Yuqorida keltirilgan matnni ma’nosini saqlab hajmini kamaytirgan holda yangi matn yaratamiz:
Axborot xavfsizligi maxfiy ma’lumotlarni tarqalib ketishi , buzilishi yoki yo‘q qilinishini oldini oladi. Ma’lumotlarga hakerlar, har xil zararli dasturlar, viruslar va shunga o‘xshash vositalar orqali hujum qilinishi bugungi kunda ortib bormoqda. Axborot xavfsizligi hozirgi rivojlanib borayotgan davrda faqatgina tashkilotlar uchun emas balki insonlar uchun ham juda muhim ahamiyatga ega. Chunki , bu ma’lumotning mavjudligini, yaxlitligini va butunligini ta’minlaydi.
Axborot xavfsizligini amalga oshirish uchun tashkilotlar quyidagi usullardan foydalanishlari mumkin:
Tashkilot xodimlarining vazifalarini taqsimlab berish, ya’ni ular faqat o‘zlarining ishlari uchun kerak bo‘ladigan ma’lumotlardan foydalanishlari;
Turli tahdidlardan himoyalanish uchun xavfsizlik devorlari, antivirus dasturlari va xavfni aniqlash tizimlaridan foydalanish;
Tashkilot xodimlarning muhim va maxfiy ma’lumotli vazifani to‘laqonli o‘zi nazorat qilolmasligi.
Tashkilotda xavfsizlikni ta’minlash uchun shifrlash, kuchli parollar, ma’lumotlarni zaxiralash va ikki faktorli autentifikatsiya usullaridan ham ko‘p hollarda foydalanishadi.
Insonlar uchun axborot xavfsizligi ularning moliyaviy mablag‘larini o‘g‘irlash maqsadida hujum qiladigan xakerlardan himoyalashda yordam beradi. Texnologiyalar rivojlanib borgan sari kiberjinoyatlar ham oshib bormoqda. Shu sababli, tashkilotlar ham insonlar ham axborotlarni xavfsizligini ta’minlash uchun zarur vositalarni qo‘llash va ehtiyotkorona bo‘lish talab qilinadi. Kiberxavfsizlik bo‘yicha mutaxassislar bu jinoyatlarni oldini olishda asosiy vazifalarni bajaradi.
Do'stlaringiz bilan baham: |