Texnologiyalari universiteti shaxsiy topshiriq -4
Download 0.74 Mb. Pdf ko'rish
|
ehhhhh
O’ZBEKISTON RESPUBLIKASI AXBOROT TEXNOLOGIYALARI VA KOMMUNIKATSIYALARINI RIVOJLANTIRISH VAZIRLIGI MUHAMMAD AL-XORAZMIY NOMIDAGI TOSHKENT AXBOROT TEXNOLOGIYALARI UNIVERSITETI Shaxsiy topshiriq -4 Fan nomi: Ehtimollar va statistika . Bajardi: Shokirov Akbarshoh Tekshirdi: Begimqulov Fozil Toshkent 2023 11-variant 3-SHAXSIY TOPSHIRIQ TANLANMANING BOSHLANGʻICH STATISTIK TAHLILI. Tanlanmani boshlangʻich statistik tahlilida – tanlanma oʻrganish uchun qulay holatga keltiriladi. Buning uchun birinchi navbatda tanlanma hajmi va tanlanmada qatnashgan elementlarning minimum va maksimumlariga eʼtibor beriladi. Ushbu kattaliklarga qarab variatsion qator tuziladi. Variatsion qatorlar 3 turga boʻlinadi: 1. Ranjirlangan variatsion qator; 2. Diskret variatsion qator; 3. Oraliqli variatsion qator. Taʻrif 1. Tanlanma hajmi n kichik boʻlganda bu tanlanmaning alohida qiymatlari x1,x2,…,xn larni o‘sish (yoki kamayish) tartibida joylashishidan hosil boʻlgan x(1)≤x(2)≤x(3) ≤…..≤x(n) qatorga ranjirlangan variatsion qator deyiladi. Misol. Tasodifiy ravishda potokdagi 5 ta talabadan oldingi semestrda matematikadan olgan ballarini surishtirdik natijada faraz qilaylik: 81; 76; 93; 62; 71 sonlar hosil boʻldi deylik. Ushbu maʼlumotlar tanlanma toʻplam boʻlib, tanlanma hajmi n=5 kichik boʻlgani uchun bu sonlarni oʻsish tartibida tartiblashtirishdan hosil boʻlgan: 62; 71; 76; 81; 93 qator ranjirlangan variatsion qator boʻladi. Taʼrif 2. Agar tanlanma hajmi n katta, tanlamada qatnashgan xmin va xmax lar oʻrtasidagi farq esa kichik boʻlsa, u holda tanlanmada qatnashgan 𝑥𝑖 variantalar va ularning takrorlanganlik chastotalari 𝑛𝑖 lar keltirilgan qatorga diskret variatsion qator deyiladi. 15-variant D tanlamaning F1 ustuni boʻyicha 1) Variatsion qator tuzilsin; 2) Tanlanma oʻrta qiymat; 3) Tanlanma dispersiya; 4) Tanlanma oʻrtacha kvadratik chetlanish; 5) Moda; 6) Mediana lar hisoblansin. D tanlamaning F1 ustuni boʻyicha 1) F1 ustun 46, 75, 63, 56, 70, 67 sonlardan iborat, ularni oʻsish yoki kamayish tartibida tartiblashtirib chiqamiz: 46, 56, 63, 67, 70,-75ranjirlangan variatsion qator; Tanlanma o`rta qiymati: X o`rtacha=(x1+x2+…+xn)/n=(46+56+63+67+70+75)/6=62.83 Tanlanma dispersiyasi : 𝑆̅²=( x1 ² +x2 ²+…..+xn²)/n-(( x1+x2+…+xn)/n) ²=91.55 Tanlanma oʻrtacha kvadratik chetlanish: 𝑆 =√𝑆 ²=√91.55=9.5681 Ranjirlangan variatsion qatorlarda Moda aniqlanmaydi 6) Mediana, tanlanma hajmi juft boʻlgani uchun: Me=(63+67)/2=65; A tanlanma boʻyicha: 1) Variatsion qator tuzilsin; 2) Nisbiy chastotalar aniqlansin; 3) Yigʻma chastotalar aniqlansin; 4) Variatsion qator poligoni chizilsin; 5) Variatsion qator gistogrammasi chizilsin; 6) Emperik funksiya taqsimoti tuzilsin; 7) Emperik funksiya taqsimoti grafigi chizilsin; 8) Tanlanma oʻrta qiymat hisoblansin; 9) Tanlanma dispersiya hisoblansin; 10) Tanlanma oʻrtacha kvadratik chetlanish hisoblansin; 11) Moda topilsin; 12) Mediana topilsin Quyidagicha yordamchi jadval toʻldirib olamiz: Ushbu jadvalda yuqorida qoʻyilgan 1),2),3) savollarga javob berildi. 4) Variatsion qator poligoni: Buning uchun variatsion qatordagi nisbiy chastotalar ustunini ajratib olib, Excel → Вставка → Диаграммы → График → График с маркерами buyruqlaridan foydalanamiz: zarur yozuvlar va bezashlar kiritib, quyidagicha variatsion qator poligoniga ega boʻlamiz 5) Variatsion qator gistogrammasi: 7) Emperik taqsimot funksiya grafigini chizish uchun, yigʻma chastotalar ustunidagi ajratib koʻrsatilgan sonlar massivi uchun gistogramma chizishda qilingan ishlar ketma-ketligini amalga oshirsak boʻladi: 8) Tanlanma oʻrta qiymat - 𝑥̅ni hisoblaymiz: Excel → 𝒇𝒙 → категория oynasidan → статистические → СРЗНАЧ → Число1 → tanlanma maʼlumotlari kiritilgan yacheykalar oʻrnini koʻrsatish kifoya (izoh: ajratib koʻrsatishda boʻsh yacheykalarni ham kirishi natijaga taʼsir qilmaydi, dastur ularni 0 emas, balki hech narsa yoʻq deb qabul qiladi) 9) Tanlanma dispersiyani hisoblashni quyidagicha formula bilan amalga oshirish mumkin, buning uchun zarur boʻlgan barcha hisoblashlarni jadvalda topib qoʻyganmiz: Excel → 𝒇𝒙 → категория oynasidan → статистические → ДИСП.Г → Число1 → tanlanma maʼlumotlari kiritilgan yacheykalar oʻrnini koʻrsatish kifoya 10) Tanlanma oʻrtacha kvadratik chetlanish 11) Moda Diskret variansion qatorda eng kata chastotaga ega boʻlgan 𝑥𝑖 variantaga teng boʻladi: 12) Mediana – Me. Tanlanma hajminig yarmi toʻgʻri keladigan 𝑥𝑖 variantaga teng boʻladi. Excel → 𝒇𝒙 → категория oynasidan → статистические →МОДА.ОДН→ Число1 → tanlanma maʼlumotlari kiritilgan yacheykalar oʻrnini koʻrsatish kifoya Shunday qilib A tanlanma boʻyicha Excelda qilingan hisoblashlar bor yoʻgʻi bir varroqni tashkil etadi: Download 0.74 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling