgan blokcheyn texnologiyalarini ishlab chiqish va ulardan foydalanishda malakali kadrlar tayyorlash yo'nalishi bo'yicha Harakatlar strategiyasining maqsadlariga muvofiq quyidagilar qabul qilindi:

  • An'anaviy iqtisodiyotni raqamli iqtisodiyotga aylantirishda muvaffaqiyatga erishish uchun malakali kadrlar tayyorlashsiz muammoli ekanligi ma'lum bo'ldi. Shuning uchun O’zbekiston Respublikasi Prezidenti tashabbusi bilan Sh.M. Mirziyoyevning 2018 yil 3 iyuldagi PQ-3832-sonli Qarori asosida Toshkent davlat iqtisodiyot universitetida bakalavrlarni tayyorlash uchun raqamli iqtisodiyot fakulteti ochildi va Samarqand davlat universiteti iqtisodiyot va biznes fakulteti negizida raqamli iqtisodiyot sohasida malakali kadrlar tayyorlash bo'yicha magistratura ochildi.

Raqamli iqtisodiyot - dunyo iqtisodiyotida yangi yo'nalish. Iqtisodiyoti rivojlangan davlatlar bu yo'nalishda sezilarli yutuqlarga erishgan bo'lsa, boshqalari bu yo'nalishda ilgarilab borishmoqda.
Shu sababli, o’z iqtisodiyotlarini raqamli iqtisodiyotga aylantirishga kirishgan deyarli barcha mamlakatlar bir xil muammoga duch kelmoqdalar - raqamli iqtisodiyotda milliy tillarda malakali kadrlar tayyorlash uchun zarur bo'lgan o'quv va ilmiy adabiyotlarning etishmasligi.
Raqamli iqtisodiyot bo'yicha xorijiy ma'lumot manbalari va nazariy o'quv va ilmiy materiallarga asoslangan ushbu darslik mualliflari bu bo'shliqni biroz to'ldirishga harakat qilishdi.
Xulosa o’rinida aytish mumkinki, Raqamli iqtisodiyotni zamonaviy axborot-kommunikatsiya texnologiyalari (АKT) va Global Internet tarmog'isiz tasavvur qilib bo’lmaydi. "Raqamli iqtisodiyot", АKT va Internet tushunchalari bir-biri bilan uzviy bog'liqdir.


Download 37.15 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling