akmeologik jihatdan yondashadi.
Akmeologiya (ак те) - yunoncha oliy nuqta, o‘tkir, gullagan, yetuk,
eng yaxshi davr degan ma’nolam i bildiradi.
B .G . Ananev, N .V .K uzm ina, A .A .D erkach va boshqalar kasbiy
faoliyatning samarasini oshirish bilan yo‘g‘rilgan inson hayotining eng
ijodiy davrlari, yetuklik bosqichlari to‘g‘risida fikr yuritadilar. Ular yetuk
insonlaming professionalizmi, shaxs rivojlanishining gullagan davridagi psixik
qonuniyatlari, professionalizmga yetishdagi balandliklardan о 4a olish masalalari
bilan shug‘ullanganlar.
VA Slastenin akmeologiyaning yuksak professionalizmga, mutaxassisning
uzoq ijodiy umr ko‘rishiga olib keladigan subyektiv va obyektiv omillarini
asoslab berdi. Obyektiv omillarga olingan ta’limning sifatini, subyektiv
omillarga esa insonning iste’dodi va qobiliyatini, ishlab chiqarish vazifalarini
samarali hal qila olishidagi m a'suliyatini, mutaxassislaiga yondashuvini
kiritadi.
Yuksak professionalizmga erishishning omillari sifatida quyidagilar
ko‘rsatiladi:
• iste’dod nishonalari;
• uquvlilik;
• qobiliyat;
• iste’dod;
• oila tarbiyasi sharoiti;
• o^quv yurti;
• oiz xatti-harakati.
Akmeologiya ilmiy nuqtai nazardan professionalizm va ijod munosabatida
olib qaraladi. Bunda quyidagi kategoriyalar farqlanadi:
• ijodiy individuallik;
• o'zining o‘sish va takomillashish jarayoni;
• o‘z imkoniyatlarini amalga oshirish sifatidagi kreativ tajribasi.
0 ‘qituvchining ijodiy individualligi quyidagilardan iborat:
• intellektual - ijodiy tashabbus;
Do'stlaringiz bilan baham: |