Texnologiyalari univesiteti urganch filiali kompyuter injineringi


Download 82.53 Kb.
bet4/6
Sana28.12.2022
Hajmi82.53 Kb.
#1020790
1   2   3   4   5   6
Bog'liq
Malumotlar butunligini Axborotni himoyalash Mustaqil ish

1. Axborot xavfsizligi strategiyasi.
2. Axborot xavfsizligi siyosati.
Axborot xavfsizligi boʻyicha tadbirlar kompleksining asosini axborot himoyasining strategiyasi tashkil etishi lozim. Unda ishonchli himoya tizimini qurish uchun zaruriy maqsadlar, mezonlar, prinsiplar va muolajalar aniqlanadi. Axborot himoyasi umumiy strategiyasining muhim xususiyati xavfsizlik tizimini tadqiqlashdir.
Axborot xavfsizligi himoya vositalari fizik, apparat, dasturiy, kriptagarafik vositalardan tashkil topgan.
Fizik. Himoyalangan axborotga begona shaxslarning kirishini taqiqlovchi fizik to‘siqlar yaratish.
Fizik, apparatli, dasturli va hujjatli vositalarni o‘z ichiga oluvchi barcha axborot tashuvchilarga kompleks holda himoya obyekti sifatida qaraladi. Odatda, so‘nggi vaqtlarda axborotdan foydalanish, saqlash, uzatish va qayta ishlashda turli ko‘rinishdagi axborot tizimlarida amalga oshirilmoqda. Axborot tizimi – bu odatda matnli yoki grafik axborotlarni yig‘ish, saqlash, qidirish va qayta ishlashga mo‘ljallangan amaliy dasturiy, ba’zan esa apparat-dasturiy nimtizimdir. Ma’lumotlarning axborot tizimida mavjud bo‘lishining moddiy asosi bu elektron va elektron-mexanik qurilmalar, shuningdek axborot tashuvchilardir. Axborot tashuvchilari sifatida qog‘oz, magnit va optik tashuvchilar, elektron sxemalar foydalanilishi mumkin. Demak, qurilma va nimtizimlarni hamda axborot tashuvchilarini himoya qilish zarur. Turli axborot tizimlarida foydalanuvchilar xizmat ko‘rsatuvchi personal hisoblanib, axborot manbai va tashuvchilari bo‘lishi mumkin. Shuning uchun himoya obyekti tushunchasi keng ma’noda talqin etiladi. Himoya obyekti deganda nafaqat axborot resurslari, apparat va dasturiy vositalar, xizmat ko‘rsatuvchi personal va foydalanuvchilar, balki bino hamda u joylashgan hudud ham tushuniladi. Axborotni muhofaza qilishning asosiy obyektlariga quyidagilar kiradi: – davlat sirlari bilan bog‘liq va konfedensial ma’lumotlarni o‘zida saqlovchi axborot resurslari; – vositalar va axborot tizimlari (hisoblash texnikasi vositalari, tarmoqlar va tizimlar), dasturiy vositalar (operatsion tizimlar, ma’lumotlar bazalarini boshqarish tizimlari, amaliy dasturiy ta’minot), avtomatlashtirilgan boshqaruv tizimlari, aloqa va ma’lumotlarni uzatish tizimlari, ruxsati chegaralangan axborotni qabul qilish, uzatish va qayta ishlash texnik vositalari (ovoz yozish, ovoz kuchaytirish, ovoz eshitish, so‘zlashuv va televizion qurilmalar, hujjatlarni tayyorlash, ko‘paytirish vositalari hamda boshqa grafik, matn va harfli-raqamli ma’lumotlarni qayta ishlash vositalari), konfedensial va davlat sirlari toifasiga oid bevosita qayta ishlovchi tizim va vositalar. Bunday tizim va vositalarni ko‘pincha axborotlarni qabul qilish, qayta ishlash va saqlash texnik vositalari (AQITV) deb atashadi.

Kriptografiya axborotni ruxsatsiz kirishdan himoyalab, uning maxfiyligini ta’minlaydi. Masalan, to‘lov varaqlarini elеktron pochta orqali uzatishda uning o‘zgartirilishi yoki soxta yozuvlarning qushilishi mumkin. Bunday hollarda axborotning yaxlitligini ta’minlash zaruriyati paydo bo‘ladi. Umuman olganda kompyutеr tarmog‘iga ruxsatsiz kirishning mutlaqo oldini olish mumkin emas, lеkin ularni aniqlash mumkin. Axborotning yaxlitligini tеkshirishning bunday jarayoni, ko‘p hollarda, axborotning haqiqiyligini ta’minlash dеyiladi. Kriptografiyada qo‘llaniladigan usullar ko‘p bo‘lmagan o‘zgartirishlar bilan axborotlarning haqiqiyligini ta’minlashi mumkin.


Nafaqat axborotning kompyutеr tarmogidan ma’nosi buzilmasdan kеlganligini bilish, balki uning muallifdan kеlganligiga ishonch hosil qilish juda muhim. Axborotni uzatuvchi shaxslarning haqiqiyligini tasdiqlovchi turli usullar ma’lum. Eng univеrsal protsеdura parollar bilan almashuvdir, lеkin bu juda samarali bo‘lmagan protsеdura. Chunki parolni qo‘lga kiritgan har qanday shaxs axborotdan foydalanishi mumkin bo‘ladi. Agar ehtiyotkorlik choralariga rioya qilinsa, u holda parollarning samaradorligini oshirish va ularni kriptografik usullar bilan himoyalash mumkin, lеkin kriptografiya bundan kuchliroq parolni uzluksiz o‘zgartirish imkonini bеradigan protsеduralarni ham ta’minlaydi.  Axborotlarni kriptografiyali himoyalash tamoyillari
ma’lumotlarni o‘zgartirish usullarining to‘plami bo‘lib, ma’lumotlarni himoyalash bo‘yicha quyidagi ikkita asosiy muammolarni hal qilishga yo‘naltirilgan: maxfiylik, yaxlitlilik. Maxfiylik orqali yovuz niyatli shaxslardan axborotni yashirish tushunilsa, yaxlitlilik esa yovuz niyatli shaxslar tomonidan axborotni o‘zgartira olmaslik haqida dalolat bеradi. Kriptografiyaning vazifasi xabarlarning maxfiyligini va haqiqiyligini ta’minlashdan iborat. Kriptotahlilning vazifasi esa kriptograflar tomonidan ishlab chiqilgan himoya tizimini ochishdan iborat.

Download 82.53 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling