1. Masalaning qo`yilishi
Masalaning qo`yilishi. C++ dasturlash tilining standart oqimlar(TThreads) kutubxonalaridan foydalanib nutq signallarini filtrlashni parallellashtirish va uning unumdorligini aniqlash. Bu masalani hal qilishda quyidagi masalarni hal qilamiz:
C++ dasturlash tilida signalni o’qib olish.
Spetsifikatsiyaga mos talab qilingan filtrni qurish.
Nutq signallarini filtrlashni parallellashtirish va unumdorlikni aniqlash.
Oldingi bobda raqamli filtrlarning umumiy ko`rinishi, tuzilishi, ishlash prinsipi haqida to`xtalib o`tildi. Ushbu bobda aniq bir filtr haqida uning tuzilishi, hisoblanishi, funksiyalari haqida bayon qilinadi. Yani keying hisoblashlar uchun konkret bir filtrni tanlaymiz, hamda uni parallel va ketma - ketli realizatsiya qilish usullari, ushbu holatlarda uning unumdorligini hisoblash kabi jarayonlarni ko`rib o`tamiz.
Do'stlaringiz bilan baham: |