Texnologiyalari va kommunikatsiyalarini rivojlantirish vazirligi muhammd al-xorazmiy nomidagi toshkent


Download 123.9 Kb.
bet1/2
Sana26.11.2020
Hajmi123.9 Kb.
#153194
  1   2
Bog'liq
mustaqil ish


O'ZBEKISTON RESPUBLIKASI AXBOROT

TEXNOLOGIYALARI VA KOMMUNIKATSIYALARINI

RIVOJLANTIRISH VAZIRLIGI

MUHAMMD AL-XORAZMIY NOMIDAGI TOSHKENT

AXBOROT TEXNOLOGIYALARI UNIVERSITETI

Kompyuter injineringi fakulteti 2-kurs

214-19 guruh talabasi

Jabborov Abduraximning

Elektronika va sxemalashtirish fanidan bajargan

Mustaqil ishi

Bajardi:Jabborov Abduraxim

Tekshirdi:Norqulov Xasan

Reja:

1.Chastota ajartuvchi filtlar haqida ma'lumot.



2.Yuqori chastotali filtrlar.

3.Filtrlarning harakteristik qarshiliklari.

4.Xulosa.

Chastota tanlash xususiyatiga ega bo'lib, ayrim to'rtqutbliklar yoki zanjirli sxemalar tarzida tuzilgan qurilmalar “chastota ajratuvchi elektr filtrlar” deb ataladi. Ba‘zi chastotalar o'z diapazoni bilan aniqlanib, o'tkazish chegaralari (yoki tiniqlik zonasi) deb ataladigan hududda elektr filtr signal x1(t) ning boshlang'ich amplitudasini deyarli kamaytirmay (bunda so'nish koeffitsiyenti a→0 bo'ladi) o'tkazadi. Aksincha, tutib qolish hududida (ya‘ni, o'tkazish chegaralaridan tashqarida) signalning so'nishi maksimal bo'lib, filtrning chiqish tomonida signal x2(t) ning amplitudasi signal x1(t) ning amplitudasiga nisbatan hisobga olmaslik darajasida kichik bo'ladi. Elektr filtrlar aloqa texnikasida, radiotexnikada, avtomatika va telemexanika qurilmalarida hamda boshqalarda keng ko'lamda ishlatiladi. Masalan, o'ta sezgir chastota filtri bir juft simorqali bir necha o'ntacha telefon signallarini uzatishga, ya‘ni ko'p kanalli aloqani amalga oshirishga imkon beradi. Filtrlarning tanlangan siqiq chegaralari chastotalariga ta‘siri shahar radio tarmoqlari orqali uch kanalli radio uzatishga ham asos qilib olingan.

O'zining vazifasi va sxemaning tuzilishi jihatidan elektr filtrlar

1) quyi chastotali; 2) yuqori chastotali; 3) hududli (chastotalararo) va 4) to'suvchi filtrlarga bo'linadi.

Chastota ajratuvchi filtrlarning ishlash prinsipi induktivlik va sig'imlar qarshiliklarining (yoki o'tkazuvchanliklarning) signal chastotasi ω qiymatiga bog'liq holda o'zgarishiga asoslangan. Chastota ajratuvchi filtlarning reaktiv elementi L va C lardan tuzilganligining yana bir sababi shuki, ularda aktiv energiya isrofi minimal bo'ladi.

Tiniqlik zonasi ω=ω0 dan to ω=∞ gacha bo'lgan chastotalar diapazonida yotgan filtrlar yuqori chastota filtrlari deb ataladi. Ushbu chastotalar diapazonidagi so'nish koeffitsiyenti a nolga teng bo'lganidan bu xil filtrlarga asos qilib olingan to'rtqutbliklarning doimiysi bo'lib, chastotalarga bog'liq holda -1 dan +1 gacha o'zgaradi. Endi 1-a va b rasmda tasvirlangan T va П-shaklli sxemalar uchun a(ω), β(ω) va Zc(ω) bog'lanishlarni tekshiramiz. Zanjirlarning strukturalaridan ko'rinib turibdiki, ketma-ket ulangan sig'imli elementlar quyi chastotali toklarning amplitudalarini imkoni boricha kamaytirib, parallel ulangan induktivliklar esa o'sha toklarning manba zanjiri bilan tutashuvining qisqa yo'lini hosil qiladi.



T-shaklli to'rtqutblikning (1-a rasm) parametri A quyidagidek aniqlanadi:

1-rasm.


Ammo faza koeffitsiyenti β bo'yicha 0 dan π gacha o'zgarganligi tufayli,



Demak, filtr dan ω=∞(cosβ=-1)

2-rasm


gacha bo'lgan diapazondagi chastotalarni so'ndirmay o'tkazadi. 2-rasmda tekshirilayotgan zanjir uchun a(ω) va β(ω) bog'lanishlarning egri chiziqlari ko'rsatilgan; rasmdan ko'rinadiki, quyi chastotali signallarning eng ko'p so'nishi tavsiflarining boshlanishida bo'lib, chastota ω ning yaqinida ularning yuklama zanjiriga kirishi sezilarli bo'ladi. T-shaklli sxema bo'yicha yig'ilgan yuqori chastotali filtri tavsifiy qarshiligi ZCT ning chastotaga bog'liqligi aniqlanadi:



Download 123.9 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
  1   2




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling