Texnologiyalari reja: Axborot texnologiyasi tushunchasi. Axborot texnologiyasining asosiy tavsifi. Axborot texnologiyasining asosiy elementlari. Axborot texnologiyalari taraqqiy etishining asosiy bosqichlari va rivojlanish tendensiyasi
Axborot texnologiyalari taraqqiy etishining asosiy bosqichlari va rivojlanish tendensiyasi
Download 43.15 Kb.
|
AXBOROT TEXNOLOGIYALARI
Axborot texnologiyalari taraqqiy etishining asosiy bosqichlari va rivojlanish tendensiyasi.
XIX asrning ikkinchi yarmigachi “qo`l” axborot texnologiyasi rivojlangan bo`lib, uning asosini pero, siyohdon va buxgalteriya daftari tashkil etgan. Kommunikatsiya (aloqa) paket (rasiy xujjatlar solingan konvert) yuborish orqali amalga oshirilar edi. “Qo`l” axborot texnologiyasi o`rniga XIX asr oxirida “mexanik” texnologiya kirib keldi. Yozuv mashinasi, telefon, diktafonning kashf etilishi, jamoa pochtasi tizimining takomillashuvi – bular bari avvaliga axborotni qayta ishlash texnologiyasida, so`ng ish mahsuldorligida sezilarli o`zgarishlar yuz berishiga zamin bo`ldi. XX asrning 40 - 60–yillarida “elektr” texnologiyasi paydo bo`lib, u yechib almashtiriladigan elementlarga ega elektr yozuv mashinkalari, oddiy qog`ozdan foydalanuvchi nusxa ko`chirish mashinasi, portativ diktafonlardan iborat edi. 60-yillarning ikkinchi yarmidan esa “elektron (yoki kompyuter)” texnologiyasi yuzaga kela boshladi va axborotni shaklini emas, mazmunini o`zgartirishga urg`u berila boshlandi. Axborot texnologiyasining keyingi taraqqiyoti asosan kommunikatsiya vositalari bilan bog`liq. Xorijiy mutaxassislar axborot texnologiyalari rivojlanishiing beshta asosiy tendensiyasini ajratib ko`rsatadi: 1. Axborot mahsulotlarining murakkablashuvi. Axborot vositasi ko`rinishidagi axborot mahsuloti, ekspert ta`minoti txizmatining ma`lumotlar bazasi stategik ahamiyat kasb eta boradi. Turli shakldagi (nutq, ma`lumot, tasvir) axborot mahsulotlari eshitish, ko`rish va anglash uchun foydalanuvchining talabiga ko`ra ishlab chiqiladi hamda unga qulay vaqtda va shaklda mahsulotni yetkazib berish vositasi mavjud bo`ladi. 2. Birgalikda harakat qilish qobiliyati. Axborot mahsulotining ahamiyati oshib borishi bilan mazkur mahsulotlarni kompyuter va inson yoki axborot tizimlari o`rtasida ideal tarzda almashuvini o`tkazish imkoniyati ilg`or texnologik muammo kasb etadi. 3. Oraliq bo`g`inlarni tugatish. Birgalikda harakatlanish qobiliyatining rivojlanishi axborot mahsulotlari almashish jarayonining takomillashuviga, so`ngra, axborot manbai yo`lidan iste`molchiga qarab oraliq bo`g`inlar tugatiladi. 4. Globallashtirish. Tashkilot yo`ldosh aloqa va Internet tarmog`ida foydalanib axborot texnologiyalari yordamida hohlagan joyda va hohlagan paytda ish olib borish mumkin. 5. Konvergensiya (uyg`unlashish). Konvergensiya AATning zamonaviy rivojlanish jarayonining oxirigi bosqichi sifatida ko`rib chiqiladi. Bunda mahsulotlaro va xizmatlar, axborot va dam olish, shuningdek, ovozli, raqamli hamda videosignallarni uzatish kabi ish rejimlari o`rtisidagi farq yo`qoladi. Ma'lumki, axborot texnologiyalari hozirda har bir sohaga o'zining imkoniyatlari, zamonaviyligi bilan kirib bormoqda. Va shu sohalarda aynan axborot texnologiyalari sababli favqulotda o'zgarishlar, tezkor rivojlanishlar bo'lmoqda. Shularni hisobga olgan holda ushbu maqolada axborot texnologiyalaridagi eng asosiy yo'nalishlar va bu yo'nalishda faoliyat olib boruvchi mutaxassislar, ular turlari, vazifalari haqida qisqacha ma'lumot berishga harakat qilamiz. Bu maqola axborot texnologiyalari sohasiga endi qadam tashlayotgan yosh mutaxassislarga, shu soha va soha mutaxassislarining potensial mijozlariga foydali bo'lishi mumkin. Odatda har bir soha o'zining kichik yo'nalishlardan tashkil topgan bo'ladi. Masalan, ta'lim tizimida matematika, fizika, tarix. Sog'liqni saqlashda stomotologiya, gastrologiya, lor va hakazo. Bu yo'nalishlarda ko'plab o'xshash qismlar bilan birga, ular orasida juda katta ularni bir-biridan ajratib turuvchi, bir-birini o'rnini to'ldira olmaydigan muhim attributlari mavjud. Axborot texnologiyalari sohasida ham huddi shunday yo'nalishlar bo'lib, bu yo'nalishlar bir-biridan ular mo'ljallangan texnologiylar, vazifalar, rivojlanish bosqichlari bilan ajralib turadi. Demak, quyida axborot texnologiyalari yo'nalishlarning asosiylari izohlari bilan keltirib o'tilgan: Frontend - ilova, dastur yoki veb saytda yo verstka yo javascript dasturlash tili yoki dasturlsah tilisiz ma'lum bir vazifani bajaruvchi va asosan oddiy foydalanuvchi bilan bevosita har xil turdagi ishlarni bajarishda vositachi, muloqotda bo'luvchi yo'nalish. Bu yo'nalishda asosan internetda har xil xizmatlar yaratilinadi. Bu soha vakillari asosan mijoz "tomonda(brauzerda)" ishlashadi. Ular odatda HTML, CSS, JavaScript, JQuery, Angular.js, React,js dan foydalanishadi. Bekend(backend) - yoki veb-texnologiylar. Bu yo'nalishning asosiy vazifasi foydalanuvchilardan bilvosita ma'lumolarni qabul qilish, qayta ishlash, saqlash va talabga qarab yana qayta yuborishdan iborat, ya'ni bu yo'nalish vakillari ham internetda har xil xizmatlar yaratishadi. Ular PHP, Python, Java, JavaScript(Node.js), C#, MySQL, PostgreSQL yordamida, loyihalarning server tomonida ishlashadi, kod yozishadi. Ularning ishlari oddiy foydalanuvchilarga ko'rinmaydi. Ilovalar - yoki mobil dasturlar yaratish. Bu yo'nalish mutaxassislari smartfon, planshet kabi qurilmalar uchun mobil ilovalar yaratishadi. Bunda hozirda asosan 3 ta asosiy operatsion tizim uchun ilova yaratiladi. Bular: Android, IOS va Windows Phone. Bu yo'nalish vakillar o'z ilovalarini ko'p hollarda Java, Object-C, Swift, C# va ba'zi hollarda JavaScript(Cordova, React Native) yordamida dunyoga keltirishadi. Dizayn - nomidan ham ma'lum bo'lgan bu yo'nalish saytlar, mobil ilovalar, logotiplar, interfeyslar, har xil internet xizmat uchun dizaynlar yaratishdan iborat. Bu yo'nalish mutaxassislarini dizaynerlar deb atashadi. Tizimlash - axborot texnologiyalardagi eng muhim yo'nalish(mutaxassislik)lardan biri. Bu yo'nalishda ishlaydigan mutaxassislar serverlar, ma'lumotlar omborlari, har xil turdagi tarmoqlar, xavfsizlik tizimlarini yaratish, boshqarish, ularni qo'llab-quvvatlash bilan shug'ullanadilar. Testlash - bu yo'nalishning vazifasi biror bir mahsulot yoki xizmatni mijozga yetkazishdan oldin uni tekshirishdan iborat. Bu yo'nalish vakillari dasturlar, mobil ilovalar, saytlarni tekshirish - testlash bilan mashg'ul bo'lishadi. Ular ba'zi hollarda loyihalarni faydalanuvchilarning yuqori, ko'p sonli so'rovlariga bardoshliligini ham aniqlashadi, tekshirishadi. Telekommunikatsiya - internet, televideniya, radio va telefon, ya'ni umuman telekommunikatsiya sohasi. Bu yo'nalishga mobil aloqa sohasini misol qilib ko'rsatish mumkin. Dasturlar - oddiy kompyuter uchun dastur, dasturiy ta'minot yaratish. Bu soha vakillari dasturiy ta'minot yaratish bilan shug'ullanadilar, har xil o'yinlar yaratishlari ham mumkin. Ularning loyihalari to'g'ridan-to'g'ri internet bilan ishlamasligi mumkin. Menedjment - ya'ni bashqaruv. Bu yo'nalish har bir loyihani to'g'ri rejalashtirilishi, uni amalga oshirilishi bilan bevosita bog'liq bo'lib, har qanday loyihaning "o'xshashi" yoki "o'xshamasligi" aynan shu yo'nalish vakillariga to'g'ridan-to'g'ri bog'liq. Ular har xil yo'nalish rahbarlari: kompaniya boshqaruvchilari, loyihani boshqaruvchilar, mahsulotni boshqaruvchilar, ular odamlarni boshqarishlari mumkin, ular loyihalarni boshqarishlari mumkin, ular biznes jarayonlarni boshqarishlari mumkin. Ular asosan loyiha uchun qisman yoki butunlay javobgar bo'lishadi. Ular muhim qarorlar qabul qilishadi, qo'l ostilaridagi boshqa yo'nalish mutaxassislarni boshqarishadi, ularga to'g'ri yo'nalish berishadi. Marketing - piar, reklama, marketing, qidiruv tizimlarida loyihalarni tarqatish, rivojlantirish bilan shug'ullanishadi. Mahsulot yoki xizmatni bozorda tanitish, rivojlantirish, kerak bo'lsa, ishlab chiqaruvchi yoki xizmat ko'rsatuvchilar bilan oddiy foydalanuvchilar yoki mijozlar o'rtasidagi vositachi hamdirlar. Savdo - mahsulot yoki xizmatlarni sotish bilan shug'ullanish. Har bir xizmat, loyiha, biznes jarayonning asosiy bo'g'ini bo'lib, bu yo'nalishda faoliyat olib boruvchilarni asosiy vazifalari mahsulot yoki xizmat uchun mijozlar topish, uni mijozlarga sotish hisoblanadi. Analitika - bu analitikaning har xil turlarIi: tizim analitikasi, ma'lumot analitikasi, biznes-analitika va boshqalar. Bu yo'nalish vakillar kompaniya mahsulot yoki xizmatlarini doimiy ravishda tekshirib borish, kompaniya faoliyat olib boradigan bozorni, kompaniya raqobatchilarini kuzatib borish, kerakli vaqt kompaniyaning mas'ul xodimlariga mahsulot yoki ximat yuzasidan kerakli analitik ma'lumotlarni yetkazishlar kerak bo'ladi. O'z navbatida bu ma'lumotlar mahsulot yoki kompaniya ko'rsatadigan xizmatni rivojlantirish, uni taqdiri, kompaniyaning keyingi istiqboldagi rejalarini tuzish uchun asosiy manba bo'lib xizmat qiladi. Kontent - kontent bilan shug'ullanuvchi mutaxassislar. Masalan: ko'chiruvchilar, mualliflar, jurnalistlar, tarjimonlar, kontent boshqaruvchilar va boshqalar. Boshqalar - yuqoridagi yo'nalishlarga oid bo'lmagan. Yagona shart - bu ishlar axborot texnologiyalariga oid bo'lishi kerak. Dunyo aholisining uchdan bir qismigina axborot texnologiyalari(AT)dan to‘g‘ri foydalana oladi. Bugungi axborot texnologiyalari asrida har bir soha vakili IT bo‘yicha kerakli ko‘nikmalarga ega bo‘lish kerak, chunki har qanday davlat va kompaniya rivojlanishida bu sohaning o‘rni beqiyos. Hozirgi kunda yurtimizda axborot texnologiyalariga bo‘lgan talab yoshlar va aholi o‘rtasida kompyuter savodxonligini oshirishni birlamchi vazifa qilib qo‘ydi. Ularda aniq fanlarni o‘zlashtirishda Xorazmiy, Beruniy, Mirzo Ulug‘bek kabi dunyo tan olgan allomalarimizning geni bor. Ammo qobiliyatning o‘zi yetarli emas. Uni yuzaga chiqarish kerak. Buning uchun esa bolalarda yoshligidanoq axborot texnologiyalariga oid bilim va ko‘nikmalarni shakllantirish, farzandlariga to‘g‘ri yo‘l ko‘rsatuvchi katta yoshlilarning esa kompyuter savodxonligini oshirish zarur. Bunda o‘zbek tilidagi qo‘llanma va videodarsliklarning o‘rni beqiyos. Shu maqsadda bir guruh yosh mutaxassislar «IT-master» nomli AKT bilimlarini tez va oson o‘rgatuvchi o‘quv dasturlari majmuasini yaratishni o‘z maqsad qilib qo‘ydilar. Ushbu o‘quv kompleksi 200 dan oshiq videodars hamda maxsus internet portaldan tashkil topadi va quyidagi mavzularni qamrab oladi: axborot texnologiyalari va ularning ahamiyati; kompyuter va uning qurilmalari; kompyuterda ishlash asoslari; ofis dasturlari; internet, elektron pochta, ijtimoiy tarmoqlar, internet servislar; axborot xavfsizligi va internetda xavfsiz ishlash asoslari; elektron hukumat va davlat interaktiv xizmatlaridan foydalanish; mobil qurilmalar, mobil ilovalar, ulardan samarali foydalanish; maxsus amaliy dasturlarda boshlang‘ich ishlash; ilg‘or axborot texnologiyalariga kirish; dasturlash asoslari. «IT-master» dasturi yoshlarga soha bo‘yicha tushuncha berish bilan bir qatorda, ularning boshlang‘ich kompyuter savodxonligi bo‘yicha bilimlarini oshiradi. Internetda keng tarqalgan, ijtimoiy-axloqiy me’yorlarga zid bo‘lgan negativ axborotlarni farqlash, ulardan saqlanish, internetdan xavfsiz va unumli foydalanish ko‘nikmalarini beradi. Bundan tashqari ushbu loyihada dasturlash asoslari hamda kompyuter grafikasi bo‘yicha boshlang‘ich videodarslar yaratish ko‘zda tutilgan. Ushbu darslarni o‘zlashtirganlar professional AT-mutaxassis bo‘lish uchun boshlang‘ich ko‘nikmalarga ega bo‘lishadi. Keyingi bosqichda esa veb-dasturlash, mobil ilovalar yaratish, 3D grafika va dizayn, kompyuter animatsiyasi, FX va motion grafika kabi aniq yo‘nalishlar bo‘yicha mustaqil bilim olishlari mumkin bo‘ladi. Hozirgi paytda o’quv materiallari, axborotlarni ekranda ko’rsatish imkoni vujudga kelishi va rivojlanishi bilan o’quv jarayonida erishilgan yutuqdan foydalanish keng yoyilib bormoqda. Zamonaviy axborot texnologiyalarni o’quv jarayoniga tatbiq etilishi, iqtisodiy samara berish bilan birga ta’limda yangicha o’quv metodlarini keng ravishda qo’llashga imkoniyat yaratib beradi. Maxsus ixtisoslashtirilgan auditoriyalar, chunonchi, kompyuter, televizor, videomagnitofon bilan ta’minlangan auditoriyalarda dars o’tish borgan sari ommalashib bormoqda. Hatto uni alohida videometod sifatida talqin etilmoqda. Ayniqsa, o’quv jarayoniga kompyuterning kirib kelishi barcha didaktik funktsiyalarni muvafaqqiyatli bajarish imkoniga ega videometodni keng qo’llash imkonini beradi. Buning natijasida uni kompleks didaktik texnologiya deb ham atalmoqda. U: o’quvchi talabalarga o’rganayotgan mavzusi, hodisa, jarayon, faoliyat bo’yicha to’liq, ishonchli axborot berish; o’quv jarayonida ko’rgazmalilikning rolini oshirish; talaba, o’quvchilarni xohish, talab, ehtiyojlari, qiziqishlarini qondirish; o’qituvchining o’quvchi, talabalarning bilimini, ko’nikmalarini sinash bilan bog’liq texnik ishlardan ozod qilish, samarali aloqa o’rnatish; talabao’quvchilarni o’zlashtirishi bo’yicha ob’ektiv hisobot, to’la va uzluksiz nazoratni tashkil etish imkonini beradi. Dars jarayonida axborot texnologiyadaridan foydalanishda asosiy o’rinda multimedia turadi. Multimedia informatikaning dasturiy va texnikaviy vositalari asosida audio, video, matn, grafika, animatsiya (ob’ektlarning fazodagi, ekrandagi harakati) jadvallari asosida o’quv materiallarini o’quvchi, talabalarga etkazib berishning mujassamlashgan holdagi ko’rinishidir. ANIMATsIYa Multimedia rivojlanayotgan zamonaviy axborot texnologiyasidir. Uning ajralib turuvchi belgilariga quyidagilar kiradi: 1. Axborotning xilmaxil turlari: an’anaviy: matn, jadvallar, bezaklar, grafiklar, diagramma va boshqalar. Original turlar: nutq, musiqa, videofilmlardan parchalar, telekadrlar, animatsiya va boshqalarni bir dasturiy mahsulotda integratsiyalaydi. Bunday integratsiya turli qurilmalar yordamida amalga oshiriladi. Mutimediada ishlashning quyidagi afzalliklari bor: berilayotgan materiallarni chuqurroq va mukammalroq o’zlashtirish imkoni yaratiladi; ta’lim olishning yangi sohalari bilan yaqindan aloqa yanada ortadi; ta’lim olish vaqtining qisqarishi natijasida vaqtni tejash imkoni yaratiladi; olingan bilimlar nisbatan kishi xotirasida uzoq muddat saqlanib, kerak bo’lganda amaliyotda qo’llash imkoniga erishiladi. POWER POINT dasturi multimedia tayyorlashda juda katta imkoniyatlarga ega. Ulardan foydalanib, turli mavzularda multimedia tayyorlash va dars jarayonida qo’llash keng yoyilib bormoqda. Natijada keyingi paytda alohida videometod sifatida pedagoglar tomonidan ajratib ko’rsatilmoqda. Multimediadan o’quv jarayonida foydalanishning rivojlanishi turlituman multimedia mahsulotlarini, oxiroqibatda elektron darsliklar paydo bo’lishiga olib keldi. Ikkinchi tomondan, axborot texnologiyalarini rivojlanishi internet tarmoqlaridan keng foydalanishga yo’l ochdi. Shu bilan birga, multimedia vositalaridan keng foydalanishda ayrim ob’ektiv muammolar ham mavjud. Ulardan eng asosiysi, zarur kompyuter dasturlarining etishmasligidir. Qator mavzularni qamrab olgan, real hayotga yaqinlashtirilgan RUSE (AQSh ), MEKOM (Rossiya) va boshqa dasturlar mavjud. Ulardan foydalanib, kompyuterlarda ishlash, talabalar o’rtasida konkurslar o’tkazish mumkin. Lekin hali bizda ana shu dasturlarga o’xshash iqtisodiyotni o’rganadigan, qo’llangan choratadbirlarning natijasini qanday bo’lishi mumkinligini taxmin qilish imkonini beradigan dasturlar yaratilgani yo’q. Undan tashqari, hozircha bizda iqtisodiy fanlardan dars o’tishda qo’llash mumkin bo’lgan o’quv videofilmlari juda kam. Lekin ularni talabalar bilan birgalikda yaratish mumkin. Keyingi paytda masofadan o’qitishning borgan sari yoyilib borishi, darslik, qo’llanmalarning elektron versiyalarini yaratilishi, o’qitish jarayonida kompyuterlardan yanada kengroq foydalanishga olib keladi. Xulosa Hozirgi vaqta mamlakatimizning barcha sohalarida tizimlashtirish jarayoni jaddalik bilan rivojlanmoqda. Bu jarayonlarda axborot ta’minotining o’rni katta. Avtomatlashtirilgan axborot tizimi ta’minlovchi va funksional qismlarga ega. Ta’minlovchi qism o’z navbatida axborot ta’minotidan tashkil topadi. Axborot ta’minoti texnik, matematik, dasturiy, tashkiliy, huquqiy va lingvistik ta’minotdan iborat bo‘ladi. Axborot ta’minoti — tashkilotda aylanib yuruvchi axborotlarni tashkil etish shakli, joylashtirilish hajmi (axborotni tasniflash va kodlashtirish, hujjatlarni unifikatsiyalashgan tizimi, axborot oqimlarining yagona tizimi) bo‘yicha loyiha qarorlarining, shuningdek, ma’lumotlar bazasi tuzilish uslubining majmuidir. U ko‘rsatkichlarni, ma’lumotnomalarni axborotni tasniflovchi hujjatlarning unifikatsiyalashgan tizimini, tashuvchi vositalardagi axborotlarni o‘z ichiga oladi. Texnik ta’minot. Texnik ta’minot — axborot tizimi ishi uchun mo‘ljallangan texnik vositalar kompleksi, shuningdek, ushbu vositalar va texnologik jarayonlarga tegishli hujjatlardir. Matematik ta’minot. Matematik ta’minot — axborot tizimida vazifalarni hal etishda foydalaniladigan axborotlarni qayta ishlash algoritmi, modellari, matematik uslublari majmui. Dasturiy ta’minot — bu axborot tizimining maqsad va vazifalarini amalga oshirish uchun dasturlar majmui, shuningdek texnik vositalar kompleksining me’yorida ishlab turishi demakdir. Dasturiy ta’minot tarkibiga umumiy tizimli va maxsus dasturli mahsulotlar, shuningdek texnik hujjatlar, jumladan: operatsion tizimlar, dasturlash tizimi, dasturchining asbob-uskuna vositasi, test va tashxis dasturlari, telekommunikatsiyaning dasturiy vositasi, axborotni himoyalash, funksional dasturiy ta’minot (avtomatlashtirilgan ish joylari, ma’lumotlar bazalarini boshqarish tizimi va hokazo) kiradi. Download 43.15 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
ma'muriyatiga murojaat qiling