Falsafa va pedagogikaga oid adabiyotlarda refleksiya shaxsning o‘z ongidagi
o ‘zgarishlami fikrlash jarayoni, deb yoziladi.
Psixologik lug‘atda shunday izoh beriladi: «Refleksiya - faqat sub'ektning
58
o ‘z-o ‘zini bilishi va tushunishi emas, balki boshqalar uning shaxsiy xislatlari,
his qilish tuyg‘usi va bilish (kognitiv) tasawurlarini bilish hamda tushunishini
aniqlab olishini ham anglatadi.
V A Lefevr ta’kidlagan ediki, inson o ‘zining xatti-harakatlariga, fikrlariga
nisbatan kuzatuvchi, tadqiq qiluvchi bo‘lib qolmasligi, balki boshqa personajlar,
ulaming xatti-harakatlarini o ‘rganuvchi mavqeini egallashi ham kerak.
M.V.Klarin ijodiy tafakkur xususiyatlarini refleksiya bilan bog‘laydi.
Bunday o ‘zaro aloqalarda refleksiya o ‘zida xulosa chiqarish, umumlashtirish,
analogiya, qiyoslash va baholash hamda muammolami eslash, yenga olish
va hal qilishlami birlashtiradi.
V.A. Petrovskiy refleksiya faoliyati tahlilida uning ikki turini farqlaydi:
• retrospektiv;
• prospektiv.
V.A.Petrovskiyning aniqlashicha, retrospektiv refleksiya bu «sodir etilgan
faoliyat tarixining retrospektiv tiklanish shaklidagi refleksiyasidir».
Prospektiv refleksiya - bu faoliyatning amalga oshishiga bo‘lgan talabning
hukm surish dinamikasi.
S.Yu. Stepanov, I.N. Semenov ishlarida intellektual va shaxsiy refleksiyalar
farqlanadi. V.V.Davidov o ‘z tadqiqotlarida formal va mazmun refleksiyasini
asoslab berdi. I.S.Ladenko analitik va sintetik refleksiyani farqlaydi.
Demak, o ‘qituvchining innovatsion faoliyati tuzilm asi m otivasion,
kreativ, texnologik va reflektiv komponentlardan iboratdir.
Do'stlaringiz bilan baham: |