Mustaqil ishlar xususiy-didaktik maqsadining ikkinchi tipida esa
o‘zlashtirilgan axborotlar xotiradaqaytaishlanishigavatipikvazifalami, ya’ni
bilimlaming ikkinchi bosqichini bajarishga qaratilgan bilimlar shakllanadi.
Bu maqsadga idrok qilinadigan masalalami yechish chog‘ida talabalardan
yo tanlab olingan faktlami tavsiflash asosida obyektlar va hodisalami aniq
bayon qilish yoki o‘rganilayotgan obyekt va hodisalardagi o‘zgarishlaming
sababini asoslash hamda uni ifodalash orqali yetish mumkin. Unisini ham,
bunisini ham talabalar awal egallangan va shakllangan bilimlari tizimini
to‘g‘ri jalb qila olishlari va faollashtira olishlari asosida bajarilish lozim.
Talabalaming bilish (idrok qilish) faoliyati awal o‘zlashtirilgan o ‘quv
axborotining mazmuni, tuzilmasini qayta ishlash, qisman qayta loyihalash
va yangilashdan iborat bo‘ladi. Bunday qayta loyihalash va yangilash tavsif
qilinayotgan obyektni tahlil qilish, vazifani turli yo‘llar bilan bajarish,
ulardan eng to‘g‘ri yoki mantiqiy izchilligini topish kabi yechish usullarini
tanlash zarurligini keltirib chiqaradi.
Mustaqil ishlaming ikkinchi tipi barchaturlarining umumiy tavsifhomasi
20
shundaki, bunday ishlarda vazifalaming hal qilinish g ‘oyasi (tam oyili)
e ’lon qilinadi, talabalardan ushbu g‘oyani (tamoyilni) rivojlantirib, konkret
sharoitga tatbiq etish usul va usullari talab qilinadi.
Mustaqil ishlar xususiy-didaktik maqsadining uchinchi tipi talabalarda
uchinchi bosqich — tip ik b o‘lm agan vazifalam i bajarish chog‘ida
shakllanadigan bilimlardan iboratdir.
Bu maqsadga talabalardan o ‘rganilayotgan obyektdagi o ‘zgarishlar
sabablarining algoritm asoslarini tuzishni talab qiladigan bilish (idrok qilish)
masalalarini yechish jarayonida erishish mumkin.
Do'stlaringiz bilan baham: |