turi bilan shug‘ullanadigan, atrof-muhitga ongli munosabatda bo‘la
oladigan, o‘ziga xos individual — psixologik xislatlarga ega bo‘lgan konkret
inson.
39
Shaxsning psixologik xislatlariga quyidagilar taalluqli: xarakter,
temperament, qobiliyat, kuchli hissiyotiari va motivlari, shuningdek, psixik
jarayonlarning kechish xususiyatlari yig‘indisi (majmui).
Har bir kishidagi bu takrorlanmas individual xislatlar to‘plami (majmui)
undagi barqaror yaxlitlikni vujudga keltiradi. Bu yaxlitlik shaxsning nisbiy
turg‘un psixologik qiyofasi va boyligi sifatida qaraladi. U psixik holatlar va
jarayonlarning to‘xtovsiz o ‘zgarib turishiga qaramasdan saqlanib qoladi.
Shuningdek, shaxsning psixik boyligi shaxsning yashash sharoiti va
ijtimoiy tarbiya jarayonlarida yuz berayotgan o ‘zgarishlaming oqibati sifatida
ma’lum darajada harakatchanligim hamda o ‘zgaruvchanligini saqlab qoladi.
Shaxs atrof-muhit, insonlar bilan faol aloqada bo‘lish jarayonida
shakllanadi. Shaxs faolligining manbai bo‘lib inson shaxsiy ehtiyojlarining
ko‘p qirraliligi, u o ‘zi mansub bo‘lgan jamiyatf jamoa ehtiyojlari hisoblanadi.
Murakkab hosila ehtiyojlariga qiziqish, moyillik, did, W rsatm a, e ’tiqod,
istak
kiradiki, ular y ig ‘in d isi
«m otivatsiya doirasi»ni, shaxsning
«yo‘nalganligi»ni hosil qiladi.
Shaxs voqelikka bo‘lgan obyektiv va subyektiv munosabatlami ifoda
qiladi. Shaxs bir butun holdagi ichki shart-sharoitlar yig‘indisi bo‘lib,
uning vositasida tashqi ta’sirlaming inikosi yuz beradi.
Shaxsning rivojlanishi uning faoliyatida amalga oshiriladi. Bu rivojlanish
shaxsga xos va uning uchun muhim hisoblangan motivlar tizim i bilan
Do'stlaringiz bilan baham: |