Texnologiyalari va kommunikatsiyalarini rivojlantirish


WMZ – AQSh dollarida transfert operatsiyalarni amalga oshirish uchun USD ning Z-hamyonlardagi ekvivalenti. WME


Download 86.25 Kb.
bet2/3
Sana24.12.2022
Hajmi86.25 Kb.
#1052001
1   2   3
Bog'liq
Saiurinov S

WMZ – AQSh dollarida transfert operatsiyalarni amalga oshirish uchun USD ning Z-hamyonlardagi ekvivalenti.
WME –EVRO da operatsiyalarni amalga oshirish uchun EUR ning E-hamyonlardagi ekvivalenti, WMZ va WME operatsiyalarining kafili bo`lib Amstar Holdings Limited, S.A. hizmat qiladi.
WMU – Ukraina zonasida operatsiyalarni amalga oshirish uchun UAH ning U-hamyonlardagi ekvivalenti, WMU operatsiyalarining kafili bo`lib “Украинское Гарантийное Агентство” MChJ hizmat qiladi.

O’zbekistonda Web Money tizimi va «TILLO GARANT» MChJ ning faoliyati.
«TILLO GARANT» MChJ O`zbekiston Respublikasida elektron tijorat sohasidagi tadbirkorlik faoliyatining takomillashishiga ko`mak berish maqsadida tuzilgan.
“TILLO GARANT” MChJ o`z faoliyatini O`zbekiston Respublikasining “Elektron tijorat to`g`risida”, “Informatsiyalashtirish to`g`risida”, “Elektron raqamli imzo to`g`risida” gi Qonunlariga muvofiq ravishda olib boradi. “TILLO GARANT” MChJ O`zbek Kafolat Agentligi O`zbekistonlik foydalanuvchilarga, Internet tizimida tezkor va havfsiz ravishda pul muomalasi operatsiyalarini amalga oshiruvchi WebMoney Transfer tizimidan foydalanish imkoniyatini yaratadi.
WebMoney Transfer identifikatsiya tizimi barcha hisob-kitob operatsiyalarini nazorat qilib boradi, maxsus ishlab chiqilgan havfsizlik chora tadbirlari esa foydalanuvchilarning mablag` va ma`lumotlaridan noqonuniy foydalanish holatlarinig oldini oladi, shu bilan bir vaqtda “TILLO GARANT” MChJ foydalanuvchilarning mulkiy huquqlari va WMY ko`rinishidagi titul belgilarida ko`rsatilgan mablag`larini real aktivlar bilan ta`minlanganligini kafolatlaydi. WebMoney Transfer tizimi foydalanuvchilarining WMY-operatsiyalari bo`yicha mulkiy huquqlari kafolati “TILLO GARANT” MChJ tomonidan emissiyalangan va foydalanuvchilar tomonidan harid qilingan qimmatli qog`ozlar bilan amalga oshiriladi. “TILLO GARANT” MChJ O`zbek Kafolat Agentligi quyidagi operatsiyalarni amalga oshiradi:
1. WebMoney Transfer tizimi foydalanuvchilar harid qilgan qimmatli qog`ozlarning mulk egaligi huquqlarini tasdiqlaydi va ularning hisob varaqalarida (Y-hamyon) tegishli miqdorda WMY ko`rinishidagi titul belgilarni aks ettiradi.
2. Foydalanuvchilarning hohsh-istaklari asosida, ularning hisob varaqalaridan (Y-hamyonidan) tegishli miqdordagi WMY titul belgilarini, tegishli miqdordagi qimmatli qog`ozlarning majburiy ravishda qayta harid qilinishi yo`li bilan olib chiqib ketilishi amalga oshiradi.
3. WebMoney Transfer tizimi foydalanuvchilariga shahsiy va boshlang`ich attestatlarni berishda tizim Registratori sifatida attestatsiyalash jarayonini olib boradi, undan tashqari Registrator hakamlik hizmati ishida hakam sifatida ishtirok etishi mumkin. WebMoney Transfer tizimida WMY titul belgilarining hisobi, saqlanishi, harakati va meyoriy hujjatlarda ko`rsatilgan boshqa operatsiyalar amaga oshiriladi.
Qo`shimcha ravishda “TILLO GARANT” MChJ O`zbek Kafolat Agentligi WebMoney Transfer tizimi foydalanuvchilariga WMY ko`rinishidagi titul belgilari bilan operatsiyalarni amalga oshirishda, bahsli holatlar yuz berganida o`zida saqlanadigan malumotlarga tayangan holda amalga oshirilgan operatsiyalar bo`yicha tasdiqlash va guvohlik berish ishlarini amalga oshiradi, shu jumladan tegishli davlat idoralarida ham.

  • 2

Webmoney to'lov tizimi haqida. Webmoney to'lov tizimi eng birnchilardan bo'lib Rossiyada tashkil etilgan, internet orqali to'lovlarni amalga oshirish uchun mo'ljallangan saytdir. Mana xozirda juda ko'plab raqobatchilar chiqqan bo'lsa ham webmoney to'lov tizimi o'zining ommabopligi bo'yicha ularni ortda qoldirib kelmoqda. Bu maqolamiz orqali webmoney sayt haqida ma'lumotga ega bo'lasiz.
Webmoney internet orqali pullarni yo'naltirishga mo'ljallangan to'lov tizimidir, istalgan odam bu saytdan ro'yhatdan o'tib o'ziga qulay valyutadagi hisob ochishi va unga pul tashlab istalgan vaqtda qulay tarzda to'lovni amalga oshirishi mumkin. Saytning ishlashini Rossiya federatsiyaning qonunlari va bir qator banklar kafolatlaydi, to'liq sertikifat va xizmatlar bo'yicha litsenziyaga ega, demak unga pul tashlasangiz hech qachon ololmay qolishdan yoki boshqa narsalardan qo'rmasangiz bo'ladi.
Webmoney orqali juda ko'plab saytlar yoki xizmatlarga to'lov qilish mumkin, internet do'konlari bajonidil webmoney tizimi orqali pullarni qabul qilib qilib olishadi. Rossiyada deyarli barcha narsada to'lovni webmoney orqali amalga oshirishingiz mumkin, ofislaridan pulni naqdga almashtirish ham shu jumladandir.
Saytdan ro'yhatdan o'tish oddiy. Ammo telfon nomer va email albatta talab etiladi, ro'yhatdan o'tganingizdan so'ng sizga wmid (foydalanuvchining raqami) va wmz hisobi (aqsh dollirada amalga oshiriladigan hisob raqami) beriladi. wmr yani rublda ishlash uchun shaxsni tasdiqlovchi atstat olishingiz kerak buning uchun pasportingiz nusxasini saytga yuklash talab etiladi. wmz va wmr orqali hisob raqamlar orqali pullar olish va boshqarish mumkin.

  • 2

  • 3

  • 4



Download 86.25 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling