Texnologiyalari


S ixtiyoriy informatsion jarayonlarni tekshirish; •S


Download 1.98 Mb.
bet4/134
Sana02.01.2022
Hajmi1.98 Mb.
#184018
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   134
Bog'liq
axborat

S ixtiyoriy informatsion jarayonlarni tekshirish;

S informatsion jarayonlarni tekshirish natijasida olingan ma’lumotlar bazasini qayta ishlash uchun eng yangi texnika texnologiyalarini yaratish va takomillashtirish;

v jamiyatning barcha sohalarida kompyuter texnikasi va texnologiyasidan unumli foydalanishning ilmiy va muhandislik muammolarini yechish.

Axborot texnologiyalari - rivojlanish uchun zamonaviy vositalami o‘z ichiga oladi va quyidagilardan tashkil topadi:

Kompyuter apparat vositalari (hardware) - fizik qurilma bo‘lib, axborotlami kiritish, qayta ishlash va axborot tizimlarida tayyor mahsulotlami ishlab chiqarishda foydalaniladi. Kompyuter apparat vositalari o‘z ichiga quyidagilami oladi: turli xil o'lchamdagi va formadagi komyuterlar (mobil qurilmalar); kiritish va saqlash quriimalari; kompyuterlami o‘zaro birlashtiruvchi telekommuni- katsiya quriimalari.

Dasturiy ta’minot (software) axborot tizimlarini tashkil etuvchi kompyuteming apparat vositalarini boshqarish va muvofiq- lashtirish uchun xizmat qiladi.

Ma'lumotlami qayta ishlash texnologiyasi - dasturiy ta’minotdan iborat bo‘lib, axborotlami saqlovchi va uzatuvchi fizik qurilmalami boshqaradi.

Telekommunikatsiya va tarmoq texnologiyasi - dasturiy ta’minot va fizik qurilmalardan tashkil topgan bo'lib, apparat qurilmalami birlashtiradi hamda ma’lumotlami bir joydan boshqa joyga uzatish imkonini yaratadi. Kompyuter va kommunikatsiya quriimalari tarmoq yordamida birlashtiriladi va rasmli, ovozli, video ma’lumotlarini uzatishda foydalaniladi2.

Axborot texnologiyalari keng ma’noda insoniyat faoliyatining barcha sohalarida axborotni kompyuter va telekommunikatsiyalar yordamida qayta ishlash, saqlash, uzatish bilan bog‘liq bo’lgan sohadir.

Axborotning eng asosiy turlaridan biri - iqtisodiy axborot. Lining farqli tomoni shundaki, u odamlaming katta jamoalari bilan.

tashkilotlar bilan, korxonalar va shu singari boshqa iqnsodiy slrukturalardagi boshqarish jarayonlari bilan bogdiqligidadir. Iqlisodiy axborot - bu ishlab chiqaradigan va ishlab chiqarmaydigan sohalardagi, odamlar jamoasidagi ijtimoiv - iqlisodiy jarayoniarni aks ettiruvchi va ularm boshqarish uchun xi/mat qiluvchi axborotlar to‘plamidir.

Axborotning amalda qodlanilishi zarur sharti uning o‘z vaqtidaligi va adekvatiigidir. Adekvatlik bu olingan axborot asosida qurilgan obrazning haqiqiy obyektga qanc'halik mosligini beradi va u uchta formada ifodalanadi:

S Sintaktik adekvatlilik - bu axborotni uzatish tezligi, aniqligi, kodlashtirish tizimi, tashqi ta’sirlaming mavjudligi va shu kabi jarayonlardan iborat.

S Semantik adekvatliligi - uzatiladigan axborotning ma’naviy larkibi, obyekt obraziga va haqiqiy ko‘rinishiga mos kelishligi hisobga oiinadi.

Y Pragmatik adekvatliligi - olingan axborotning asosiy boshqariladigan jarayon bilan mos kelishini belgilaydi.

Bularni yanada yaxshiroq tasavvur etish uchun hayotiy bir misol olamiz. Faraz qilaylik, siz avtomobil bozorida ishlovchi lirmada menejer bo‘lib ishlaysiz va avtomobil texnikasini namoyish etuvchi ko‘rgazmaga taklifnoma oldingiz. Bu laklifnomada ko‘rgazma bo‘ladigan vaqt, joyi, ishtirokchilar tarkibi lo‘g‘risidagi ma’lumotlar bodishi mumkin. Agar ko‘rgazma yopilgandan so‘ng bu taklifnomani olganingizda u sizga kerak bod may qolardi. Olz vaqtida emasiigi sababli foydalanib bolmaydi.

Sintaktik adekvatlik talablarini bajarish uchun taklifnoma blankasi butun bodishi, qattiq qog‘ozdan tayyorlanganligi, shriftlaming oson o‘qiladiganligini ta’minlaymiz. Ya’ni bu yerda biz faqat axborotni uzatish jarayoni to‘g‘risida bosh qotiramiz va unda nima yozilganligi dolzarb emas, ya’ni xatolari yo‘q deb qabul qilamiz. Semantik adekvatlik bizdan taldifhomadagi xabaming haqiqatga mos kelishini talab qiladi. Bu ma’noda pavillion tartib raqamlari, ishtirokchilar nomlari, tadbirning bodish vaqti kabilar mos kelishi tekshiriladi.


