Texnologiyalari universiteti 021-18 guruh talabasi N. R. Axmedov «Radioto‘lqinlarning yo‘qotishlar mavjud bo‘lmagan muhitda tarqalishi»


Download 0.68 Mb.
bet2/8
Sana25.12.2022
Hajmi0.68 Mb.
#1065767
1   2   3   4   5   6   7   8
Bog'liq
Muhammad al-xorazmiy nomidagi toshkent

Kanallar va to‘lqinlarning tarqalishi



Radiochastotalarning tasniflanishi. Barcha aloqa tizimlari odatda uzatiladigan alohida yoki guruhli signal bilan modulyatsiyalangan garmonik YUCh tebranishlar ko‘rinishidagi (sinusoidal) radiosignallarni ishlatadi. Har bir aloqa liniyasiga ma’lum polosa ajratiladi. Ajratilgan polosaning o‘rta chastotasi uzatuvchi radiostansiyaning nominal chastotasi deyiladi. Xalqaro radioaloqa reglamentiga muvofiq radiochastotalar 9ta diapazonlarga bo‘lingan, ularda radioto‘lqinlarning tarqalishi sharoitlari bir xil va 4 dan 12 gacha nomerlar bilan belgilanadi. N nomerli diapazon pastdan 0,3 · 10N Gs va yuqoridan 3 · 10N Gs chastota bilan chegaralangan. Diapazonlarga quyidagi nomlar berilgan (1.1- jadval).
Bu yerdan ko‘rinib turibdiki, diapazonning nomeri ortishi bilan chastotalar diapazoni kengligi oshadi, masalan: 4da Δf4=27 kGs,
12da esa Δf12=2700 kGs. Diapazonning chegaralarida radioto‘lqinlarning tarqalishi sharoitlari taxminan bir xil. Uzatish joyidan qabul qilish joyiga xabarlarni tashish uchun radioaloqa liniyasining ishchi chastotasi yoki tashuvchi chastota quyidagi talablarni hisobga olish orqali tanlanadi:

  • Ishlaydigan, nurlanishlari rejalashtiriladigan liniyaning kerakli punktlarida radioqabul qilishga halaqit qiladigan radiostansiyalarning mavjud emasligi;

  • Bu chastotada ishlashi yangi uzatkichni ishlashiga halaqit qilishi mumkin bo‘lgan radioaloqa va uzatish tizimlarining mavjud emasligi;

  • Tanlanadigan chastota mavjud radiochastotalarni taqsimlanishi rejalarini bo‘yicha bu radioaloqa turi uchun ajratilgan diapazonda bo‘lishi kerakligi;

  • Uzatiladigan radiosignallar spektri kengligiga mos keladigan etarlicha katta keng chastotalar polosalarini egallash imkoniyati bo‘lishi kerakligi.

Keltirilgan talablarni tahlil qilish bilan ko‘rsatish mumkinki, ko‘p kanalli radiokanalni qurish barcha 9ta diapazonlarning hammasida ham maqsadga muvofiq bo‘lavermaydi. Masalan, 4 diapazonda AM qo‘llanilganda faqat 3- kanalli TLF radioliniyalarini tashkil etish mumkin Ftlf= 0,3 ÷ 3,4 kGs, Δfp = 8 kGs, Δf4 = 27 kGs). Bu diapazonda hatto bitta uzatish (ΔFuzat= 15 kGs) va TV FTV= 6 MGs) kanalini yuqori sifatli uzatilishini tashkil etish


mumkin emas. TV uzatish uchun 8 diapazon, radioeshittirish uchun, ko‘p kanalli radioliniyani tashkil etish uchun esa odatda UQT diapazon (8 va undan yuqori diapazonlar) ishlatiladi. RRL ko‘p kanalli hisoblanadi, u holda tashuvchi chastotalar ESY orqali aloqa tizimlarida bo‘lganidek UQT diapazonida tanlanadi.
Radioto‘lqinlarning umumiy xossalari. Radioto‘lqinlar tarqalishi jarayonida qator sabablarga bog‘liq bo‘ladigan so‘nishga uchraydi. Uzatkichdan uzoqlashishi bilan energiya yanada katta hajmda tarqaladi, natijada, energiya oqimining zichligi kamayadi.


1.1- jadval
Radiochastotalar diapazonlari

Chastotalar

To‘lqin uzunliklari

To‘lqin uzunligining metrik nomi

Chastotalar diapazoni nomi

To‘lqinlar nomi diapazoni

4 - 3...30
kGs

100...10
km

Miriametrli

Juda past (JPCH)

O‘ta uzun (O‘UT)

5 – 30...300
kGs

10...1 km

Kilometrli

Past (PCH)

Uzun (UT0

6 0,3..3
MGs

1km 100
m

Gektometrli

O‘rta (O‘CH)

O‘rta (O‘T)

7 3...30
MGs



100...10 m



Dekametrli



YUqori (YUCH)



Qisqa (QT)

8 30...
300MGs

10...1 m

Metrli

Ultra yuqori (UYUCH)

Ultra qisqa (UQT)

9 0,3...3
GGs

1 m...1 dm

Detsimetrli

O‘ta yuqori (O‘YUCH)

10 – 3..30
GGs

10...1 sm

Santimetrli

Juda yuqori (JYUCH)

11 – 30..
300 Gs

10...1 mm

Millimetrli

12 300...
3000 GGs

1... 0,1
mm

Detsimillimetrli



Radioto‘lqinlar tarqaladigan muhit ham ularning so‘nishini keltirib chiqaradi. Bu issiqliq yo‘qotishlari tufayli energiyaning yutilishi va yer sharining qavariqligi yoki yerdagi do‘ngliklar ko‘rinishidagi to‘siqlardan aylanib o‘tishida to‘lqin maydoni kuchlanganligining kamayishiga bog‘liq. Elektromagnit to‘lqin elektr va magnit maydonlardan tashkil topgan (1.7- rasm).



1.7- rasm. Elektromagnit to‘lqinning tuzilishi


Fazoning har bir nuqtasida to‘lqining E elektr maydon kuchlanganligi vektori N magnit maydon kuchlanganligi vektoriga perpendikulyar va har ikkala vektorlar ham to‘lqinning tarqalishi yo‘nalishiga perpendikulyar bo‘ladi. Radioto‘lqinlarning tarqalishi quyidagi ma’lum qonunlarga bo‘ysunadi:

  • Bir jinsli muhitda to‘g‘ri chiziqli tarqalish, ya’ni xossalari barcha nuqtalarida bir xil bo‘lgan muhitda tarqalishi.

  • Bitta muhitdan boshqasiga o‘tishda qaytish va sinish. Tushish burchagi qaytish burchagiga teng.

  • Difraksiya. O‘z yo‘lida tiniqmas jismga duch kelish bilan radioto‘lqinlar undan aylanib o‘tadi. Difraksiya to‘siqning geometrik o‘lchamlari va to‘qin uzunliklari nisbatlariga bog‘liq ravishda turli darajalarda namoyon bo‘ladi.

  • Refraksiya. Xossalari nuqtadan-nuqtaga asta-sekin o‘zgaradigan bir jinsli bo‘lmagan muhitlarda radioto‘lqinlar egri chiziqli traektoriyalar bo‘yicha tarqaladi. Muhitning xossasi qanchalik keskin o‘zgarsa, traektoriyaning egriligi shunchalik katta bo‘ladi.

  • To‘liq ichki qaytish. Agar optik zichroq muhitdan kam zichlikli muhitga o‘tishda tushish burchagi qandaydir chegaraviy qiymatdan oshsa, u holda nur ikkinchi muhitga o‘tmaydi va muhitlarning chegarasidan to‘liq qaytadi. Chegaraviy tushish burchagi to‘liq ichki qaytish burchagi deyiladi.




  • Interferensiya. Bu hodisa fazoda bir qancha to‘lqinlarning qo‘shilishida kuzatiladi. Fazoning turli nuqtalarida qo‘shiladigan to‘lqinlarning fazalari nisbatiga bog‘liq ravishda natijaviy to‘lqin amplitudasining ortishi yoki kamayishi kuzatiladi.

Yer sirtida tarqaladigan va yer sharining qavariqligi qisman og‘diradigan difraksiya tufayli radioto‘lqinlar sirt to‘lqinlari deyiladi. Sirt to‘lqinlarining tarqalishi yer shari sirtining xossalariga kuchli bog‘liq bo‘ladi. Atmosferada yuqori balandliklarda tarqaladigan va atmosferaning bir jinslimasliklari tufayli yerga qaytadigan radioto‘lqinlar fazoviy to‘lqinlar deyiladi.

Download 0.68 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling