borish, tarbiyalash hamda bilish ahamiyatini kasb etadi.
Pedagogika nazariyasi ta’limning bir necha shakllanish tamoyillarini
asoslab berdi. Шаг: ta’lim mazmunining jamiyat, fan, madaniyat, shaxs
rivojlanishi talablariga muvofiqligi tamoyili, ta’limningyagona mazmun va
protsessualjihatlari mazmuni, turli sathlarda ta’lim mazmuni tuzilmasining
yagonaligi, ta’lim mazmunini insonparvarlashtirish, ta’lim mazmunining
asoslanganligi, ta ’lim mazmuni asosiy komponentlarining shaxs ichki
(tayanch) madaniyati tuzilmasiga muvofiqligi.
Ta’lim mazmunining asosiy komponenti quyidagilar: shaxsning kognitiv
tajribasi, amaliy faoliyat tajribasi, ijod tajribasi, shaxs munosabatlari
tajribasi.
1.3. Oliy maktabda o‘qitishni tashkil etishning shakl va metodlariga
qo‘yiladigan talablar
1.3.1. Asosiy qoidalar
Har bir fan obyektiv voqelikni o‘rganish qonunlarini belgilab beradi.
Didaktik qonunlar o‘qitish va ta’lim birligi hamda ulaming o‘zaro aloqadorligida
o‘igamladi.
Hozirgi oliy maktab didaktikasida qanday o‘qitisli jarayoni qonuniyatlari
mavjud?
Oliy maktabdagi o‘quv jarayoniga sistem-struktur yondashuv nuqtai
nazaridan qaralganda uning o‘zaro bog‘langan ikki tizimi amal qiladi.
Birinchidan, o‘quv jarayoni o‘zining o‘qitish maqsadi, o ‘qitish va
o‘quv faoliyati, ta’lim mazmuni, o‘qitish vositalaridan iborat murakkab
tizim sifatida namoyon bo‘ladi. Ular o‘zaro bir-biri bilan bog‘lanib ketgan.
Ikkinchidan, o‘quv jarayoni nisbatan yirik tizim bo‘lgan pedagogik
jarayonning tagtizimidir. Bu tagtizim o‘qitish, ta’lim berish va tarbiya jarayoni
birligi sifatida namoyon bo‘ladi. Shu bilan birga bu tizim salmoqli tizim
sifatida oliy o‘quv yurti o‘quv jarayoni rivojlanishi qonuniyatlariga bevosita
ta’sir ko‘rsatadigan ijtimoiy jarayonlar va talablar tizimi ham mavjud.
Shunday qilib, o ‘quv jarayonining muhim tashqi va ichki bog‘liqligini
farqlash lozim. Shu asosda ta’lim qonunlari tasniflanadi. Didaktikaning o‘z
qonuniyatlari sifatida o‘quv jarayoni komponentlari orasidagi zaruriy,
takrorlanuvchi va muhim bog‘lanishlami ko‘rsatish mumkin.
Do'stlaringiz bilan baham: |