Pragmatik adekvatlik taklifnomadagi ma’lumotlaming foydaliligi bilan aniqlanadi. Ya’ni, taklifiiomadan foydalanib, kerakli ko‘rgazma zalini tez va vaqtida topa olsangiz - o‘z vaqtingizni tejagan va asablaringizni asragan bo‘lasiz.

Oldinlari qo‘lda bajariladigan amallar ya’ni mijozning kreditini tekshirish, buyurtmalami qabul qilish, hisoblami amalga oshirish kabi ishlar hozirda axborot texnologiyalari yordamida bu jarayonlarni avtomatlashtirish imkonini yaratmoqda. Axborot texnologiyalari axborot oqimlarini o‘zgartirib ko'pchilik foydalanuvchilarga ma’lumotlardan foydalanish va boshqalar bilan bo‘lishish imkoniyatini yaratmoqda. Bu esa qaror qabul qilishni tezlashtirmoqda. Yangi axborot texnologiyalari biznes modellami qo‘llab-quvvatlab kelmoqda. Amazon saytidan elektron kitoblami onlayn o‘qish va sotib olish, iTunes yordamida musiqalami ko‘chirib olish hozirgi kunda zamonaviy axborot texnologiyalari vositalari hisoblanadi3.

Ishlab chiqarish kuchlari imkoniyatlari, hamda fan-texnika yuqori cho‘qqilarga ko‘tarilgan zamonida ham axborot o‘ta muhim ahamiyatga ega tovar sifatida namoyon bo‘ladi. Endi yangi ma’lumot yoki bilimlami yaratuvchi bir qator mutaxassisliklar mavjudki, muayyan shaxs, tashkilot, tarmoq xatto davlatlar taqdiri va salohiyati ulardan o‘z vaqtida olingan sifatli ma’lumotlarga bog‘liq desak mubolag‘a bo‘lmaydi. Bu mutaxassislami kuch- qudrati bir tomondan o‘z sohalaridagi yuqori malakasi bilan belgilansa, ikkinchi tomondan kompyuterlar zamonaviy axborot texnologiyalami o‘zlashtirganliklarida namoyon bo‘ladi. Haqiqatan ham kompyuter zamonaviy axborot texnologiyalami qayta ishlashda katta ahamiyatga ega bo‘lib, uning imkoniyatlarini kengaytirishda yordamchi qurilmalardan foydalaniladi. Ko‘p hollarda kompyuterga kiritiladigan axborot bilimlar yoki ma’lumotlar bazasi sifatida namoyon bo‘ladi, unda hosil qilingan axborot esa o‘z iste’molchisiga ega bo‘lgan yuqori baholarga ega tovar sifatida qadrlanadi.

Kompyuterlar imkoniyatlari takomillashuvi, hamda ishlab chiqarish va hayotni turli sohalariga intensiv tarzda kirib borishi mos fan sohasini, ya’ni “Axborot texnologiyalari” fani predmetini bir necha bor tubdan yangilanishiga olib kelgan. Hozirgi kunda kompyuter va unga mos dasturiy ta’minot bazasi imkoniyatlari bu lanni o‘qitishda har bir soha mutaxassislariga muayyan bilim va ko‘nikmalar majmuasini belgilash imkonini beradi va taqozo qiladi.

  1. Axborot resurslarini yaratish jarayonlari

0‘zbekiston Respublikasining 2002-yil 12-dekabrdagi 439-11 son “Axborot erkinligi prinsiplari va kafolatlari to‘g‘risida”gi Qonuniga binoan, axborot - manbalari va taqdim etilish shaklidan qat’iy nazar shaxslar, predmetlar, faktlar, voqealar, hodisalar va jarayonlar to‘g‘risidagi ma’lumotlardir.

Axborot keng qamrovli tushuncha bo‘lib, unga quyidagicha ta’riflar berish mumkin:

  1. Dalil, voqea, hodisa, predmet, jarayon kabi obyektlar haqidagi axborot, hamda tushunchalar yoki buyruqlar;

  2. Ma’lum xos matnda aniq ma’noga ega tushunchalami ichiga olgan dalil, voqea, hodisa, predmet, jarayon, taqdimot kabi obyektlar haqidagi axborotlar majmui;

  3. Qiziqisb uyg'otishi mumkin bo'lgan, saqlanishi va qayta ishlanishi lozim bo‘lgan jami dalil va ma’lumotlar. Kitob matni, ilmiy formulalar, bank hisob raqamidan foydalanish va to‘lovlar, dars jadvali, o‘lchash majmualarining yer va fazo stansiyasi o‘rtasidagi masofa to‘g‘risidagi ma’lumotlar va hokazolar axborot bo‘lishi mumkin.


Download 1.98 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   134




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling