Texnologiyalar vazirligi


Download 451.67 Kb.
bet1/6
Sana25.09.2023
Hajmi451.67 Kb.
#1687711
  1   2   3   4   5   6
Bog'liq
Muxsiddinova Guli.docx 2.docx geoaxborot







O’ZBEKISTON RESPUBLIKASI RAQAMLI
TEXNOLOGIYALAR VAZIRLIGI


Muhammad al-Xorazmiy nomidagi Toshkent
Axborot Texnologiyalari Universiteti Farg’ona filiali
Kompyuter Injiniring” fakulteti

Geoaxborot texnologiyalari

fanidan




MUSTAQIL ISHI
BAJARDI: 716-20 guruh talabasi G.Muhsiddinova


QABUL QILDI: D.Umrzaqova


MAVZU
Geoaxborot tizimida datum tushunchasi


Reja
1.Gorizontal datum tushunchasi
2.Vertikal datum tushunchasi
3.GATda koordinata sistemalari
4.Xulosa
5.Foydalanilgan adabiyotlar


Gorizontal datum
Geoaxborot tizimida qoʻllaniladigan Datum sferoidning joylashuvini Yerning markaziga nisbatan aniqlaydi, ya’ni sferoid va datum bir-biri bilan bogʻliq tushunchalardir.
Yer shaklining shardan farqlanishini birinchi boʻlib Nyuton etirof etdi. 1682- yili u elon qilgan nazariya Butun dunyo tortish qonuniga binoan, Yer oʻz oʻqi atrofida malum tezlikda aylanishi tufayli u shar shaklida boʻlmay, balki ikki qutblari boʻyicha siqilgan sferoid (ellipsoid) shaklida ekanligi malum qilindi.
Yerning shakli juda murakkab va oʻziga xos xususiyatga ega. Yerning tabiiy yuzasi balandlik va chuqurlik, togʻlik va tekislik, tizma togʻ va vodiylardan iborat. Yerning tabiiy shaklini aniqlash juda qiyin. Yerning shakli deganda uning tabiiy shakli e’tiborga olinmaydi, faqat matematik shakli tushuniladi. Ana shu matematik shakllardan Yerning tabiiy shakliga eng yaqini geoiddir. Geoid – okean suvi tinch turgan paytda uning sathi boʻyicha okean quruqligi ostidan sathiy yuza oʻtkazilganda hosil boʻladigan yumaloq shakldir.
Yer yuzasidagi har bir nuqtadan sathiy yuza oʻtkazish mumkin. Sathiy yuza oʻziga xos xususiyatga ega boʻlib, uning barcha nuqtalarida shovun chizigʻi perpendikular yoʻnalgan boʻladi. Bu shakl Yer shakli deb qabul qilingan. Yerning shakli deyilganda quruqlikdagi past-balandliklar e’tiborga olinmaydi, chunki yer yuzining koʻp qismi (71%) okean va dengizlar, oz qismi (29%) quruqlikni tashkil etadi. Yerning geoid shakli tortish kuchi tasiriga, tortish kuchi esa yer bagʻridagi jinslarning joylashishi va zichligiga bogʻliq. Yerning ichki tuzilishi bir xil boʻlsa, yer yuzasi silliq boʻlardi. Yerning ichki qismi har xil jinslardan tashkil topganligi uchun geoid yuzasi toʻlqinsimon boʻladi.
Hozirgacha geoid shakli matematik formula bilan ifodalangan emas, lekin olib borilgan geodezik ishlar geoidning aylanma ellipsoidga yaqinligini koʻrsatdi. Geoid bilan ellipsoidning bir-biridan farqi (yer yuzining ba’zi nuqtalarida) 150 dan oshmaydi. Bu farq Yerning umumiy kattaligiga nisbatan juda kichikdir. Shuning uchun geodeziyada Yer aylanma ellipsoid shaklida deb qabul qilingan.
Geodeziya kursidan malumki, yerning asosiy sathiy yuzasi boshlangʻich yuza deb qabul qilingan va u okean suvlarining tinch turgandagi sathidan boshlanadi. Tinch holatdagi okean va dengiz suvlari sathining fikran qit’alar ostidan shovun chizigʻiga perpendikular qilib davom ettirishdan hosil boʻlgan shakl geoid deb ataladi.


Datum (Burkard, 1984) – Yerning matematik modeli boʻlib, joyning geografik koordinatasini hisoblash uchun asos yoki referens boʻlib xizmat qiladi. Datum tushunchasi Yerning haqiqiy shakli va ellipsoid orasidagi farqni ajratish uchun qoʻllaniladigan hisoblashlar yigʻindisi sifatida qaraladi. Koʻpgina davlatlar va hududlar uchun mahalliy datumlar ishlab chiqilgan. Masalan, NAD 27 (North American Datum, 1927) – bu Klark 1866 ellipsoidiga asoslangan boʻlib, u AQSH ning Kanzas hududidan boshlanadi. Keyinchalik paydo boʻlgan NAD 83 (North American Datum, 1983) – Yerning markaziga yaqinlashtirilgan (boshqa nomi geomarkazlashgan) GRS 80 (Geodetic Reference System, 1980) ellipsoidiga asoslangan.


Geoaxborot tizimida datum uch xil turda boʻladi: gorizontal, vertikal va geometrik. Gorizontal datumni adabiyotlarda boshqacha, ya’ni referens datum deb ham yuritiladi va u koordinata bilan bogʻliq boʻlsa, vertikal datum balandliklar bilan bogʻliq boʻladi. Quyida biz ularga batafsil toʻxtalamiz.

Gorizontal datum


Datumning yana bir boshqa ta’rifi – bu referens-ellipsoidni mahalliy geografik koordinatalarga transformatsiyalash va koʻchirish uchun xizmat qiladigan parametrlar toʻplamidir.
Datum tushunchasi geodeziya va kartografiyada geoid shaklni berilgan yoki oʻrganilayotgan joyning geoid shakliga iloji boricha yaqinlashtirish uchun qoʻllaniladi. Bunda datum parametrlari referens-ellipsoidni X
,Y,Z oʻqlar orqali koʻchirish hamda dekart koordinata sistemasi tekisligida oʻqlarni rX, rY, rZ burchaklar ostida burib beriladi. Bunda albatta referens-ellipsoidning parametrlari hisoblangan а va f ni, yani a katta yarim oʻq va f ellipsoid siqilishini bilish zarur. Datumga siz GPS priyomnik(qabul qilgich) yoki GNSS bilan ishlaganda va mahalliy koordinata sistemasida ishlamoqchi boʻlganingizda duch kelasiz.
Shuni nazarda tutish kerakki, datum aniqlanayotgan joyning yerdagi joylashuvini maksimum yaqinlashtirish uchun ishlatiladi. Agar siz WGS-84 da berilgan koordinata asosida joylashtirmoqchi boʻlsangiz, u holda mahalliy koordinata asosida yaratilgan kartalaringizga aniq ustma-ust tushmasligi mumkin, balki farqi bilan (bir necha metrdan bir necha yuz metrgacha) tushadi.
Oʻlchamlari aniqlangan va yer sirtida malum holatda oriyentirlangan (joylashtirilgan) ellipsoidga referens-ellipsoid deyiladi. Bunday ellipsoidning sirti geoid sirti bilan faqat yerning qaysidir qismida mukammal darajada mos keladi, shuning uchun ham alohida davlat yoki hududlar uchun ishlab chiqilgan referens-ellipsoid shakli oʻsha joy uchun aynan mos keladigan sirt hisoblanadi. Mamlakat hududida yagona koordinatalar sistemasini joriy etish va geodezik oʻlchashlarni amalga oshirish uchun referens-ellipsoidlar qonun bilan rasmiylashtirilgan holda qabul qilinadi.


Mustaqil Davlatlar Hamdoʻstligi (MDH) mamlakatlarida va Oʻzbekistonda geodezik oʻlchashlarga asos sifatida Krasovskiy referens-ellipsoidi qabul qilingan.



Ellipsoid (Manba: Internet)


Quyida xalqaro va malum bir hududlar uchun qoʻllaniladigan datumlar toʻgʻrisida qisqacha toʻxtalib oʻtamiz.

Download 451.67 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
  1   2   3   4   5   6




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling